9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Kino

notiq.uz > Kino

«IQTIDOR-film” studiyasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” badiiy filmi premerasidagi boshlovchi nutqi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Assalomu alaykum, qadrdon opa-singillarim, aka-ukalarim, kino san’atining otashin shaydolari! Osmoni musaffo, yurti tinch, xalqi osoyishta bo‘lgan jamiyatda jam bo‘lib kino tomosha qilishning ham gashti, ham zavqu shavqi o‘zgacha. «IQTIDOR-film” studiyasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” nomli badiiy filmning premerasiga xush kelibsiz, azizlar! Sizning e’tiboringizga havola qilinayotgan filmga munosib bahoyingiz fikru zikringiz biz uchun mehrigiyo, ko‘zga to‘tiyo. Har qanday xalqning, davlatning kuch-qudrati, kelajagi aqlan va jismonan sog‘lom farzandlari ya’ni, sog‘lom bolalari bilan bog‘liqligi haq. Barkamollik ta’lim-tarbiya bilan uyg‘un. Ta’lim-tarbiyaning birligi sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi ekani Milliy g‘oyamiz va ma’naviyatimizning mayog‘i bo‘lgan “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” kitobida alohida ta’kidlangani bejiz emas....

Continue reading

Hozirgi o‘zbek dublyaji haqida

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Talabalik davrida darsga kelish-ketish, fanlarni o‘zlashtirish bu burch, vazifa. Lekin iqtidorli talabalarning qiziqish olami, dunyoqarashi kengqamrovli bo‘ladi. CHunki ularning tabiatida ijodkorlik tuyg‘usi, yaratuvchanlik ishtiyoqi ustun bo‘ladi. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loish shaharchasida tavallud topib bugungi kunda                                                                                                                                                                                                                    O‘ZDSMI  “Kino TV va Radio san’ati”  fakultetining “Sahna va ekran  san’ati dramaturgiyasi”bo‘limida tahsil olayotgan Durdona O‘roqova ana shunday talabalardan biridir. Uning o‘zbek dublyaj san’atining bugungi kundagi ahvolotini sinchkov kuzatish va shu asnoda  teran mulohazalarni bildirishga bo‘lgan mayli pedagog sifatida e’tiborimni tortgani bois uning shu haqdagi maqolasini keltirishni lozim topdim. Hozirgi o‘zbek dublyaji haqida. Dublyaj  ekran ortidagi  notanish  kino  yulduzini  o‘zbekcha “so‘zlash”ga  undovchi, boshqa xalqlar ...

Continue reading

Qadr asli nadir?

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Filmning xronomеtraji uning qiymatini bildiravеrmaydi. Olam ma'noni to’rt satrga jo etgan adiblarni yaxshi bilamiz. Romanbop mazmun va muammoni kichik hikoyaga joylashtira olgan yozuvchilarimiz haqida ko’p  bor eshitganmiz, o’qiganmiz ham. Muqtadir yozuvchi Erkin Usmonovning “Yaxshilik” dеgan hikoyasini kimdir o’qigan, kimdir o’qimagan. O’qiy turib badiiy adabiyotdan huzurlana oladiganlar iliq fikr ham bildirishgan dеylik. Lеkin shu hikoya asosida film qilinadigan bo’lsa, uning badiiy kuchi yanada jonliroq va ta'sirliroq bo’lishi tabiiy. Zotan, tasvir ta'sirni jonlantiradi. hikoya ruhi va mazmunini, muallifning   g’oyaviy maqsadini yaxshi idrok etgan rеjissyor, tasvirchining niyati uyg’un bo’lsa, tabiiyki, siz filmga bеfarq qaramaysiz. Iqtidorli, umidli yosh rеjissorlarimizdan Doston Hojimatov stsеnariysi asosida “Qadr”...

Continue reading

Qo’sh qanotsiz qush parvozi

Hayotda kimdir kimningdir ta’sirida yohud kimningdir turtkisi bilan o’z o’rnini topadi. Kimningdir muhabbati, kimningdir muruvvati sabab ulg’ayadi, voyaga yetadi, el-yurt e’tiboriga tushadi. Ota-onaning borligi farzandlarning boyligidir. Xuddi shu ma’noda, ota-ona farzand uchun qo’sh qanot. Lekin ba’zan taqdir kimlargadir shu baxtni darig’ tutadi. Farzandlari bolaligidayoq ota-onalari dunyoni tark etadi. Ular yetimlikda hayot muammolariga duch kelishadi, barcha qiyinchiliklarni yengishga intilishadi. Hayot so’qmoqlari, turmush zarbalari ularni chiniqtiradi. “Yelkamdagi qush” deb nomlangan dramatik film ota-onasidan yetim qolgan aka-singil Maqsadbek va Nazira Ahadovalarning boshidan kechirganlari haqida. Mohiyat-mazmuni bilan ta’lim-tarbiya va mehr-oqibatning inson hayotida, kamolotida tutgan o’rni borasida hikoya qiluvchi ushbu filmning bosh postanovkachi rejissori Olim Sulaymonovdir....

Continue reading

Sevgi malhami

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyining direktor o’rinbosari, rejissor va telejurnalist Husniddin Ergashev “Ustoz, shanba kuni bir filmning premyerasi bor, vaqt topsangiz kelarsiz”- deb uch-to’rtta taklifnomani qo’limga tutqazdilar. “Salom, sevgi!” nomli badiiy filmning premyerasiga keldik. Filmning rejissori va bosh rol ijrochilaridan biri Ulug’bek Abzalov ekan. Ota-ona rolini taniqli san’atkorlardan Hamid Toshpo’latov va Gulchehra Nosirovalar ijro etishgan. Film ota-ona va bolalar o’rtasidagi munosabat zamiriga qurilgan. Tug’ilgan kun munosabati bilan qiziga “Spark” rusumli  avtomobil sovg’a  qilgan otaning va onaning quvonchi cheksiz. "Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli dalada”- deganlaridek, o’zboshimchalik va beboshlik boshga balo keltirishini ko’rib ezilasan kishi. Bobo nevarasiga mashina olib bergan og’lini...

Continue reading

BEGONA KIM?

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Odamzod tug‘ilgandan beri ikki tushuncha atrofida umrguzaronlik etadi. Bu chin va yolg‘ondir. Umr bo‘yi unisigayam, bunisigayam sadoqatli bo‘lish qiyin. SHaroit taqozosi bilan yo u tomonda, yo bu tomonda bo‘lish taqdirda bor hodisa. Lekin shu haqiqat ayonki, chin so‘z bilan, rostgo‘ylik va halollik bilan umr kechirganlar hamisha el e’tiborida, e’zozida bo‘lganlar. Lekin haq gapni hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermaydi. U bamisoli tikanga o‘xshaydi. Xalqning qator  maqollarida ham bu haqiqat ro‘yi rost o‘z ifodasini topgan. To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmas. Haqiqat achchiq, lekin koni foyda va hokazo. YAxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon deyishi bilan shoir haq. O‘z vaqtida aytilmagan to‘g‘ri...

Continue reading

Burchdorlik muhabbati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday film taqdimoti oldidan ijodiy guruhni hayajon chulg‘ab olishi tayin. Qanday bo‘larkan, premera qanday o‘tarkan, tomoshabinlar qanday qabul qilarkan, taqdimotdan so‘ng ommaviy axborot vositalaridagi fikr-mulohazalar va filmning namoyishi qay yo‘sinda davom etarkan, degan savollar film ijodiy guruhining fikru zikrini qamrab olishi aniq. “Burch va muhabbat” nomli badiiy film premerasi bois Alisher Navoiy nomli kinosaroydamiz. Rejissyor Ozod SHamsning navbatdagi filmi. Samariddin Xalilovning “Zulmat zanjiri” nomli detektiv qissasi asosida suratga olingan ushbu badiiy filmni bir necha daqiqalardan keyin tomosha qilishni boshlaymiz. Xo‘sh, mavzuning dolzarbligi va axloqiy-tarbiyaviy masala qanday qo‘yilgan va qanday ijro etilgan? To‘g‘ri, kino kollektiv ijod mahsuli. Bir yoqadan bosh...

Continue reading

«QORA ILON» QILMISHI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday davlatning, jamiyatning  iqboli,  istiqboli sog‘lom va har tomonlama barkamol avlod bilan ekanligi haq. Avlodning sog‘lom bo‘lishi naslning tozaligi, sulolaning barhayotligi belgisidir. Insoniyat hayotiga qutqu soluvchi, naslning kushandasi, asr vabosi sifatida e’tirof etiluvchi giyohvandlik bugungi kunda butun dunyoni tashvishga solayotgani rost. Er yuzidagi insoniyat uchun katta xavf tug‘diruvchi bu illatga qarshi kurash hammaning diqqat markazida. CHegara bilmas, millat tanlamas ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashning har xil chora-tadbirlarini qo‘llash hamon dolzarbligicha qolmoqda. SHuning uchun ham har yilning 26 iyuni BMT tomonidan “Butun jahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingani bejiz emas. Mustaqil respublikamizning ertasi o‘sib kelayotgan yosh...

Continue reading