9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

VAZIYATGA JAVOBAN TEZKOR HARAKAT

notiq.uz > Yangiliklar  > VAZIYATGA JAVOBAN TEZKOR HARAKAT

VAZIYATGA JAVOBAN TEZKOR HARAKAT

Yurtimiz boshiga ish tushsa hamma tashvishga tushishi aniq. Lekin davlat rahbarining tashvishi barchanikidan ziyoda bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasidan to‘la qutulmasimizdan Buxorodagi bo‘ron talofatlari va Sirdaryodagi suv toshqini yana barchamizning halovatimizni buzdi. Navbatdagi sinovlarga duchor bo’ldik.

1 — may kuni erta tongdanoq davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqani bois xalq holidan xabar olish uchun Sirdaryoga yetib keldi. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘qligini e’tirof etishimiz joiz.

                Manba: https://president.uz/uz/lists/view/3530 asosida tayyorlandi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.