9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

To’ylar

notiq.uz > To’ylar

To‘y tadbirida

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Inson orzu-umid bilan yashaydi. Turmush quradi, farzand ko‘radi, qizini turmushga chiqarib, o‘g‘lini uylantiradi. Nevaralar ko‘rib, ularning to‘ylarini qilishni orzu-havas qiladi.  Aslida, umr o‘qish, ish, to‘y qilish orzu-niyatlari bilan kechadi. Jonajon akamiz, qadrdon inson Muhiddin Polvon o‘rtancha o‘g‘illarining nikoh kechasiga qarindosh-urug‘, kasbdoshlariyu barcha yaqinlarini to‘y tantanasiga taklif etdilar. Muhiddin akam Sudobaxon kelinoyim bilan “Sayohat” restorani oldida mehmonlarni kutib olish, “Xush kelibsizlar!” deyish bilan ovvora edilar. Ularning xursandchiliklari cheksiz. To‘ng‘ich farzand SHohruhbek ukasi uchun elib-yugurib xizmatda. Temurmalik va Nozimaxonning baxtiyor va saodatmand bo‘lishlarini tilab kelgan mehmonlar uchun nozu ne’matlarga to‘la dasturxon muhayyo qilingan. Sirdaryodan tashrif buyurgan, o‘z navolari bilan dillarni xushnud...

Continue reading

Teran tafakkur tilsimi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]TVPKQTMOI “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, “Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Sultonmurod Olimning 60 yoshga to‘lishi hamda uning pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institutlari tinglovchilari uchun ilova o‘quv materiallari sifatida chop etilgan “Milliy g‘oya, mafkura, ma’naviyat”, shuningdek, “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan “Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Amaliy uslubiy qo‘llanma”, “To‘y marosimlari va milliy ma’naviyat” kitoblari taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ardoqli shoirimiz Jumaniyoz Jabborov ona vatanga muhabbatini ushbu she’riy misralar bilan ifodalangandi. Talpinsam, o‘zingga talpinadurman, Topinsam, o‘zingga topinadurman, Sog‘insam o‘zingni sog‘inadurman, Boshingdan mehr ila yog‘iladurman Dunyoda yagona bo‘stonim...

Continue reading

«Zeb-ziynat»da orzu-niyat

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Xalqimiz duo qilsa, albatta, “to‘ylar to‘ylarga ulansin, yurtimiz tinch bo‘lsin” - degan niyatni qiladi. Bularning bari tinchlik zamonida, omonlik kunlarda bo‘lishini, to‘y va bayram ana shunday osoyishta damlarda tatishini hamma biladi. Taniqli olim, “Xalqlar do‘stligi” ordenining nishondori Muxtor aka SHapsanovning sulolasidagi shodlikka sherik bo‘lish uchun “Zeb- ziynat” restoraniga kirib bordik. Ustozning ukalari Mardonbek tajribali pedagog, tarixchi olim. Ular o‘g‘illari sabab nikoh kechasiga barcha do‘stu yoronlarni chorlagan. Hamma Muhammadjon va Husnoraxonlarga baxtu saodat tilab to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lishgan. Davrani Muxtor akaning o‘zlari ochib berdilar. “Nihol” mukofotining sovrindori Rohila Ro‘zimova rahbarligidagi ijodiy guruh to‘yda navbatchi san’atkor sifatida ishtirok etdi. Taniqli san’atkorlardan...

Continue reading

«Shodiyona»dagi  shodiyona

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Xalqimiz tiynatiga xos faxru g‘ururlardan biri to‘y berish, to‘y ko‘rish va to‘y qilish orzusidir. Barcha yaqinlar jam bo‘lgan davra fayzli va shukuhli bo‘lishi aniq. Bizning yaqin do‘stlarimizdan biri iqtidorli hofiz Bahromjon Soatov “Ukajonim Sardorbekni uylantirayapmiz, kelib bir dil istaklaringizni aytib ketarsiz” degan chorlovlari bois “SHodiyona” restoranida bo‘ldik. Sardorbek va Munisaxonlarga olloh bergan umr mobaynida baxtu saodat hamisha peshvoz chiqaversin degan niyatda to‘y dasturxonida ishtirok etdik. To‘y nihoyatda fayzli va tarovatli bo‘ldi. Navbatchi san’atkor sifatida o‘z ansambli bilan xushovoz, sohirnafas san’atkor Iskandar Xo‘jaev beminnat xizmat qildi. Uning sermazmun va jozibador qo‘shiqlari davra ahlining xursandchiligiga xursandlik qo‘shdi. “Tarannum” deb nomlangan Akromjon...

Continue reading

Ona bilan bir kunda

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Tavallud ayyomi onaizor bilan aynan bir kunga to‘g‘ri kelishi ham, avvalombor, Allohning irodasi va ne’matidir, SHuning uchun ham farzandiga Ne’matilloh deb nom qo‘yishgan. Ajab emas, bundan yarim asr muqaddam, uning chaqaloqlik paytidayoq, xalqi uchun manfaatli, zabardast olim bo‘lib etishsin, - deb niyat qilishgan bo‘lsalar. Bugun biz ana shu tilaklarning ro‘yobini, duolar mustajob bo‘lganini ko‘rib turibmiz. 2015-yilning 10-sentyabri, soat 18 00.  Respublikamiz poytaxtidagi “Nukus” kinoteatrining shundoqqina biqinida joylashgan ikka qavatli “Deyra” deb nomlangan muhtasham  qahvaxonadamiz. Stollar bezatilgan, dasturxonlar noz-ne’matlarga to‘la qahvaxonaning to‘rida ikkita portret osig‘liq holatda turibdi. Birida hayotning achchiq-chuchuklarini totigan onajonimizning nurli qiyofasi va «Malikaxon ayaga 75 yosh», ikkinchisida viqor...

Continue reading

TO‘YLAR — O‘YLAR

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]To‘y – orzu-havas, yillarning armoni, dillarning darmoni. Inson tug‘ilibdiki, to‘y orzusi bilan yashaydi. “Mahalla” telekanali orqali efirga uzatiladigan, har gal muhim va dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqaruvchi “Xalq vijdoni” ko‘rsatuvining galdagi soni to‘ylar va ulardagi ortiqcha chiqimlarga yo‘l qo‘ymaslik mavzuiga bag‘ishlandi. To‘y – xalqning ma’naviyati, millatning ko‘rki. SHunday ekan, to‘ylarimiz o‘ylarimiz bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Hech bir joyda o‘zbek xalqi singari to‘ytalab, mehrtalab va to‘y marosimlari xilma-xil bo‘lgan elni topish qiyin, nazarimda. Bu yaxshi. Lekin kishini tashvishga soladigan bir narsa haqida gapirmasak, bo‘lmaydi. To‘ylarda ortiqcha chiqim va dabdababozlik illatidan hanuzgacha qutulolmayapmiz. To‘ylar kim o‘zarga, musobaqaviy shaklda bo‘layotgani katta xavfdir. “Birovning...

Continue reading

60 YOSH MUBORAK!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Oltmish, etmish raqamlaridagi “mish” taajjub uyg‘otadi ba’zan kishida. Ikkita “mish” qo‘shilsa “mish-mish” bo‘ladi. Haqiqatan ham aksariyat insonlarning yoshi ko‘rinishiga to‘g‘ri kelavermaydi, ular ancha yosh ko‘rinadi. Birovning diliga ozor etkazmasdan, to‘g‘ri yurib, to‘g‘ri ishlagandan keyin, sadoqatli do‘st, oilaparvar umr yo‘ldoshiga ega bo‘lgan inson sog‘lom va yosh ko‘rinaversa kerak. Kuni kecha qutlug‘ 60 yoshini qarshilagan huquqshunos qadrdonimiz Nazarov Po‘latjon Ro‘zimovich ham tabiatan yosh ko‘rinadigan insonlardan. Kasbdoshlar, samimiy do‘stu yoronlar jam bo‘ladigan, qutlab keladigan davrada inson yanada yasharib ketishiga ishonch hosil qildik. Ayniqsa, birga tahsil olgan kursdoshlarning tashrifi kishi dilini yashnatadi, ruhiyatiga yanada tetiklik baxsh etadi. Inson muayyan yoshgacha obro‘-e’tibor uchun ishlaydi, ma’lum...

Continue reading