2025-yilda kambag‘allikni qisqartirishga jami 20 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
Bugun, 26-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, «2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.Qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’ruza qildi.Vazirning ta’kidlashicha, 2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgan, shu jumladan ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash hamda inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish ko‘zda tutilgan.Loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolinmoqda.Xususan, kambag‘allikni qisqartirishga jami 20 trln. sum mablag‘ ajratilmoqda. Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar loyihada o‘z aksini topgan