TARAQQIYOT TAKOMILI TA’SIRCHAN TARG’IBOTDA
Hayot va taraqqiyotning mazmuni olib borilayotgan siyosatning mohiyati bilan bog‘liq. Xalqning, jamiyatning g‘oyani chuqurroq anglashi esa maqsadning samarali va natijador bo‘lishiga xizmat qiladi. Prezidentimizning bugungi xalqimiz kechagi xalq, O‘zbekistonimiz kechagi O‘zbekiston emas, ularning ong-u shuuri, tafakkuri va qiyofati o‘zgardi mazmunidagi mulohazalari bugunimiz va ertamiz haqida jiddiy o‘ylab, istiqbol sari dadil qadam tashlashga undaydi. Demak, yangi O‘zbekistonga yangicha tafakkur, yangicha qarash kirib keldi. Bu tarixiy, ijtimoiy zarurat hamdir. Xalqimizning quyi bo‘g‘inidan tortib to yuqori bo‘g‘inigacha o‘zlikni anglash g‘oyasi, mamlakatimizning maqsad va manfaatlarini chuqur idrok etish bilan yashayotgani sir emas. Yurt taqdiri va vatan qismatiga daxldorlik tuyg‘usi, o‘z ishiga mas’ullik bilan...
Continue reading