9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Akademiklik yorlig’i muborak!

notiq.uz > Arxiv  > Akademiklik yorlig’i muborak!

Akademiklik yorlig’i muborak!

Inson qanday yoshda bo’lmasin, istasa istamasa e’tiborga ilhaqlik sezadi. Qilingan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlarga qaysidir ma’noda munosabatni xohlaydi. Xalq orasida fidoyiligi, jonkuyarligi bilan el- yurt manfaati yo’lida ulkan ishlarni amalga oshirgan bo’ladi. Unga bir og’iz shirin so’z kifoya, xuddi tuyaga hayt degan ham madad deganlaridek. Bu ma’noda, Xalqaro “Antik dunyo” ilmiy akademiyasining xizmatlaridan ko’z yumish insofdan emas.

Ushbu akademiya 1993-yil  22-oktyabrda birinchi marta, 2002-yil 26-iyunda ikkinchi marta 580-sonli ro’yxatdan o’tgan. 14 yildan buyon yurIdik kuchga ega bo’lgan akademiya ilm-fanni targ’ib qilish, uni rivojlantirishga hissasini qo’shish, inson nufuzini oshirish, jahon ilm-fan yutuqlarini o’rganishni maqsad qiladi. Akademiyaning “Antik dunyo” gazetasi va jurnali chop etiladi. “Laureat” ko’krak nishoni mavjud. Dotsent, doktor, professor, akademik yorliqlari, “Mantiya” forma kiyimi mavjud. Shunday kishilar borki, ilmiy darajasi bo’lsa ham nufuzi yo’q. shundaylar borki, ilmiy darajasi yo’q, lekin nufuzi baland. Akademiya yunoncha atamadir.

Miloddan avvalgi 6 – asrda Afinada Akadema ismli bir yiigit bo’lgan. U jismonan baquvvat, ziyrak va bilimli bo’lib atrofiga bir to’da kishilarni yig’ib jang va harbiy ilmdan saboq beradi. Jamoa jang qilish mashqini egallab, jismonan chiniqib talon-torojlik, bosqinchilik bilan shug’ullanadi. Akadema jamoasining nojo’ya xatti-harakatlaridan ranjib uni tarqatib yuboradi va yangi jamoa tuzadi. Bu jamoaga faqat jang mashqi, jbsmoniy tayyorgarlik sirlarini o’rgatib qolmasdan, zamonasining donishmandlarini taklif qilib, turli xil ilmlardan saboq beradi. Yangi jamoa faqat jismonan kuchli bo’lib qolmasdan aql-idrokda ham o’ziga yarasha bilimni egallab bosqinchilik bilan shug’ullanmay xalq orzusidagi xaloskorga aylanadi vas huh rat qozonadi. Akadema jamoadoshlarining tahsinga sazovor ishlarini taqdirlab qadimgi Afinada katta nufuzga ega bo’lgan Lavr daraxtining bargidan yasalgan gulchambarlar bilan mukofotlardi.

Xuddi shu tariqa Akademiya paydo bo’lgan va dunyoga ana shu nom bilan yoyilgan. Akademiya haqida muayyan ma’lumotga ega bo’lindi.

Endi so’z uning navbatdagi nomzodlaridan biri Narzulla So’fiyev haqida. O’zbеkiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi Narzulla So’fizoda zahmatkash, sеrqirra ijodkordir.

Narzulla So’fiyеv o’z ijodini 1960 — yildan boshlangan. 1970 -yilgacha mahalliy va rеspublika matbuotida, hatto sobiq Ittifoqning “Ogonyok” jurnali ,”Krasnaya zvеzda”, “Litеraturnaya gazеta” nashlarida o’nlab maqola va shе’rlari e’lon qilingan.

1969 — yilda SAMDU filologiya fakultеtini bitirib, viloyat “Lеnin bayrog’i” gazеtasiga ishga kеlgan. O’sha yili gazеtada Samarqand shahrining 2500 yillik yubilеyiga bag’ishlangan maxsus sahifa e’lon qilgan. Bu sahifa muxlislar olqishiga sazovor bo’ldi.        1970-1974-yillarda u viloyat xalq ijodiy uyi dirеktori lavozimida ishladi, xalq og’zaki ijodi yo’nalishini yuksaltirdi. Ko’plab xalq dostonlari, o’lan va laparlar, tеrma va qo’shiqlarni ohanrabo tasmaga tushirib, matnlarni madaniyat Vazirligiga topshirdi va o’z tashkiloti g’aznasini mablag’ bilan boyitdi. Ommaviy axborot vositalarida “Baxshilar — faxrimiz”, ”Xalq ijodi — bеbaho boylik” ruknlarida 30 dan ziyod maqola e’lon qildi.          1964-1979 — yillarda N. So’fiyеv viloyat gazеtasida bo’lim mudiri bo’lib ishladi. Narzulla So’fiyеv tashkil etgan “Shuhrat” harbiy vatanparvarlik sahifasi 3 — o’rinni egalladi. Narzulla So’fiyеv 1976-yili Jurnalistlar, 1981­-yili Yozuvchilar uyushmalariga qabul qilindi. “Suv yo’li” shе’riy kitobi “Guliston” jurnalida chop etilgan. “Yetti ohang” dostoni, nazmiy turkumlari xususida O’zbеkiston qahramoni Ozod Sharafutdinov, ustoz Asqad Muxtor, adabiyotshunoslar Omon Cho’tmatov, Shaydulla Murodov, Anvar Bo’riboyеv, Yoqub Yakvalxo’jayеv, adiblar Shukur Xolmirzayеv, Mеngziyo Safarov va boshqalar gazеtalarida ijobiy fikr bildirishgan. So’fiyеv 1982-yilda yoshlar tashkiloti laurеati bo’ldi.

Narzulla So’fiyеv 1995-yilda “Mеros” ijodkorlik firmasi tashkil etdi. Bu haqda jurnalist Mahmud Abulfayz Rеspublika gazеtasida maqola chop etgan. Bu firma dasturi asosida o’nlab esdalik kitoblar turli mualliflar tomonidan nashr etildi.

“XX asrdan esdaliklar”rukni hamon davom etmoqda.  N. So’fiyеv o’zi  “G’ishtga qasida”, “Aloqachilar darg’asi” hamkorlikda “Sharq allomalari xalq o’yinlariga doir” nomli  400 — bеtlik kitob va boshqa esdalik majmualari yaratib, e’tibor qozondi. Yaqinda R. Choriyеv, H. Fayzullayеvlar bilan hammualliflikda chop etgan “Bunyodkor” kitobi ham ushbu firma dasturi asosida yaratildi.

O’zbеkiston Rеspublikasi Mustaqilligining shonli 25 yilligi nishonlanadigan yilda Tеrmiz va Shеrobod tumanlarining 90 yilligi ham bayram qilinadi. N. So’fiyеv ushbu tumanlar hokimligiga dasturiy loyiha taqdim etdi. Bu ikki loyiha imtiyozli grant yutib olishiga ishonamiz.

Xalqaro “Antik dunyo” ilmiy akademiyasining akademigi unvonining Narzulla So’fiyevga tantanali suratda topshirilishi qadimiy Termiz shahrida, Viloyat XTXQTMO institutida bo’lib o’tdi. Biz, ya’ni TVXTXQTMOI rektori Ro’zimurod Choriyev bilan IL-114 rusumli samolyotdan tushganimiz hamonoq, tadbir bo’ladigan muassasaga oshiqdik. Tadbirni Surxondaryo viloyat XTXQTMO instituti rektori Qodirov Umarali Do’stqorayevich olib bordilar. Ular Narzulla So’fiyev haqida muxtasar ma’lumot bergach, Xalqaro “Antik dunyo” ilmiy akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozovga so’z berildi. U akademiyaning tarixi va nufuzi borasida so’z yuritdi. E’tibor  ehtiromga eshik, e’zozga beshik ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

Shu o’rinda Surxondaryo dunyoga ulug’ va qutlug’ allomalarni yetkazgan diyor ekani borasida Prezidentimizning quyidagi mulohazalari e’tiborlidir: “Surxondaryo xalqi g’ururi tog’dek baland, yaratuvchanlik salohiyati yuksak xalq. Surxondaryo xalqi qadim urf-odatlarini, ming yillik an’analarini asrlar osha ko’z qorachig’idek asrab-avaylab boyitib kelayotgan xalq. Surxon vohasining juda ko’p betakror va noyob boyliklari, noz-u ne’matlari bor. Lekin shu yurtning baxt-saodatini ta’minlash yo’lida tinimsiz mehnat qilayotgan insonlar alohida hurmat va e’tiborga sazovordir.”

Shubhasizki, Narzulla aka ana shunday siymolardan biridir. Ro’zimurod Choriyev o’z tabrigida Narzulla akani ko’p yillardan bilishlari, o’z ishiga sadoqatli ekanliklarini alohida ta’kidlab, ularda davlat mukofotlarini olishlariga ham yetarli kuch, aqliy va ilmiy salohiyat borligini e’tirof etib qutladilar. So’ngra ularning ustozlari, kasbdoshlari va tengqur do’stlari, shogirdlari o’zlarining samimiy tilaklarini izhor qilishdi.

Narzulla aka, akademiklik unvoni muborak!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.