9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

UZINFOCOM raqamli hamkorlik chegaralarini kengaytirmoqda

notiq.uz > Yangiliklar  > UZINFOCOM raqamli hamkorlik chegaralarini kengaytirmoqda

UZINFOCOM raqamli hamkorlik chegaralarini kengaytirmoqda

UZINFOCOM raqamli hamkorlik chegaralarini kengaytirmoqda

17 dekabr kuni Uzinfocom hamda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Ishlar boshqarmasi huzuridagi «Kizmat» davlat muassasasi vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar bugungi kundagi o‘zaro aloqalarni muhokama qilib, davlat xizmatlari va turizm sohasini raqamlashtirish borasidagi hamkorlikning kelgusi istiqbollarini belgilab oldilar. 

UZINFOCOM va «Kizmat» raqamli xizmatlar xavfsizligi va qulayligini oshirishga xizmat qiluvchi MYID mahsuloti negizida masofaviy biometrik identifikatsiya yechimlarini joriy etish doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. 

Davlat sektoriga zamonaviy raqamli yechimlar va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qirg‘iziston tomoni turizmni raqamlashtirish yo‘nalishini birgalikda rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Muhokama davomida UZINFOCOM turistik xizmatlar sifatini oshirish, ichki jarayonlarni optimallashtirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun raqamli platforma hamda servislardan foydalanishni ko‘zda tutuvchi maxsus loyihaning dastlabki bosqichlarini taqdim etdi. 

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar, hamda zamonaviy raqamli yechimlarni yaratish va amaliy tajriba almashishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.