Birinchi yarim yillikdagi iqtisodiy natijalar va yil yakunigacha mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Avvalo, bajarilgan ishlar qisqacha aytib o‘tildi. Joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paygan. Sanoat 7,8 foizga, qurilish 10,1 foizga, xizmatlar 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,8 foizga o‘sgan. Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foiz oshgan.Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga, ya’ni 45,1 milliard dollarga yetgan. Bunday raqamlar ilgari bo‘lmagan.O‘tgan davrda jami kapital qo‘yilmalar 229 trillion so‘mni tashkil qilgan. Shundan 15,5 milliard dollari...
Continue reading