Ayollarning yetakchilik salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbir boshlandi
Toshkentda siyosiy partiyalar ayol vakillarining yetakchilik salohiyatini oshirish boʻyicha besh kunlik oʻquv-amaliy mashgʻulotlarga start berildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etildi. Aytib oʻtish kerakki, keyingi yillarda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan 50 dan ortiq qonun hujjati qabul qilindi. Yangilangan Konstitutsiyaning 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashi kafolatlangan. Qonun bilan saylovlarda ayollarning ishtiroki siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlikka...
Continue reading