Qo’sh qanotsiz qush parvozi
Hayotda kimdir kimningdir ta’sirida yohud kimningdir turtkisi bilan o’z o’rnini topadi. Kimningdir muhabbati, kimningdir muruvvati sabab ulg’ayadi, voyaga yetadi, el-yurt e’tiboriga tushadi. Ota-onaning borligi farzandlarning boyligidir. Xuddi shu ma’noda, ota-ona farzand uchun qo’sh qanot. Lekin ba’zan taqdir kimlargadir shu baxtni darig’ tutadi. Farzandlari bolaligidayoq ota-onalari dunyoni tark etadi. Ular yetimlikda hayot muammolariga duch kelishadi, barcha qiyinchiliklarni yengishga intilishadi. Hayot so’qmoqlari, turmush zarbalari ularni chiniqtiradi. “Yelkamdagi qush” deb nomlangan dramatik film ota-onasidan yetim qolgan aka-singil Maqsadbek va Nazira Ahadovalarning boshidan kechirganlari haqida. Mohiyat-mazmuni bilan ta’lim-tarbiya va mehr-oqibatning inson hayotida, kamolotida tutgan o’rni borasida hikoya qiluvchi ushbu filmning bosh postanovkachi rejissori Olim Sulaymonovdir....
Continue reading