PEDAGOGIK MAHORAT ‒ KASBIY MAHORATNING O‘ZAGI VA O‘ZANI
«Mahorat» so‘zi arabcha bo‘lib, o‘zagi mohir degan so‘zdan. U esa epchillik, mohirlik, uddaburonlik degan ma’nolarni anglatadi. Buni barcha soha va jabha kishilariga nisbatan qo‘llash mumkin. O‘z ishining ustasi birikmasi ham aynan shundan. Har bir sohaning mahoratli xodimlari bo‘lib, ularda kasbiy mahorat nuqtai nazaridan yaratuvchanlik, ilmiy termin bilan aytganda, kreativlik, innovatorlik xususiyatlari ustun turadi. Bunday insonlar mamlakat taraqqiyotiga o‘z sohasi nuqtai nazaridan munosib hissa qo‘sha oladilar. Turli soha, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat yuritadigan innovator insonlar o‘z kasbining ustasidirlar. Shuning uchun ham kasbiy mahorat tushunchasi kengqamrovlidir. Hunarmand, me’mor, rassom, haykaltarosh, duradgor, naqqosh qo‘yingki, barcha kasblarning ustalari o‘z sohasi rivojiga hissa qo‘sha...
Continue reading