E’ZOZBEK OZODOV BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
«Gidrotexnika qurilishi» fakulteti talabalari bilan Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi, innovatsion g‘oyalar yetakchisi, “Ko‘rak” nishoni sohibi, 10 dan ortiq loyiha va startaplar rahbari E’zozbek Ozodov bilan uchrashuv tashkil etildi. E’zozbek Ozodov talaba yoshlarga o‘zining “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskuna”si mavjud analoglariga nisbatan 25 foiz samaraliroq ishlashi va bu yangilik xalqaro miqyosda tan olinganini ta’kidladi. Shuningdek, hozirda mazkur uskuna uchun AQShning yirik korxonalaridan ko‘plab buyurtmalar kelib tushayotgani haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida E’zozbek Ozodov talaba-yoshlarga startap va loyihalarda faol ishtirok etish, turli xil tadbirlarda o‘z tashabbuskorligini namoyon etish, eng asosiysi esa — aniq maqsad qo‘yib, qat’iyat bilan unga intilish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u talabalarga innovatsion tafakkurni rivojlantirish, ilmiy izlanishlar olib borish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi.
Universitet matbuot xizmati
