9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Shahnoza Ochildiyeva: “OQ NILUFARLAR YURTIDA»- HAYRATLAR O‘LKASI

notiq.uz > IJODIYOT  > Shahnoza Ochildiyeva: “OQ NILUFARLAR YURTIDA»- HAYRATLAR O‘LKASI

Shahnoza Ochildiyeva: “OQ NILUFARLAR YURTIDA»- HAYRATLAR O‘LKASI

Ochildiyeva Shahnoza Abdivohid qizi — O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi

“Bizning baxtimizga botqoqliklar va toshlar
tushdi, lekin biz ularga ishlov berdik
va madaniyatli mamlakat qurdik”.

  Insoniyat ko’p hollarda bugun, shu on ko’rib turganlari haqida fikr yuritadi. Afsuski, ba’zan bir masalanig ijobiy va salbiy tomonlari o’rtasidagi  muvozanatni saqlashni uddalay olmaymiz yoki bugunni deb o’tmishni unutamiz.Grigoriy Petrovning “Oq nilufarlar yurtida” kitobi bugungi kunda eng baxtli mamlakat hisoblangan Finlandiyaning o’tmishdagi qora kunlari, og’ir davrlardan qay tarzda yorqin buguniga yetib kelgani haqida hikoya qiladi. Avvalo asar nomiga e’tibor qarataylik. Nega oq nilufarlar mamlakati? Ma’lumki, nilufar nafosat, nafis go’zallik, poklik ramzi sifatida e’tirof etiladi.Finlandiya esa botqoqliklar ichida ungan nilufarga qiyoslanadi.Chunki Finlandiya tabiatan noqulay hududda joylashgan va borliq hadyalaridan benasib. Uning atrofi botqoqliklar, toshloq hududlardan iborat,unumdor yerlar nihoyatda kam.Ko’p miqdorda g’allani xorijiy mamlakatlardan sotib oladi.Ammo xalq shu botqoqliklar ichida yashab qolish uchun ham  uzoq harakat qilgan, toshloqlarga unumdor tuproqlar keltirib o’zlariga qator qulayliklar yaratishgan.

Bugun butun dunyo tanigan Finlandiya aslida yosh dabvlatdir. 70-80 yillik tarixga ega xolos. Fin xalqi shu yillar davomida mustamlakalik azobini his qilib kelishgan. Avvalo Shvetsiya qo’l ostida bo’lgan va bilimsiz, qora xalq sifatida qaralgan.Shvetsiya zodogonlarining hech narsaga yaramaydigan, oddiy o’rta ta’limga ega yengiltak farzandlari Shvetsiyada keraksiz buyumga aylangach Finlandiyaga yuqori davlat lavozimlariga davlat boshqaruvi uchun jo’natilgan.Tabiiyki , ular bu yerda ham yengil hayotlarini davom ettirishgan. Johil rahbarlar boshqaruvidagi xalqning ahvolini tasavvur qilish mumkin. 1816-yil Rossiya qo’liga o’tgach davlatning ahvoli biroz bo’lsada yaxshilashdi.Xalq qahramonlari xalqni yetuklikka ma’rifat va bilim, ozoda hayot tarzga undadi. Ularni Fin jadidlari deyishimiz mumkin.Shunday qahramonlardan biri J.Snelmanning, ayniqsa, xalqqa ta’siri bugun ham sezilib turadi. U xalq dilida Vatan, millat, xalqq sevgi va dahldorlik tuyg’ularini uyg’otdi. Davlat rahbarlari finlar bilan almashtirildi.Yana yangi yetuk kadrlar yetishtirish uchun ta’limga katta e’tibor berildi. Snelman tashabbusi bilan eski kitoblar to’planib qishloqlarga, chekka hududlarga jo’natildi.Ammo Napaleon mag’lubiyatidan keyin Amerika, inglizlarga taqlid kuchaydi,ayniqsa, futbolga. Yoshlar buqanikidek kuchli oyoqlar uchun qo’pollashib borayotgan bir paytda, Snelman kuchli aql, tafakkur bo’lmasa oyoqlar ahamiyatsiz ekanini englatdi. To’pni yuqoriga tepib oldinga yurg’izgandek millatni yuksakka ko’tarish kerakligi targ’ib qilindi. Xalq birlashdi! Finlandiya botqoqlar ichida ungan estetik davlatga aylandi.
Asarda keltirilganidek, Finlandiyada uysizlar yo’qligi, insonlarning qashshoqlik, ishsizlik kabi muammolariga oqilona yechim topilishi kishini hayratga soladi. Shuningek dunyodagi eng “online” mamlakatlardan biri Finlandiya ekanini bilmas edim. Bunga sabab Internetdan foydalanish erkinligi, 100% aholi intenet bilan ta’minlanishi va internetning tekinligi ekan. “Oq nilufarlar yurtida” asarida Finlandiyaning turli yo’nalishlardagi o’ziga xos yondashuvlari ochib berilgan bo’lib, Finlandiy ta’limi bunda alohida bir mvzu.Finlandiya ta’limi o’zgacha bir yo’l, o’zgacha qarashlar va go’zal milliy qadriyatlarga tayanadi. Asarda fin maktablari juda mohirona tasvirlanadiki, siz ham borishni istab qolasiz.Bir qavatli binolar, keng bog’lar, oynavand xonalar, ta’lim jarayonidagi erkinlik- bularning barchasi hayratlanarli! O’quvchilar uchun qat’iy nazorat imtihonlari yoki baholar yo’q. Shunday bo’lsada dars muqaddas, o’qituvchilar eng hurmatli insonlar sanaladi. Xullas, Finlandiya bolalarda erkin fikrlash, keng dunyoqarash,mas’uliyat va baxt tuyg’ularini shakllantirishga o’z qadriyatlari,musiqa va o’yinlarga hamohang darslari va beqiyos ta’lim tizimi orqali intiladi. Ushbu nilufar diyor nafaqat ta’lim, balki baxtiyorlik indeksida ham yuksak o’rinni egallaydi.Asarda aytilishicha uning baxt sirlaridan biri mutolaa ekan. Finlandiya eng kitobxon mamlakat sanaladi.Finlar o’zlarining mavjudligini baxt sanaydilar, baxtiyorlikda boylik, mol-u davlatga emas, mitti va oddiy narslarga katta qiymat berishadi. Shuningdek asarda shirinliklar qiroli Jarvinin, qaroqchi Karokep kabi qahramonlar hayoti ham hikoya qilinadi.Ularning taqdiri, muvafaqiyat yo’li, millat rivojiga, xalq hayoti yaxshilanishiga hissasi e’tirof etishga arziydi.
Grigoriy Petrovning “Oq nilufarlar yurtida” asarini hech ko’rib qolmang, azizlar! Yo’qsa mendek uning nomiga mehr qo’yib qolishingiz mumkin. Bu kitobni aslo o’qimang,qadrli tengdoshim! Yo’qsa zudlik bilan Finlandiyaga ketishni, go’zal bir sayohat qilishni xohlab qolasiz. Albatta hazil bu! Albatta o’qing! Xalqni sevish, millatning kuchini anglash, bir millatning uyg’onish va taraqqiyot yo’lini o’rganib bugungi kun bilan taqqoslash uchun ham o’qishingiz kerak bu kitobni!

Shahnoza Ochildiyeva

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.