9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Talabalarga saxovat va ko’mak aksiyasi

notiq.uz > Yangiliklar  > Talabalarga saxovat va ko’mak aksiyasi

Talabalarga saxovat va ko’mak aksiyasi

Yurtimizda yuzaga kelgan pandemiya sabab davlatimiz tomonidan fuqarolarimizni o‘zlarini izolyatsiya qilib olgan bir paytda sirdaryoliklar boshiga tushgan sinovli kunlarda davlatimiz rahbari xalq bilan birga bo‘lib ularning ruhini ko‘tarmoqda. Bu vaziyat yurtboshimizning elparvarligi, millat dardi bilan yashashini yana bir isbot qildi. Ana shunday murakkab vaziyatda toshqin talofatlari qanchalik achinarli bo‘lmasin, butun O‘zbekiston xalqi sirdaryoliklar bilan birga ekanligi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar, tomonidan toshqindan aziyat chekkanlar uchun jo‘natilayotgan mehr-muruvvat, insonparvarlik karvonlarining ketma-ket jo‘natilib turgani, xalqimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat rishtalarining mustahkamligidan dalolat beradi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi ham mazkur xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida suv toshqinidan aziyat chekkan yurtdoshlarimiz bilan birga bo‘lish, ularga har tomonlama ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida institutda tashkil etilgan xayriya aksiyasi orqali to’plangan moddiy yordam yig’ildi. Shu munosabat bilan institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori va Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani tashabbuslari bilan 2020 — yilning 30 — may kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Mirzacho’l mahallasida vaqtincha yashayotgan talabalarimiz Mamatmurodov Doston, Begimov Sherzod va Ummatov Saidlar holidan xabar olindi. Ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko’rsatildi.

Hamza Boymatov
TIQXMMI «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti dekani o‘rinbosari

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.