AYOL VA XAYOL
Xotin-qizlarimizning rosa xursand bo‘ladigan kuni 8 mart bo‘lsa kerak, chunki o‘sha kuni ular yuzida tabassum, yaqinlaridan sovg‘a kutishadi. Ayolga e’tibor qilmagan jamiyat tanazzulga yuz tutishini hammamiz o‘qiganmiz. Erkakka va ayolga yoqadigan narsa nima? Psixolog olim, iqtidorli professor E.N.Sattorov Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy institutida saboq berganlarida shu savolga javob aytib o‘tgandilar. Ayollar kutilmagan sovg‘ani, erkaklar esa maqtovni yoqtirisharkan. Hech sinab ko‘rganmiz. Ha, shunday. Inkor etish qiyin. TVXTXQTMOI jamoasi Rektor R.Q.CHoriev boshchiligida xotin-qizlar uchun gullar, shirinliklar va esdalik sovg‘alari topshirishdi. Ular cheksiz xursand. E’tiborga e’tibor nechun, e’tiborsiz qolganim uchun, deb bejiz aytishmaganda. Xotin-qizlarimiz faqat bayram kuni emas, balki har kuni xursand bo‘lib, e’tiboru e’zozu ehtiromga sazovor bo‘lishlariga orzumandmiz. Ularning tabassumi olamni yanada nurafshon qilishiga shubha yo‘q. Ular borki, olam munavvar. Keling, tabassum qilinglar. Tabassum bir zum emas, doimiy bo‘lsin. “Ayollar va xayollar” ruknida hazilomiz latifalarni lutf va hazil o‘rnida qabul qilarsizlar degan niyatdamiz.
YUrsa, tursa, o‘tirsa doimo xayoli ayolida bo‘lgan bir yigit mulozamatni me’yoridan oshirvorarkan.
-Jonim, choy ichayapsizmi? Jonim, ovqat eyapsizmi? Jonim, televizor ko‘rayapsizmi? Jonim, uxlayapsizmi?
Uydagi mulozamat ko‘chaga chiqqanda ham davom etarkan. Bir kuni sayr qilish bahonasida shaharga tushadigan bo‘lishdi. Bekatga avtobus kelib to‘xtadi. U tilga kirdi.
-Jonim, chiqing. Yo‘q, jonim, oldin o‘zingiz chiqing. Qani, chiqa qoling, jonim. Qani, jonim.
Haydovchi toqatsizlandi.
-Hoy, qanaqa odamsan o‘zi, yarim soatdan buyon jonim,jonim deysan, oldin o‘zing chiq, keyin «joning» chiqadi.
***
Eru xotin kurortga borishib, «sen- meni tanimaysan, men-seni» qabilida turishga qaror qilishibdi. SHu ahvolda ikki hafta o‘tibdi. Keyin eru xotin uchrashib, kechqurun sayrboqqa borishibdi. Xoliroq joy topib endi o‘tirishgan ekan, mirshab kelibdi.
-Sizdan 25 so‘m jarima, sizdan esa, xonim, 75 so‘m.
Eri janjal qila boshlabdi.
-Nega endi bunaqa?
-Sizni bu erda birinchi marta uchratayapman. Bu xonimni esa uchinchi marta.
***
Xotin eriga dedi: Azizim, ertaga turmush qurganimizga yigirma besh yil to‘ladi. SHu munosabat bilan bir qo‘zichoq so‘ysak, bo‘larmidi?
-Bo‘lmag‘ur gapni qo‘y! Qo‘zichoqning nima aybi bor bu ishda?
***
Bir dovdir armiyadan qaytibdi. Xotini erini bo‘yniga osilib, suyunchi so‘rabdi:
-Azizim, o‘g‘il ko‘rdik. Hademay olti oylik bo‘ladi.
— Olti oylik?! Bu qanaqasi bo‘ldi? Men otpuskaga kelmagan bo‘lsam, sen mening oldimga bormagan bo‘lsang…
-E, azizim, ketganingdan keyin suvratingdan ko‘zimni uzganim yo‘q. SHundan xomilador bo‘lib qoldim.
Dovdir qanoat hosil qilib, uyquga ketibdi. Lekin tongga yaqin uyg‘onib ketib, xotiniga do‘q qilibdi:
-Nega boshimni qotirasan, xotin! Suvratda belimdan yuqorisi olingan-ku!..
***
Horg‘in er uyga kelib, xotiniga dedi:
-Kim qo‘ng‘iroq qilsa ham, meni uyda yo‘q degin.
Telefon jiringlaydi. Xotin dastakni oladi.
-Erim uyda!
Eri o‘rnidan sapchib turib, telefon oldiga keladi.
-Meni «yo‘q» degin devdim-ku…
-Hovliqmay qo‘ya qol, jonginam, senga qo‘ng‘iroq qilganlari yo‘q.
***
Eru-xotin kurortga borishib,-«sen meni tanimaysan, men seni» qabilida turishga qaror berishibdi. SHu ahvolda ikki hafta o‘tibdi. Keyin eru-xotin uchrashib, kechqurun sayrboqqa borishibdi. Xoliroq joy topib endi o‘tirishgan ekan, militsioner kelibdi.
-Sizdan,-deb erkakka murojaat qilipti,-25 so‘m jarima. Sizdan esa, xonim, 75 so‘m.
Eri janjal qila boshlabdi.
-Nega endi bunaqa?
Militsioner javob beribdi:
-Sizni bu erda birinchi marta uchratyapman. Bu xonimni esa uchinchi marta…
***
Direktor yangi kotibani ishga olibti. Uyga kelsa, xotini surishtiribdi:
-Xo‘sh, yangi kotibani oyog‘i qanaqa ekan?
-E’tibor berganim yo‘g‘-a…
-Ko‘zlari chiroyli ekanmi?
-Aytyapman-ku, payqaganim yo‘q.
-Loaqal, qanaqa kiyinar ekan-a?
-Ha, buni aytaqolay, juda tez kiyinar ekan.
***
YAngi rahbar qabulxonaga kirib, eski rahbarning o‘rindiq va mebellarini almashtirishdan boshladi. Oldin stol va stullarni so‘ngra divanni olib chiqishayotgan paytda eski rahbarning kotibasi kirib keldi va divanga ko‘zi tushib, yangi rahbarga dedi: -Nima, men ham ishdan bo‘shadimmi?
***
Eru xotin urishib qolib, gaplashmay qo‘yishibdi. O‘zaro muomalalarini yozma ravishda qila boshlashibdi. «Ertalab meni 7.30.da uyg‘otib qo‘y»-deb yozibdi eri. Ertalab 9.00.da uyg‘onib qarasa, xotini uyda yo‘q, lekin u maktub qoldirgan ekan: «Tur, yigirmata kam sakkiz bo‘ldi.»
***
Xotini mehmondan kech qaytibdi. Eri g‘azab bilan dag‘dag‘a qilibdi:
-Seni bir soatdan beri kutib o‘tiribman.
-Bilasanmi, azizim, shundoqqina eshigimiz oldida yosh yigitlar meni ushlab olib zo‘rlashdi…
-YAxshi, bunga besh minut ketgan bo‘lsin, qolgan vaqtda qaerda sang‘ib yurganding?
***
Eri ertalab vaqtliroq turib, baliq oviga otlanibdi. Ammo ko‘chaga chiqsa, ob-havo yomon, sovuq.
Er ovga borishdan aynib, uyga qaytibdi. Echinib, xotinining yoniga kirib yotibdi-da, unga debdi:
-Bugun juda sovuq. Izg‘irin.
Xotini javob beribdi.
— Tentak erim bo‘lsa, shu havoda baliq oviga ketdi.
***
Bir dovdir xotini bilan Moskvaga kelibdi-da, magazinda ko‘pchilik ichida xotinini yo‘qotib qo‘yib, militsiyaga murojaat qilibdi.
-Xotiningizning tashqi ko‘rinishi qanaqa edi?
Uning og‘zaki suvratini bering-chi…
-Bu nima degani?
Militsiya boshlig‘i unga tushuntiribdi:
-Masalan, mana, mening xotinimni olaylik. Baland bo‘yli, xushqomat, ko‘zlari moviy, mo‘yna po‘stinda, oyog‘ida fin etigi… tushundingmi?
-Ha… Mening xotinim pakana, bukri, oyoqlari qiyshiq… Menga qara, mening xotinimni izlab nima qildik? Kel, yaxshisi, sening xotiningni izlab qo‘ya qolaylik.
***
Xotini:-Doktor menga sayohat qilishni buyurdi. Qayoqqa boramiz?
Eri: -Boshqa doktorga.
***
Xotin onasiga:
-Erimni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Meni urdi-ya, yaramas!
-Ie, men eringni Kislovodskda deb o‘ylovdim.
-Men ham shunaqa deb o‘ylovdim-da…
***
Ayol: Ogohlantirib qo‘yay, bugun erim otpuskadan qaytadi. Poezd kelishiga bor-yo‘g‘i bir yarim soat qoldi.
Yigit: Men biron nojo‘ya ish qilayotganim yo‘q-ku…
Ayol: Gap shunda-da… Vaqt o‘tib boryapti…
***
Keksa yozuvchi engiloyoq bir qizni Sochi restoraniga taklif qilipti.
-Hov anavi, burchakda o‘tirganni taniysanmi, azizim,-deb so‘rabdi.
-Menimcha… u Sergey Esenin bo‘lsa kerak.
-Nima deyapsan, qo‘zichog‘im, u allaqachon o‘lgan.
-Yo‘q, yo‘q, ana qarang, qimirlayapti…
***
Tunda xotini erini turtadi:
-Nima, futbolmi?
-M-m…
Xotin yana turtadi.
-Nima, xokkeymi?
Eri devor tomonga o‘girilib, uxlashda davom etadi. SHunda xotin balkonga chiqib, xitob qiladi:
-Bu shaharda erkak zoti bormi o‘zi?
-Ha, bor, ichamizmi?-degan sado keladi birinchi qavatdan.
***