AQSH ISROILA YANA 8 MILLIARD DOLLARLIK QUROL YETKAZIB BERDI
AQSh Davlat departamenti Kongressni Isroilga 8 milliard dollarlik qurol-aslaha sotilishi rejasidan xabardor qildi.Axios nashrining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar bu gal Isroilga «havo-havo» tipidagi raketalar, bombalar va o‘q-dorilar yetkazib beradi.Bu prezident Jo Bayden ma’muriyati Isroilga taqdim etgan so‘nggi qurollar paketi ekani aytilmoqda.Oldi-sotdi bitimi Kongressning ikki palatasi xalqaro aloqalar qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanishi zarur. Ammo respublikachilar ham, demokratlar ham Tel-Avivga xayrixoh ekani inobatga olinsa, oldi-sotdi tasdiqlanishiga shubha qilmasa bo‘ladi.Oq uy ma’muriyati Isroil o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqiga ega ekani, bu borada AQSh ko‘mak ko‘rsatishda davom etishini ta’kidlagan. Isroil HAMAS harakati hujumiga javoban 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoriga bostirib kirganidan buyon qirg‘inbarotda 45854 nafar...
Continue reading