Qalb-u qiyofat qalqoni
Har bir davlatning qalbu qiyofati uning Konstitutsiyasi va fuqarolarining unga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi. U davlatning asosiy qonuni boʻlib, unda davlatning huquqiy tizimi, tashkiloti va fuqarolarning huquqlari mujassam.
Konstitutsiya tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, uning oʻziga xos bosqichlari boʻlgan. Antik davrda, Gretsiya va Rim davlatlarida davlat tashkilotini aniqlash, huquqlarni tartibga solishga harakat qilishga ehtiyoj sezilgan. Platon va Aristotel davlatning barqarorligi va fuqarolarning huquqlariga oid nazariyalarni ishlab chiqishgan. Aristotelning “Siyosat” asari davlatni tasnif qilishga qaratilgan. Rim huquqi — davlat huquqining asosiy tizimi sifatida rivojlangan, bu tizim keyinchalik Yevropa huquqida asosiy manbaga aylangani rost.
Oʻrta asrlarda “Magna Karta” (1215) — Angliyada qiroldan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish uchun imzolangan hujjat boʻlib unda qirolning hukmronligi cheklanib, fuqarolarning huquqlari taʼriflangan. Angliyada bu davrda “Parlament” huquqi va davlat organlarining qudrati oshdi, bu jarayon konstitutsiyalashgan huquqiy tizimlarga yoʻl ochdi.
Yangi davr esa Amerika Konstitutsiyasi (1787) — Ushbu hujjat yangi mustaqil davlatning huquqiy asosini tashkil etgan boʻlib, u dunyodagi birinchi yozma konstitutsiyalarning biri boʻldi.
Ana shundan keyin koʻpgina davlatlarning konstitutsiyasi yaratila boshlandi. XX asrda inson huquqlari va demokratiya prinsiplari asosiy eʼtiborga aylandi. 1948 yilda BMTning Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi.
Maʼlumki, sobiq ittifoq paytida unga mansub boʻlgan respublikalarning konstitutsiyalari koʻpincha davlat hokimiyatini koʻrsatish va kommunistik partiyaning hukmronligini taʼminlashga qaratilgan. Sovet konstitutsiyasi bir necha bor oʻzgargan boʻlsa ham, unda inson huquqlari va ozodliklari nazariy jihatdan kafolatlangan, lekin amaliy hayotda bu huquqlar cheklangan edi.
Oʻzbekiston mustaqil boʻlgandan keyingi konstitutsiya, uning hayotbaxsh, xalqchil va insonparvarlik mohiyati tubdan oʻzgardi. Ayniqsa, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 2023 yildagi yangi tahrirdagisi yanada takomillashdi. Uning oʻzgarishlar va tuzatishlar bilan qabul qilingan varianti mamlakatning siyosiy va huquqiy tizimini yanada mukammallashtirish, demokratik jarayonlarni kuchaytirishga yoʻnaltirilgani bilan xarakterlanadi. Xoʻsh, bu nimalarda namoyon boʻladi?
1. Inson huquqlarini yanada mustahkamlash: Yangi Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari haqidagi moddalarga eʼtibor katta beriladi. Konstitutsiyada insonning qadr-qimmati va qadr-qimmatini hurmat qilish davlatning asosiy vazifasi sifatida belgilangan. Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarga bogʻliq moddalar kiritilgan va ularni milliy qonunlarga integratsiyalashtirish nazarda tutilgan.
2. Mamlakatdagi demokratiyani mustahkamlash. Konstitutsiyada davlat hokimiyatining alohida tarkibi va organlari oʻrtasidagi mutanosiblikni kuchaytirish, davlat organlarining bir-biriga taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlash maqsad qilingan. Parlamentning qudratini oshirishga, boshqaruvda fuqarolarning ishtirokini mustahkamlashga qaratilgan yoʻnalishlar mavjud. Masalan, Senat va Qonunchilik palatasining faoliyatiga yangi tuzatishlar kiritilgan.
3. Fuqarolarning ishtirokini oshirish. Konstitutsiyada fuqarolarning davlat ishlariga, xususan, saylov va referendumlarda ishtirok etish huquqi belgilab qoʻyilgan. Yangi konstitutsiya davlatni demokratlashtirish uchun fuqarolarning siyosiy huquqlarini ishlab chiqish va himoya qilishga oid qoidalarni oʻz ichiga olgan.
4. Taʼlim va sogʻliqni saqlashni rivojlantirish. Yangi Konstitutsiyada taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa ijtimoiy xizmatlarning ahamiyatiga alohida eʼtibor berilgan. Hukumatga ushbu sohalarda fuqarolarga taʼlim berish va sogʻliqni saqlash xizmatlarini taʼminlash vazifasi yuklangan.
5. Konstitutsion sudni kuchaytirish Konstitutsiyada Konstitutsion sudning ahamiyati oshirilib, uning rolini mustaqil va taʼsirchan organ sifatida belgilashga alohida urgʻu berilgan. Bu, oʻz navbatida, huquqiy davlatni rivojlantirish va inson huquqlarini taʼminlashda muhim qadamdir.6. Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasini mustahkamlash. Yangi Konstitutsiyada xalqaro hamkorlik va Oʻzbekistonning xalqaro huquqqa boʻysunishni taʼkidlash, mamlakatning mustaqilligi va siyosiy va iqtisodiy rivojlanishga intilishini ragʻbatlantirishga qaratilgan moddalar qabul qilingan.7. Tabiiy resurlarning muhofazasi. Tabiat va ekologiyani muhofaza qilish konstitutsiyada maxsus modda bilan kafolatlangan, bu esa mamlakatning kelgusi rivojlanishini toʻgʻri yoʻnalishda olib borishga yordam beradi.8. Fuqarolik jamiyatining ahamiyati. Fuqarolik jamiyati va NNOlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy imkoniyatlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilishi koʻzda tutilgan.Xullas, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻzining gumanistik mohiyati, xalqchilligi bilan alohida ajralib turadi. U inson huquqlarini, demokratik prinsiplarni, fuqarolarning ishtirokini va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan muhim islohotlarni oʻz ichiga oladi. Har bir davlatning mavqeini, xalqning yashash tarzi, huquq va burchlarining koʻzgusi bu uning asosiy Qonuni qomusi boshqacha aytganda, nomusidir. Jaloliddin Ruмiy hazratlaridan soʻrashadi, “Hazrat, bu dunyoga kelib nimani bildingiz? U shunday javob beradi: oʻz tadbirni bildim. Bu nima degani? Rumiy hazratlarining javobidan shu narsa maʼlum boʻladiki, had-hudud bu, haq-huquq demakdir. Had-hudud makonga xos, haq-huquq insonga xos. Insonning oʻz haddini bilishi oʻz haq-huquqini tanishidir. Huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyat har bir fuqaroning burchidir. Konstitutsiyaga amal qilib yashagan insonning umri faraxbaxshdir. Bu borada Konstitutsiyamizni oʻqib-oʻrganish, bilish va amal qilishning ahamiyati kattadir.Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligi bayrami tantanalari Universitetimizda ham allaqachon boshlab yuborilgani eʼtiborga molik. Bir paytlari eʼtirof etilgan” Mustaqillik, bu avvalo, huquq demakdir“, degan shiorning ahamiyati nechogʻlik yuqori ekanligini anglash joiz. Rahimboy Jumaniyozov ”TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti professori