9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

60 YOSH MUBORAK!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Oltmish, etmish raqamlaridagi “mish” taajjub uyg‘otadi ba’zan kishida. Ikkita “mish” qo‘shilsa “mish-mish” bo‘ladi. Haqiqatan ham aksariyat insonlarning yoshi ko‘rinishiga to‘g‘ri kelavermaydi, ular ancha yosh ko‘rinadi. Birovning diliga ozor etkazmasdan, to‘g‘ri yurib, to‘g‘ri ishlagandan keyin, sadoqatli do‘st, oilaparvar umr yo‘ldoshiga ega bo‘lgan inson sog‘lom va yosh ko‘rinaversa kerak. Kuni kecha qutlug‘ 60 yoshini qarshilagan huquqshunos qadrdonimiz Nazarov Po‘latjon Ro‘zimovich ham tabiatan yosh ko‘rinadigan insonlardan. Kasbdoshlar, samimiy do‘stu yoronlar jam bo‘ladigan, qutlab keladigan davrada inson yanada yasharib ketishiga ishonch hosil qildik. Ayniqsa, birga tahsil olgan kursdoshlarning tashrifi kishi dilini yashnatadi, ruhiyatiga yanada tetiklik baxsh etadi. Inson muayyan yoshgacha obro‘-e’tibor uchun ishlaydi, ma’lum...

Continue reading

BAXSHI — SAN’ATKOR NAQSHI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Dostonlarga umr baxsh etuvchi tildan-tilga, dildan-dilga  ko‘chiruvchilar baxshilardir. Dostonlarning umrini baxshilarning quvvayi hofizasi, ijro mahoratisiz tasavvur etish mushkul. Xorazm dostonchilik an’anasining etuk namoyandalaridan biri, “Lazgi” ashula va raqs ansamblining xonandasi, «Nihol» mukofotining laureati Feruzbek Normatov bir qancha dostonlarni yoddan biladi. CHunki, uning aslida va naslida baxshiyona muhabbat va mahorat bor. Uning otasi O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar Normatovdir.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="4175" img_size="full"][vc_empty_space][vc_column_text]Qalandar aka bugungi kunda Xorazm dostonchilik maktabi an’anasining rivojini yuqori nuqtaga chiqazgan muqtadir san’atkorlardan biridir. Ma’lumki, Xorazm baxshichiligi ansambl bilan ijro etiladi. Unda so‘z va sozning uyg‘unligi muhim sanaladi. Tor, doira, bulamon, garmon kabi musiqiy asboblar alohida o‘rin tutadi. Feruz Normatov...

Continue reading

ANORA ASADZODA

[vc_row triangle_shape="no" use_row_as_full_screen_section="no" type="full_width" angled_section="no" text_align="left" background_image_as_pattern="without_pattern"][vc_column][vc_column_text] Anora Asadzoda [/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="2969" img_size="full" qode_css_animation=""][vc_empty_space][vc_column_text]San’at shunday qirradorki, u go‘zallik, nafosat manbai ekan uni tarannum etuvchi fazilatlar san’atkor tabiatida, tiynatida bo‘lmasa, e’tiborga tushishi qiyin. Suvratu siyrat uyg‘unligi, kiyinish va ko‘rinish, aniqrog‘i uning o‘ziga xosu mos imidji bo‘lishi zarur. Ovoz imkoniyatlari, nolayu ohanglari bilan har bir san’atkorning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Unda shu xususiyatlarni qadrlaydigan tomoshabinlarning dili va didi ham bir- biridan ajralib turadi. Ba’zilar san’atkorning qaddi-qomatini birinchi o‘ringa qo‘ysa, ba’zilar uning ovozini, ba’zilar esa libosini, ba’zilar repertuarini, ayrimlar esa san’atkorning to‘yda, ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutishi, xulq-atvorini, qo‘pol yoki muloyimligini, ayrimlar xushmuomalaligini birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Mayli, kim...

Continue reading

BADIIY SO’ZNING QUVVATI

So‘zning kuchi uning ma’no anglatishida va uni aytuvchi tomonidan to‘g‘ri aytilishi, eshituvchi tomonidan esa to‘g‘ri qabul qilinishi hamda to‘g‘ri talqin qilinishi bilan bog‘liq. Odamning tab’i so‘z, taomning ta’mi tuz, suvning ta’mi muz bilan ekan, so‘zlar atrofida so‘zlashish barchamizga xos. Badiiy so‘z hayotda ham asqatadi, lekin uning sahnadagi ifodasi yanada ta’sirli va mohiyatli bo‘ladi. So‘zdan kimning qanday foydalanishi uning qalbu qiyofatiga daxldor. So‘z orqali insonlar qalbiga yo‘l olinarkan, demak, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ham ziddiyatlarga chek qo‘yadi. Bu borada so‘z ketganda, Rene Dekartning ushbu mulohazalarini doim eslab yuraman. “Agar biz so‘zlarning ma’nolarini bilib olganlarimizda edi, dunyoni yarim chalkashliklardan xalos qilgan...

Continue reading

BEGONA KIM?

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Odamzod tug‘ilgandan beri ikki tushuncha atrofida umrguzaronlik etadi. Bu chin va yolg‘ondir. Umr bo‘yi unisigayam, bunisigayam sadoqatli bo‘lish qiyin. SHaroit taqozosi bilan yo u tomonda, yo bu tomonda bo‘lish taqdirda bor hodisa. Lekin shu haqiqat ayonki, chin so‘z bilan, rostgo‘ylik va halollik bilan umr kechirganlar hamisha el e’tiborida, e’zozida bo‘lganlar. Lekin haq gapni hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermaydi. U bamisoli tikanga o‘xshaydi. Xalqning qator  maqollarida ham bu haqiqat ro‘yi rost o‘z ifodasini topgan. To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmas. Haqiqat achchiq, lekin koni foyda va hokazo. YAxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon deyishi bilan shoir haq. O‘z vaqtida aytilmagan to‘g‘ri...

Continue reading

Amaliyot – natija, samara, oqibat va maqsad demakdir

Taniqli adib Gyote “Faust” tragediyasida Mefistofel tilidan bir iborani keltiradi: “Nazariya quruqdir do‘stim, ammo yashnar hayot daraxti.” Biz buni talqin qilmoqchi emasmiz. Butun harakatlarning samarasi, natijasi bilan qiziqishga e’tiboringizni jalb etmoqchimiz, xolos. Barcha jarayonlarda, jabhalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligi zarur. Et va tirnoq singari ajralmas, uzviy jarayon bu. Ilmu fan, madaniyatu san’at  yoxud ishlab chiqarish bo‘lsin, ularsiz  sohaning shaklu shamoyilini to‘liq belgilash qiyin. U bamisoli insondagi vena va arterial qon aylanish tizimiga monand. Busiz tiriklikni anglash, tasavvur etish mushkul. “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida “Inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta’lim va tarbiyadan boshlanadi”, deyiladi. Juda o‘rinli fikr. Ta’lim-tarbiyaning ham, siyosiy-mafkuraviy va xalqaro...

Continue reading

Akademiklik yorlig’i muborak!

Inson qanday yoshda bo’lmasin, istasa istamasa e’tiborga ilhaqlik sezadi. Qilingan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlarga qaysidir ma’noda munosabatni xohlaydi. Xalq orasida fidoyiligi, jonkuyarligi bilan el- yurt manfaati yo’lida ulkan ishlarni amalga oshirgan bo’ladi. Unga bir og’iz shirin so’z kifoya, xuddi tuyaga hayt degan ham madad deganlaridek. Bu ma’noda, Xalqaro “Antik dunyo” ilmiy akademiyasining xizmatlaridan ko’z yumish insofdan emas. Ushbu akademiya 1993-yil  22-oktyabrda birinchi marta, 2002-yil 26-iyunda ikkinchi marta 580-sonli ro’yxatdan o’tgan. 14 yildan buyon yurIdik kuchga ega bo’lgan akademiya ilm-fanni targ’ib qilish, uni rivojlantirishga hissasini qo’shish, inson nufuzini oshirish, jahon ilm-fan yutuqlarini o’rganishni maqsad qiladi. Akademiyaning “Antik dunyo” gazetasi va jurnali chop etiladi....

Continue reading

AYOL VA XAYOL

Xotin-qizlarimizning rosa xursand bo‘ladigan kuni 8 mart bo‘lsa kerak, chunki o‘sha kuni ular yuzida tabassum, yaqinlaridan sovg‘a kutishadi. Ayolga e’tibor qilmagan jamiyat tanazzulga yuz tutishini hammamiz o‘qiganmiz. Erkakka va ayolga yoqadigan narsa nima? Psixolog olim, iqtidorli professor E.N.Sattorov Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy institutida saboq berganlarida shu savolga javob aytib o‘tgandilar. Ayollar kutilmagan sovg‘ani, erkaklar esa maqtovni yoqtirisharkan. Hech sinab ko‘rganmiz. Ha, shunday. Inkor etish qiyin. TVXTXQTMOI jamoasi Rektor R.Q.CHoriev boshchiligida xotin-qizlar uchun gullar, shirinliklar va esdalik sovg‘alari topshirishdi. Ular cheksiz xursand. E’tiborga e’tibor nechun, e’tiborsiz qolganim uchun, deb bejiz aytishmaganda. Xotin-qizlarimiz faqat bayram kuni emas,...

Continue reading

Avloniy avlodlari

O‘z uquvini, malakasini oshirish sohaga daxldor yangi bilimlarni egallash va yangi yo‘l-yo‘riqlar bilan oshno bo‘lish demakdir. Malaka oshirish institutlarida bu masalalarga alohida e’tibor bilan qarashadi. CHunki o‘qiganlarni o‘qitish katta mas’uliyat talab etadi. Malaka oshirish institutining mohiyati fanga daxldor bo‘lgan yangi ma’lumotlarni berish bilan cheklansa, maqsad to‘laligicha namoyon bo‘lmaydi. Uni boshqa ta’lim “ustaxonalari”dan ham olish mumkin. Nima, qachon, qaerda, qanaqa savollariga javob olish bu bilim. Nega, nima sababdan, nima uchun, nima maqsadda kabi savollariga javob izlash orqali faoliyat ko‘rsatish esa bu ilmdir. Ilm bilimdan oziq oladi. Kitob bilim manbai bo‘lsa, bilim esa ilm manbaidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bilim bu mashinaning o‘zi...

Continue reading

Burchdorlik muhabbati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday film taqdimoti oldidan ijodiy guruhni hayajon chulg‘ab olishi tayin. Qanday bo‘larkan, premera qanday o‘tarkan, tomoshabinlar qanday qabul qilarkan, taqdimotdan so‘ng ommaviy axborot vositalaridagi fikr-mulohazalar va filmning namoyishi qay yo‘sinda davom etarkan, degan savollar film ijodiy guruhining fikru zikrini qamrab olishi aniq. “Burch va muhabbat” nomli badiiy film premerasi bois Alisher Navoiy nomli kinosaroydamiz. Rejissyor Ozod SHamsning navbatdagi filmi. Samariddin Xalilovning “Zulmat zanjiri” nomli detektiv qissasi asosida suratga olingan ushbu badiiy filmni bir necha daqiqalardan keyin tomosha qilishni boshlaymiz. Xo‘sh, mavzuning dolzarbligi va axloqiy-tarbiyaviy masala qanday qo‘yilgan va qanday ijro etilgan? To‘g‘ri, kino kollektiv ijod mahsuli. Bir yoqadan bosh...

Continue reading