MAMLAKATLAR MAVZUIDAGI MUHIM, MUKAMMAL MANBA
Shunday kitoblar borki, ularga har kuni ehtiyoj sezasan. Bular lug‘at va qomus tarzidagi kitoblardir. shuning uchn ham, balki "Qobusnoma"ning asrlar osha qo‘lma-qo‘l bo‘lib kelayotganining siri ham shundadir. Chunki bunday mazmundagi kitoblar ma'lumot beradi, o‘ylantiradi va ruhlantiradi. Shuning uchun ham ularni tarixga guvoh, taqdirga hamroh kitoblar sifatida e'zozlash o‘rinlidir. Kundalik hayot uchun qo‘llanma, keng qamrovli bilim uchun yo‘llanma bo‘ladigan kitoblar qadrga, e'zozga loyiq. 848 sahifadan iborat bo‘lgan ''Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha'' deb nomlangan ta'bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, "tosh bosadigan" katta bir kitob mana, qo‘limda turibdi. Muallifi ham sizga yaxshi tanish. Iqtidorli jurnalist, xalqaro va siyosiy mavzudagi maqolalari bilan e'tiborga tushgan yosh...
Continue reading