SHAVKAT MIRZIYOYEV XITOYLIK YETAKCHI TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
Foto: Prezident matbuot xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida amaliy hamkorlikni kengaytirish, energetika sohasida zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yechimlarini joriy etishga qaratilgan o‘zaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda loyihalar amalga oshirishga qiziqishi ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birgina joriy yilda Xitoydan 15 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan, qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli esa qariyb 90 milliard dollarni tashkil etmoqda. Ko‘p qirrali hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida energetika sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Xitoylik sheriklar ishtirokida umumiy quvvati qariyb 10 gigavatt, qiymati 9 milliard dollardan ortiq 30 dan ziyod loyihalar...
Continue reading