9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

EKOLOGIYA SOHASIDA USTOZ XODIMLARNING O‘RNI ALOHIDA E‘TIROF ETILDI

notiq.uz > Yangiliklar  > EKOLOGIYA SOHASIDA USTOZ XODIMLARNING O‘RNI ALOHIDA E‘TIROF ETILDI

EKOLOGIYA SOHASIDA USTOZ XODIMLARNING O‘RNI ALOHIDA E‘TIROF ETILDI

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (“Green University”) “O‘zbek tili — qalbimizda, ustoz so‘zi — millat so‘zi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

  Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazir maslahatchisi Matnazar Elmurodov, “Green University” prorektori Shahriyor Nurulloyev, “Yashilloyiha” loyihalash instituti direktor o‘rinbosari Farhod Dehqonov, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuhrat Muradov, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Mo‘minov hamda uzoq yillardan beri sohada samarali mehnat qilib kelayotgan ustoz ekolog mutaxassislar ishtirok etdi.

  Tadbirda nutq so‘zlovchilar barcha sohalarda bo‘lgani kabi atrof-muhitni muhofaza qilishda ham ustozlarning o‘rni beqiyos ekanini, yosh kadrlar ularning boy tajribasidan samarali foydalanishi zarurligini ta’kidlashdi. OTMlar bilan hamkorlik masalalari samarali natija berishi ta’kidlandi. 

  Shuningdek, professor Rahimboy Jumaniyozov o‘zbek tili va ustozlik maqomi haqida mazmunli ma’ruza qilib, hayotiy voqealardan qiziqarli misollar keltirdi. Tolib Mo‘minov esa Uyg‘unning “Alisher va Guli” asaridan Alisher monologini mahorat bilan ijro etib, ustozlarni ulug‘lovchi she’r o‘qidi. Bu tadbirga chuqur ma’no, samimiylik va badiiy ruh bag‘ishladi.

  Tadbir yakunida sohada uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan ustoz xodimlar taqdirlandi. Ular bu e’tibordan mamnun bo‘lib, minnatdorlik izhor etdilar.

  Tadbir yakunida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq yillardan beri xizmat qilib kelayotgan mutaxassislar, jumladan, “Yashilloyiha” loyihalash instituti ustoz xodimlari ham taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.