9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

«Shodiyona»dagi  shodiyona

notiq.uz > To'ylar  > «Shodiyona»dagi  shodiyona

«Shodiyona»dagi  shodiyona

Xalqimiz tiynatiga xos faxru g‘ururlardan biri to‘y berish, to‘y ko‘rish va to‘y qilish orzusidir. Barcha yaqinlar jam bo‘lgan davra fayzli va shukuhli bo‘lishi aniq. Bizning yaqin do‘stlarimizdan biri iqtidorli hofiz Bahromjon Soatov “Ukajonim Sardorbekni uylantirayapmiz, kelib bir dil istaklaringizni aytib ketarsiz” degan chorlovlari bois “SHodiyona” restoranida bo‘ldik. Sardorbek va Munisaxonlarga olloh bergan umr mobaynida baxtu saodat hamisha peshvoz chiqaversin degan niyatda to‘y dasturxonida ishtirok etdik. To‘y nihoyatda fayzli va tarovatli bo‘ldi. Navbatchi san’atkor sifatida o‘z ansambli bilan xushovoz, sohirnafas san’atkor Iskandar Xo‘jaev beminnat xizmat qildi. Uning sermazmun va jozibador qo‘shiqlari davra ahlining xursandchiligiga xursandlik qo‘shdi. “Tarannum” deb nomlangan Akromjon rahbarligidagi karnay va surnaychilar guruhi o‘z xizmatlarini ado etgach, Iskandar Xo‘jaevning xonishlari, dildan yonishlari davraga ruh va mazmun baxsh etdi. Ayniqsa, uning o‘ng va so‘l qanotlarida o‘tirgan ushbu raqqosalarning o‘ynoqi qo‘shiq va ashulalarga xirom aylashlari hammani lol qoldirdi. Maftunkor raqqosalar Muqaddas va Madinalarga monand holda xorazmcha raqs kompozitsiyasini amalga oshirgan Jamshid va Iskandarlarning chiqishlari ham hammani hayratga soldi. Birrov musiqiy tabriklari bilan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist To‘lqin Jabborov, mashhur aktyor va hofiz Anvar Sobirov, “Nihol” mukofotining sovrindorlari Umidjon SHahobov va SHerali Bekmurodovlarning qo‘shiqlari qanchalik fayzbaxsh bo‘lgan bo‘lsa, mitti san’atkor Po‘lat Amirxonning, Sarvarbek va YAhyobeklarning chiqishlari ham barchani davraga chorladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazining mukofoti laureati, “Eng yaxshi ovoz” nominatsiyasining mutloq g‘olibasi Jayronning turkmancha qo‘shiqlari barchani hangu mang qildi. “Kusht debdi” qo‘shig‘i Qo‘shko‘pir tumanidagi SHix (shayx) qishlog‘idan to‘yga kelgan turkman millatiga mansub qarindoshlarining cheksiz shodligini aytmaysizmi? Undan keyin mashhur surnaychi Matrasul akaning o‘g‘illari Quvondiqning surnay lazgisi bilan baxsh etgan quvonchini so‘z bilan ta’riflash qiyin. To‘yga tashrif buyurganlarning geografiyasi ham bag‘oyat keng. Hatto, Rossiya federatsiyasidan to‘yga maxsus kelgan sobiq zamindoshlaridan Ollanazarning ishtiroki, oilaviy tabrigi ham chin dildan samimiy bo‘ldi.

Darmonjon ayajonimizni muborakbod etib kelgan hamqishloqlar nomidan Qalandar, Ravshan va Erkinjonlarning dil izhorlari va sovg‘ai salomlari onajonning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

Boshlovchi 2016 yilni davlatimiz rahbari tomonidan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” yili deb e’lon qilingani haqidagi xabarni etkazgani zahoti gulduros qarsaklar yangradi. Ushbu to‘yning ayni ana shunday tarixiy sanalarda o‘tayotganligi ham uning qimmatini yana bir bor oshirgani rost. To‘y egalarining iltimoslariga binoan, O‘zTVning “YOshlar” telekanali orqali efirga uzatiladigan  “Imkon shou” dasturining boshlovchisi Ahror va jurnalist G‘ofir Jabievlarning tashrifidan barcha mamnun bo‘ldi.

Rahmatlik SHixnazar akaning yo‘qligini bildirmasdan, eng kenja farzandini uylantirib farzandlari bilan birgalikda to‘yga bosh-qosh bo‘lib turgan Darmonjon onaizorimizni hammamiz chin dildan tabrikladik. Xorazmchasiga aytganda, “oxtiq-chovliqlari”ning ham baxtu saodati va huzur-halovatini ko‘rib yursinlar, deya niyat bildirdik. YOshlar baxtli bo‘lishsin!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.