9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

AQSH DIPLOMATI SIYOSATCHILAR ESLASHNI XUSHLAMAYDIGAN QATLIS MAVZUDAN GAP OCHDI

notiq.uz > Yangiliklar  > AQSH DIPLOMATI SIYOSATCHILAR ESLASHNI XUSHLAMAYDIGAN QATLIS MAVZUDAN GAP OCHDI

AQSH DIPLOMATI SIYOSATCHILAR ESLASHNI XUSHLAMAYDIGAN QATLIS MAVZUDAN GAP OCHDI

AQSh diplomati siyosatchilar eslashni xushlamaydigan qaltis mavzudan gap ochdi

Foto: AP

So‘nggi 80 yil ichida AQSh ishtirokida dunyo bo‘ylab 93 ta davlat to‘ntarishi yoki tuzum o‘zgarishi amalga oshirilgan. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barrak «The National» nashriga bergan intervyusida gapirdi.

Diplomat AQSh tomonidan 2003-yilda ishg‘ol qilingan Iroqdagi vaziyat haqida gapirarkan, Vashington 20 yillik fojiaviy davr mobaynida 3 trillion dollar sarmoya sarflagani, bir necha yuz ming kishi halok bo‘lgani, ammo murod hosil bo‘lmaganini qayd etgan.

AQSh olib borgan harbiy amaliyotdan keyin Iroqda Saddam Husayn hokimiyati ag‘darilgan edi. AQSh diplomatiga ko‘ra, mamlakat shimolidagi guruhlar yangi davlat tuzishda ishtirok etishni xohlamagani sabab Iroqda federal tizim joriy etildi. U AQSh Suriyada ham ushbu xatoni takrorlashi va yagona mamlakat parchalanib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan.

«(Suriyadagi guruhlar) muxtoriyat istashi mumkin. Ular o‘ziga xos madaniyat, til, maktab, hatto mahalliy armiyaga ega bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, bu Yugoslaviyadagi kabi «bolqonlashuv»ga olib keladi. U yerda ham xuddi shunday yo‘l tutganmiz: «Biz yagona federativ model borasida kelisha olmaymiz, demak, mamlakatni yetti qismga bo‘lib tashlaymiz». Bu ko‘z ochib yumguncha ro‘y beradi va ular bir-biri bilan urushishga tushadi. Iroqda ham shunday bo‘lgan edi», – deydi elchi Tom Barrak.

Diplomat Iroqda hali-hamon tartibsizlik hukm surayotganiga e’tibor qaratgan.

«Iroqda boshboshdoqlik avj olgan. Eron esa Iroq uchun beayov kurashmoqda. Yodingizda bo‘lsa, Iroq sunniylar nazorati ostida edi. Saddam Husaynga qo‘llangan ssenariy Liviyadagi ssenariydan farq qilmaydi. Biz (Muammar) Qazzofiy va Liviyaga nisbatan ham o‘shanday yo‘l tutdik: «Keling, mamlakatni ikki qismga bo‘lamiz, federal tartib joriy qilamiz». Ammo bu hech qachon ish bermagan», – deydi diplomat.

AQSh Yaqin Sharqda «insoniy manfaatlar va kuchlar muvozanatini ko‘zlashi»ni qayd etgan Tom Barrak Vashington o‘nlab davlat to‘ntarishlariga aralashib qolganini tan olgan.

«Aslida rejimlarni o‘zgartirish o‘zini oqlamagan. 1946-yildan keyingi davrga nigoh tashlasak, AQSh aralashuvi bilan qariyb 93 ta davlat to‘ntarishi yoki tuzum o‘zgarishi amalga oshirilganini kuzatish mumkin. Aksari muvaffaqiyatsiz xotima topgan. Shu bois (AQSh davlat kotibi Marko) Rubio va (prezident Donald) Tramp tuzum o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlamaydi, balki masalani mintaqa ahlining o‘ziga havola etgan holda hududiy yechimni dastaklaydi», – deydi u.

Ma’lumot o‘rnida: Xalqaro tinchlik uchun Karnegi fondining Amerika davlatchiligi bo‘yicha dasturi direktori Kris Chivvisning «The Guardian» gazetasida chop etilgan maqolasida ham AQSh tomonidan Osiyo, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarishlarning qaltis oqibatlari tahlil etilgan.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.