9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: Rahimboy

notiq.uz > Articles posted by Rahimboy (Page 5)

PUTIN QANDAY HOLATDA YEVROPA BILAN URUSH BOSHLANISHI MUMKINLIGINI AYTDI

Foto: RIA Novosti. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Yevropa davlatlari bilan urush qilish niyatida emasligini aytdi. Lekin Yevropa urush boshlasa, Rossiya bunga tayyor, deydi u.«Rossiya Yevropa davlatlari bilan urush boshlash niyatida emas, lekin Yevropa urush boshlasa, Rossiya hozir tayyor», — dedi prezident.Putin, shuningdek, Yevropa Ukraina uchun tinchlik rejasi bo‘yicha Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydigan takliflarni ilgari surayotganini ta’kidladi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari ayni damda tinchlik jarayonidan chiqib ketgan, mojaroni cho‘zishga ahd qilgan va boshqa narsalar qatori AQSh prezidenti Donald Trampning kelishuv rejasiga aralashmoqda.2-dekabr kuni Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. U...

Continue reading

Саида Мирзиёева атмосфера ҳавосининг ифлосланиши бўйича йиғилиш ўтказмоқда

Президент администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитасида атмосфера ҳавосининг ифлосланиши билан боғлиқ масалалар юзасидан кенгайтирилган йиғилиш ўтказмоқда. “Президентимиз мендан ҳар куни бу масала бўйича ҳисобот сўраяптилар. Халқимизнинг саломатлиги билан боғлиқ масала бўлган жойда ҳеч биримизнинг сусткашликка йўл қўйишга ҳаққимиз йўқ”, - деди Саида Шавкатовна. Саида Мирзиёева асосий муаммога эътибор қаратди: тизимлилик ва аниқ режалаштиришнинг йўқлиги илгари ҳаво сифати мунтазам ёмонлашишига олиб келган. Шунинг учун Махсус комиссияга аниқ муддатлар билан вазифалар қўйилди. Фақат шу йўл билан тарқоқ чора-тадбирлардан барқарор бошқарувга ўтиш мумкин. Администрация раҳбари таъкидлаганидек, бу масалада Президент ҳар куни ҳисобот сўрамоқда. Кўриб чиқилган ечимлар, яъни кўкаламзорлаштириш, ариқларни тиклаш, иссиқхоналар ва...

Continue reading

BOG‘DORCHILIK BO‘YICHA BAXMAL TAJRIBASI JORIY ETILADI.

Foto: Prezident matbuot xizmati. Prezident Jizzaxdagi yig‘ilishda qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor qaratdi.  Viloyatdagi jami 900 ming gektar lalmi va yaylov yerlarining 110 ming gektari zaxirada turgani, ularda ozuqa, moyli ekinlar ekish va sanoat bog‘larini yaratish orqali kamida 20 ming odamni ishli qilish mumkinligi ta’kidlandi. Jizzaxdagi yaylovlardan samarali foydalanish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.  Shu bilan birga, keyingi yildan yaylovlarda yer egalari yuqori daromadli ekinlar ekib, yerdan maqsadli foydalansa, ularga yer solig‘i 2 karra kamaytirib beriladi.  Shuningdek, viloyatdagi ko‘plab chorvador va fermerlar ozuqa va meva-sabzavot yetishtirishda suv nasosiga sarflangan elektr uchun subsidiyani har oyning boshida to‘lab berishni so‘ragan.  Mutasaddilarga butun respublikada ushbu subsidiyalarni oy boshida...

Continue reading

ULUG‘BEK MUSTAFOYEV JIZZAX VILOYATI HOKIMI LAVOZIMIGA TASDIQLANDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi. Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan so‘ng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Davlat rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi. Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Mustafoyev 2024-yil 19-dekabrda viloyat hokimi vazifasini...

Continue reading

FIDAN : TURKIYA YEVROITTIFOQDAN A‘ZOLIK BORASIDA SIYOSIY IRODA KUTAYAPTI

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Germaniyaning Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Anqara Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan a’zo bo‘lish masalasidagi siyosiy irodani qayta tiklashni kutayotganini ma’lum qildi. Fidanning ta’kidlashicha, Turkiya uzoq yillardan beri YeI bilan integratsiyani strategik maqsad sifatida ko‘rib keladi va mamlakatning asosiy istagi – Ittifoqning to‘liqqonli a’zosi bo‘lish. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya o‘z kelajagini Yevropaning siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik tizimi bilan bog‘laydi. Biroq Anqara fikricha, Yevropa tomonidan qo‘llanilayotgan tanqidlar aksar vaqt sub’yektiv bo‘lib, real siyosiy manfaatlar bilan uyg‘un emas. YeIga a’zo bo‘lish jarayoni esa «obyektiv mezonlar»ga asoslanishi kerak. Fidan Yevropa mamlakatlarining Turkiyaga nisbatan munosabatida siyosiy omillar ustun kelayotganini qo‘shimcha qilgan. Hakan...

Continue reading

JIZZAXDA AVTOMOBILSOZLIK MUHANDISLIK MAKTABI ISH BOSHLADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax politexnika instituti qoshida tashkil etilgan Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda «BYD Uzbekistan Factory» va «ADM Jizzakh» korxonalari bilan malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilgan. Muhandislik maktabida transport sohasiga ixtisoslashgan to‘rt ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlari yangicha yondashuv asosida tashkil etilgan. Xususan, ikkinchi kursni yuqori ko‘rsatkichlar bilan tamomlagan talabalar BYD zavodi talablari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy o‘quv platformalarida ikki yillik dual ta’lim oladi. Talabalar zavod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘tab boradi, bu esa ularga maxsus ishga yo‘llanma sertifikatiga ega bo‘lish imkonini beradi. Qisqa muddatli tayyorlov kurslarida avtomobil zavodiga ishga kiruvchi nomzodlar,...

Continue reading

“MUALLIM” FILMI — «TIQXMMI MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETIDA ILK PREMYERA!

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida rejissyor Samidxon Lutfullayev tomonidan yaratilgan “MUALLIM” badiiy filmi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib aynan bizda premyera qilindi. Filmning bosh g‘oyasi — ustozlarni ardoqlash, hurmatini oshirish, ularning fidoyiligi va ta’lim sohasidagi beqiyos xizmatini qadrlashdir. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlar film orqali ustozlik mas’uliyati, mehr-shafqati va o‘zgarmas qadriyatlarini yanada chuqur his etdilar. ...

Continue reading

BUGUN PREZIDENT SAMARQAND VILOYATIGA TASHRIF BUYURADI

Foto: Prezident matbuot xizmati Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishish rejalashtirilgan. (Xabar.uz) ...

Continue reading

SAIDA MIRZIYOYEVA TOSHKENT HAVOSIDAGI VAZIYAT BO’YICHA YIG’ILISH O’TKAZDI

Foto: Prezident matbuot xizmati. Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda tegishli idoralar rahbariyati ishtirokida Toshkent shaxridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanishi darajasi jiddiy tashvish uyg‘otayotgani, poytaxt aholisini haqli ravishda xavotirga solayotgani va bu holat tezkor hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab etayotgani ta’kidlandi. Administratsiya rahbari mas’ullarning atmosfera havosining hozirgi holati, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, jamoatchilikning taklif va tashabbuslari haqidagi hisobotlarini tingladi. Mavjud vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar, odamlar salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda belgilangan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi. Odamlar...

Continue reading

KOMIL ALLAMJON PREZIDENT ADMINISTRATSIYASINING AQSHDAGI VAKILI ETIB TAYINLANDI

Foto: Prezident matbuot xizmati. Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.  Shu bilan birga, u O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi. (Xabar.uz) ...

Continue reading