XATTOTLIKDA INNOVATSION USLUBLARNING SHAKLLANISH OMILLARI
(Xattot xati - xalq baxti, tarix taxti sifatida) Kishilik jamiyati tarixida ikkita kashfiyotning alohida o'rni bor. Biri nonning kashf etilishi bo'lsa, ikkinchisi yozuvdir. Ushbu har ikkala moddiy va ma'naviy ixtiro insoniyat tarixining boqiyligiga asos bo'lgan. Xalqimiz uzoq o'tmishi davomida turli xil yozuvlarni istifoda etib kelganidan voqifsiz. Qadimiy uyg'ur, o'rxun-enasoy, so'g'd va hokazo. VII asr oxiridan Qur'on yozuvi ilm-u fan, san'at va davlat ishlarida rasmiy yozuvga aylana borgan. Oqibatda turli zamon va makonlarda o'ziga xos yozuv mashqi va usullarini shakllantirgan xattotlik maktablari vujudga kelgan. Xattotlik asta-asta tasviriy san'at, musavvirlik, naqqoshlik, o'ymakorlik bilan ham uyg'unlashib borgan. Natijada arab yozuvi asosida, uning bejirim harflari zamirida nafis...
Continue reading