27
Сентябрь
0
Comments
USTOZLAR DOIM E‘TIBOR VA E‘ZOZDA
in Yangiliklar

“MG va DN” kafedrasi professor o‘qituvchilari 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan kafedrada ko‘p yillik samarali mehnat qilgan professor o‘qituvchilar R.Nig‘monov va N.Ismoilov xonadoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ustozlarning ilmiy izlanishlari, uzoq yillar davomida kafedrada amalga oshirgan samarali mehnatlari, talabalarga nafaqat bilim, balki hayotdagi muvaffaqiyatlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ta’lim-tarbiya berganliklari yuzasidan samimiy suhbat olib borildi hamda ustozlarga fidokorona xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari ulashishdi.
Universitet matbuot xizmati