9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

HUDUDDAGI ENG KATTA MUZLIK

notiq.uz > Yangiliklar  > HUDUDDAGI ENG KATTA MUZLIK

HUDUDDAGI ENG KATTA MUZLIK

Joriy yilning 27-iyuldan 1-avgustiga qadar Germaniya va O’zbekiston tadqiqot institutlari yosh olimlari tomonidan O’zbekistondagi eng katta muzlik Paxtakor muzligiga ilmiy expeditsion tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqotda Germaniyaning Potsdam Yer va Suv Tadqiqotlari Markazi (GFZ) O‘rta Osiyo Ishchi guruhi rahbari hamda Green Central Asia (Yashil Marakaziy Osiyo) dasturi rahbari Dr. Gafurov Abror, Gidrometrologiya ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Maxmudov Jaxongir, Universitetimizning “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo’yicha tahsil olayotgan 1-bosqich doktaranti Ochildiyev Feruzjon, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti magistr va talabalari hususan, Abrayev Husan, Atayev Saidjon , Berdiqulov Abduxakim, Ravshanov Rasulbeklar ishtirok etishdi. 2025 — yil 27 — iyuldan 1 avgustiga qadar ekspeditsiyaning 3-bosqichi amalga oshirildi. 2024 yilda ornatilgan 8 ta reykadan sanoq olinganda muzlikning ablyatsiya yuzasi o’rtacha 330 sm eriganligini aniqlandi, bu o’tgan 2024 yildagiga nisbatan 30 smga ko’p eriganini ko’rsatdi.

Shuningdek, birinchi marta Paxtakor muzligining akkumulyatsiya zonasiga chiqildi. Akkumulyatsiya zonasiga chiqish murakkabligi va qor bo’roni bo’lganligi sababli, joriy yil uchun ikkita nuqtada yoqqan qor qalinligi o’lchandi. 1-chi nuqtada 110 sm, 2-chi nuqtada 80 sm ni ko’rsatdi. O’lchangan qor qoplami qalinliklari bo’yicha qorning zichligi va suvlilik ekvivalentligi ham aniqlandi. Yuqoridagi hisob kitoblarga nazar tashlasak hozirgi global iqlim o’zgarishi ulkan chuchuk suv zaxiralarimiz bo’lgan muzliklarga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatayotganini ko’rishimiz mumkin. O’rnatilgan sanoq reykalariga e’tibor qaratadigan bo’lsak bir yil davomidagi o’rtacha erish 330 sm bo’lganligi va bu miqdorni muzlikning umumiy maydoniga ko’paytirsak ulkan hajmdagi suv massalari yil davomida kamayganligi aniqlanadi. Hozirgi iqlim o’zgarishi sharoitida Respublikamizdagi mavjud suv zaxiralarini bilish hamda ulardan oqilona va samarali foydalanish har bir vatan farzandi oldidagi burchdir. Biz suv mutahassislari sifatida kelajakda iqlim o’zgarishining suv miqdoriga qanday ta’sir korsatishini hamda suv resurslarining kelajakdagi korinishi qanaqa bo’lishini o’rganishda davom etamiz.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.