9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Ona bilan bir kunda

notiq.uz > To'ylar  > Ona bilan bir kunda

Ona bilan bir kunda

Tavallud ayyomi onaizor bilan aynan bir kunga to‘g‘ri kelishi ham, avvalombor, Allohning irodasi va ne’matidir, SHuning uchun ham farzandiga Ne’matilloh deb nom qo‘yishgan. Ajab emas, bundan yarim asr muqaddam, uning chaqaloqlik paytidayoq, xalqi uchun manfaatli, zabardast olim bo‘lib etishsin, — deb niyat qilishgan bo‘lsalar. Bugun biz ana shu tilaklarning ro‘yobini, duolar mustajob bo‘lganini ko‘rib turibmiz.

2015-yilning 10-sentyabri, soat 18 00.  Respublikamiz poytaxtidagi “Nukus” kinoteatrining shundoqqina biqinida joylashgan ikka qavatli “Deyra” deb nomlangan muhtasham  qahvaxonadamiz. Stollar bezatilgan, dasturxonlar noz-ne’matlarga to‘la qahvaxonaning to‘rida ikkita portret osig‘liq holatda turibdi. Birida hayotning achchiq-chuchuklarini totigan onajonimizning nurli qiyofasi va «Malikaxon ayaga 75 yosh», ikkinchisida viqor bilan ko‘kka tikilgan, qalin muylovli olimona nigoh va donishmandona nazar bilan  qarab turgan Ne’mat Polvonov, portret ostiga “50 yosh muborak” — degan bitikka ko‘zimiz tushdi. O‘ZMUning tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Ne’matjon Polvonovni muborakbod etish uchun barcha yaqinlari, davra ahli yig‘ilishgan edi. Kasbdoshlari, ustoz va shogirdlari, kursdoshlari, qarindosh-urug‘lari, do‘stu yorlari barchasi jam. “Lazgi” ansamblining sobiq solisti Abdulatif Mirzo o‘zining dilgir taronalari bilan davrani boshlab berdi. Davrani O‘ZMU professori, tarix fanlari doktori Rahbar Hamidovna o‘z tabriklari bilan ochib, universitet pedagoglar jamoasi nomidan yubilyar sharafiga bitilgan tabrik xatini o‘qib eshittirdi. So‘ngra O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sultonposhsha O‘daeva va O‘zbekiston teleradio kompaniyasi qoshida ochilgan Doni Zokirov nomidagi ansamblning yakkaxon xonandasi Ozoda opaning qo‘shiqlari avj pardalarda yangradi. Tarix fanlari doktori, professor yirik tarixchi olim Turon fanlar akademiyasining prezidenti, akademik Haydarbek Bobobekov o‘zining tabriklarini izhor qilib, tarix fani yo‘lida qilgan xizmatlarini taqdirlab, unga akademiklik unvoni berilganligini e’lon qildi. Qarsaklar yangradi. YUbilyarlar olqishlandi. Keyin esa kursdoshlari va boshqa kasbdoshlari o‘zi va onalariinig tavallud ayyomlari bilan muborakbod etishdi. Davrada mehmon sifatida qatnashyotgan Xorazm tarixining tadqiqotchilari va yirik bilimdonlaridan Anbara Otamurodova va Ollanazar akalar Ne’matjonning teran tafakkurli tarixchi va shoir ekanligini e’tirof etib, u bilan hamkorlikda hali ko‘plab ishlar qilishlarini aytib o‘tishdi.

Ruhlari shod bo‘lsin To‘ra boboning va onaizori Malikaxon ayaning duolarini olib kam bo‘lmadi. SHukurjonday esli hushli umr yo‘ldoshi va farzandlari bor. Biri biridan aqlli farzandlari bor. Jaloliddin o‘g‘liga uyg‘un qilib yaqinda tug‘ilgan nevarasiga Najmiddin deb ulug‘larning nomini tutib ism qo‘ydi. Buning o‘zi baxt emasmi? Uning tarixga bo‘lgan mehri farzandlariga qo‘yilgan ismdan ham anglashilib turadi. Jaloliddin Manguberdi xalqimizning chinakam alp o‘g‘loni bo‘lgan, farzandiga uning nomini berdi, kubraviya tariqatining muassisi, ulug‘ avliyo Najmiddin Kubro tariximizning yorqin sahifalarini bezatuvchi siymo, nevarasini uning nomi bilan atadi. Bu ayni paytda kasbiga bo‘lgan sadoqatdan, vatanimiz tarixiga muhabbatdan kelib chiquvchi tuyg‘u ekanini inkor etish qiyin. Ne’mat Polvonovga ilm yo‘lida yanada ulkan dovonlarni zabt etishiga tilak bildiramiz va eng yaqin, samimiy do‘stlaridan biri O‘ktam Mavlonovning ushbu to‘rtligini ilinamiz.

Har kimning otasi bekmas, to‘ramas

Haftada bir marotaba yo‘qlab turmasa

Bilingki u chin do‘st ham jo‘ramas.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.