BILIM BILAN MA’RIFATNING TUTQICHI,
ILM ILA IKKI DUNYO OCHQICHI Teatr san’ati haqida gap ketsa, tomoshabinning nigohi tushadigan, jamoaning bahosi beriladigan asosan ikkita tushuncha muhim ahamiyat kasb etadi. Biri joyni anglatsa, ikkinchisi chiroyni anglatadi. Boshqacha aytganda, buning birinchisi sahna bo‘lsa, ikkinchisi nutqdir. Ko‘rinish va kiyinish, nutq va xulq bir so‘z bilan aytganda, o‘zlik va so‘zligingiz go‘zallik qonuniyatlariga qurilishi chinakam nafosatni, inja san’at mohiyatini bildiradi. Sahnadagi personajning holati, his-tuyg‘usi, ruhiy kechinmalari, nutqi va libosining o‘zaro uyg‘unligi va tabiiyligi asarning ta’sir kuchini oshirishi muqarrar. Xoh aktyor bo‘lsin, xoh diktor bo‘lsin, u avvalo, xalq tilining jozibasi va nazokatini, ohangi va jarangini, so‘zning ma’no tarovatini yetkazadigan, namoyish etishga mas’ul shaxsdir. Nutqing...
Continue reading