9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYA

notiq.uz > Yangiliklar  > NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYA

NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYA

Xalqaro miqyosdagi konferensiyalar global muammolarga qaratilgani bilan xarakterlanib turadi. Bu esa uning ahamiyati va nufuzini oshirmasdan qolmaydi.

Joriy yilning 23-24 may kunlari “Toshkent irrigatsiya va kishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  Milliy tadqiqot universitetida “Geofazoviy ekotizimni loyihalash” mavzusidagi Markaziy Osiyoda GAT — GISCA2022 va Geoinformatika bo‘yicha — GI2022 an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiyalari tashkil etildi.

 Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad xorijiy hamkorlar bilan tajriba almashish, universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini ta’minlash hisoblanadi.

Konferensiya universitet rektori, professor  B.Mirzaevning kirish so‘zlari bilan ochildi. Shuningdek, vazirlik va tashkilotlar vakillari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamraev, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Ilmiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va investitsiyalarni joriy qilish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Ganiev so‘zga chiqib bugungi konferensiya xorijlik hamkorlar hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi uchun naqadar muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.  Konferensiya o‘z ishini bugun nihoyasiga yetkazadi.

Shuningdek, konferensiyaning faxriy mehmoni hisoblangan Avstriyaning Zalsburg Universiteti professori, akademigi Jozef Shtrobl tomonidan bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan eng so‘nggi tendensiyalar haqidagi juda qiziqarli taqdimoti bilan barchaning ko‘nglidan joy oldi. Bundan tashqari konferensiyaning yana bir faxriy mehmoni hisoblangan Xitoy fanlar akademiyasining Shin Jon Ekologiya va geografiya Universiteti professori Alisher Qurban ham o‘zlari tomonidan amalga oshirilayotgan muhim ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari bilan qatnashib taqdimot qildilar.

Konferensiyaning ochilish marosimi Erasmus+ NICoPA loyihasi doirasida tashkil etildi. Unda loyihaning universitetdagi koordinatori Ilhom Abdurahmonov so‘zga chiqib mehmonlarga loyiha haqida, uning maqsad vazifalari, shuningdek, bugungi kungacha erishilgan natijalar hamda yutuqlar haqidagi taqdimotini namoyish etdi.

Loyihaning yana bir koordinatori Saken Seyfullin nomidagi Qozog‘iston Agrotexnika Universiteti vakili Aliya Bayteleneva ham tabrik so‘zi bilan ishtirok etib konferensiyaning ham ilmiy, ham amaliy, ham ta’lim jihatdan qanchalik muhimligi, hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan tadqiqot va ta’lim ishlari, islohotlari bo‘yicha loyiha doirasida amalga oshirilgan so‘nggi yutuqlar haqida batafsil gapirib, konferensiya tashkilochilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi

Shuningdek konferensiyaning asosiy ma’ruzalaridan o‘rin olgan Budepesht Iqtisodiyot va texnologiya unuversitetining professori Lorand Foldvari hamda Toshkent davlat texnika universiteti professori Lola Gulyamova, TIQXMMI milliy tadqiqot unuversitetining dotsenti Shuxrat Shokirovlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlarining so‘nggi natijalari bilan mehmonlarni tanishtirdilar. Bu taqdimotlarning barchasidan konferensiya ishtirokchilari, yosh olimlar, magistrantlar, kerakli xulosalarni olib keyinchalik o‘zlarining ilmiy ishlari, ta’lim jarayonlarida qo‘lanadigan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Konferensiyaning birinchi yarmida yer islohotiga bag‘ishlangan xalqaro simfoziumning ochilish marosimi o‘tkaziladi. 2-yarmida esa GISCA konferensiyaning Toshkent sessiyasi o‘tkaziladi.

Sh.Mirziyoev: Farg‘ona — vodiy gavhari

Safarimiz taassurotlari

     Davlat rahbarining 12-13 may kunlari tashrifidan so‘ng xalqiga bo‘lgan mehrining muhri o‘rnida madaniyat va san’at namoyandalari, ma’rifat targ‘ibotchilarining tashrifi an’ana tusini olayotgani sir emas. Qashqadaryo viloyatidan so‘ng Farg‘onaga qilingan Madaniyat karvoni, ma’rifatchilar safari ma’naviyatning zafariga aylanishi haqidagi fikrni yana bir karra tasdiqladi.

Bu g‘oya zamirida Prezidentning o‘z xalqiga bo‘lgan mehr muhabbati va ishonchi borligi ma’lum.

Bu boshqacha aytganda, Yangi O‘zbekistonda yangicha hayot va o‘zgacha bayotning ifodasini, bunyodkorlik ruhi va shukuhini yaqqol ko‘rish mumkin. Uchinchi renessansning shabadalari qalblarga ilhom baxsh etayotgani xalq bilan uchrashuvlarda ayniqsa, aniq sezildi. 1063 ta mahalla fuqarolari bilan uchrashish nafaqat ularni balki, poytaxtdan tashrif buyurgan ziyolilar va san’atkorlarni ham ruhlantirib yubordi.  Ular o‘z san’ati va ma’rifati bilan xalq e’tiborida qay darajada mavqe egallaganini ham his etishdi, tushunib ham olishdi. Bu ularning qaysidir ma’noda xalq oldidagi hisoboti hamdir.

Biz Marg‘ilonga biriktirilganimiz uchun shu hudud misolida aytishimiz mumkinki, mahalla guzarida o‘tkazilgan ma’naviy tadbirlarda O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, iqtidorli san’atkorlardan Muzaffar Hamidov, Mashhur Muhammad, Shahruza Allanazarova, Roza Rajabova, Bobir Xudoyqulov, Jamshid Mirzo va boshqalarning chiqishlari mahalliy aholi tomonidan olqishlar bilan qabul qilindi. Ular hatto, Yozyovon va So‘x tumanlarida ham bo‘lib o‘z san’atini namoyish etib e’tiborga tushishdi.

Biz bir guruh ziyolilar madaniyat karvoni bilan Farg‘onadan poytaxt sari poezd orqali yo‘lga chiqdik. Poezdda ketarkanmiz, xayolan qilingan ishlar va ularning samarasi, natijasi bo‘lishini hamda bu harakatning bardavom bo‘lishi zarur ekanligini barchamiz his etdik. Prezident tashrifidan so‘ng ularning tavsiya va topshiriqlarini, islohotlari mazmun — mohiyatini tushuntirish, omma ongiga yetkazish uchun albatta, ma’rifatparvar, ziyoli insonlarning roli, o‘rni bo‘lishi tabiiy. Ular bu jarayonda xalq bilan muloqot qilib mahallalarda uchrashuvlar tashkil etganlarida bilib olgan muhim saboqlaridan biri inson nutqiy muloqoti va muomala madaniyatini shakllantirishi zarurligidir. 

Shuningdek,  bu jarayonda jamoa orasida so‘zlash ham muhim ekanini san’atkorlar ham, aktyorlar ham deyarli barcha ziyolilar yana bir karra his etishdi. Safar yakunida har bir ziyoli o‘z faoliyatini va kelajakda yana qanday ta’sir mexanizmlarini, targ‘ibotning yangicha ko‘rinishlarini qo‘llashi mumkinligi borasida o‘ylab ko‘rishi zarur ekanligini his etishdi. Farg‘onaliklarning ushbu safardan mamnun ekanliklarini so‘zlaridan, muloqot jarayonidagi faolliklaridan bilish mumkin edi.

Ayniqsa, mahalladagi ayrim nogironlarning xonadonlariga hol-ahvol so‘rab kirganimizda ularning ko‘zlaridan o‘t chaqnab, xursandchiligidan ko‘z yoshi to‘kkanlarining ham shohidi bo‘ldik. Ularning orasida ba’zilari to‘shakka mixlanganlari ham bor, qo‘l-oyog‘i ishlamay nogiron bo‘lib qolganlari ham bor edi. Ular san’atkorlarni ko‘rib “Mening xonadonimga kelishingizdan behad shodman, yetti uxlab tushimga ham kirgan emas. Meni ruhlantirdingiz, bemorligimni unutdim. Rahmat sizlarga“, — deb o‘z minnatdorchiligini bildirib, hech qo‘yib yuborgilari kelmasdi. Rasmga tushishishar, har xil tasvirlar orqali, ularning dastxatlari yozilgan kitoblarni qabul qilishar va hokimiyat tomonidan berilgan turli sovg‘alarni ulashish zavqi bizlarga ham, qabul qilish ehtiyoji va shavqi ularga ham xos edi.

Mashhur Farg‘ona kanalining qazilish tarixini eslang. Qirq besh kunlik jasorat afsonaga aylangani rost. Aytishlaricha, hozirgi zamon texnikasi bo‘lganida ham bunday qisqa muddatda o‘sha kanal qazishni amalga oshirish mumkin bo‘lmas ekan. Buning ham o‘ziga xos siri bor. Bugungi kunda qayta tiklanayotgan an’ana — fan va madaniyat namoyandalarini zahmatkash xalq bilan uchrashtirish, san’at orqali ularning  kayfiyatini ko‘tarish, ruhiyatini tetik qilishdir. Tasavvur qiling. O‘sha paytda mashhur Tamaraxonimu Ma’murjonlar, Jo‘raxonu  Tavakkal Qodirovlarning xizmatlari bo‘lmaganda, qo‘shiq va askiyalarga boy konsert dasturlari uyushtirilmaganda o‘sha buyuk qazish ishlarini qisqa muddatda amalga oshmasligi oynadek ravshan edi. Xuddi shu holatni Chorjo‘y — Qo‘ng‘irot temir yo‘lini bunyod etilishi misolida ham ko‘rish mumkin. Bu borada uch respublika xalq artisti Komiljon Otaniyozov boshchiligidagi ansamblning xizmatlarini eslab o‘tish o‘rinlidir.

Muhimi, bunday yo‘sindagi tadbirlar xalqimizni jipslashtirishga, ulug‘vor maqsadlar sari ilhomlantirishga chorlashi va chog‘lashi aniq.

Tabiat bilan tillasha olmaslik fojia

Tabiat bilan tillasha olgan jamiyatgina muvozanatni saqlay oladi, taraqqiy etadi. Atrof-muhitning tozaligidan tortib yerning, tuproqning quvvati masalasi muhim sanalarkan, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka e’tibor qilish muhim muammolardan biridir. Shuning uchun ham 17 iyun – Butunjahon cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu sana BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, 1994 yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish konferensiyasida qabul qilingan. Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kunining bu galgi shiori “Qurg‘oqchilikni birgalikda yengamiz” deb nomlanadi. Bu bejiz emas. Zero, qurg‘oqchilik keng miqyosda hosilni yo‘qotish, o‘rmon yong‘inlari va suv yetishmasligi natijasida insoniyatga zarar yetkazish nuqtai nazaridan eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri hisoblanmoqda.

Bugun 2022 yil 17 iyun kuni soat 10:00 da «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida  xuddi shu sanaga bag‘ishlangan davra suhbati  tashkil etildi.

Tadbirni universitetimiz prorektori, professor Sultonov Tohir Zokirovich olib bordi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Xushvaqtov Islom Nortoshevich, Tirkasheva Muqaddas Bahromovna, Xodjaeva Mohira Mirzaahmadovna va Turg‘unboy Xojanazarovlar ishtirok etib mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. O‘zbekiston uchun sahrolashuv va qurg‘oqchilikka qarshi kurash masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor o‘rin egallaydi. Bu borada izchil chora-tadbirlar va xalqaro loyihalar amaliyotga tatbiq etilayapdi. Xususan, yurtimizda 2017 yildan buyon CADI “Markaziy Osiyodagi cho‘llar bo‘yicha tashabbus” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur FAO tomonidan izchil olib borilyapti.

Tadbir ishtirok etgan talabalar uchun motivatsion ruh baxsh etdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.