9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Sevgi malhami

notiq.uz > Kino  > Sevgi malhami

Sevgi malhami

Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyining direktor o’rinbosari, rejissor va telejurnalist Husniddin Ergashev “Ustoz, shanba kuni bir filmning premyerasi bor, vaqt topsangiz kelarsiz”- deb uch-to’rtta taklifnomani qo’limga tutqazdilar. “Salom, sevgi!” nomli badiiy filmning premyerasiga keldik. Filmning rejissori va bosh rol ijrochilaridan biri Ulug’bek Abzalov ekan. Ota-ona rolini taniqli san’atkorlardan Hamid Toshpo’latov va Gulchehra Nosirovalar ijro etishgan. Film ota-ona va bolalar o’rtasidagi munosabat zamiriga qurilgan. Tug’ilgan kun munosabati bilan qiziga “Spark” rusumli  avtomobil sovg’a  qilgan otaning va onaning quvonchi cheksiz. «Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli dalada”- deganlaridek, o’zboshimchalik va beboshlik boshga balo keltirishini ko’rib ezilasan kishi. Bobo nevarasiga mashina olib bergan og’lini koyib, chakki qilding, tejab tergamasdan taltaytirishing yaxshilikka olib kelmaydi”- deya ogohlantiradi. Bu ishni qilmaganing durust edi deb maslahat beradi. Qiz shirin gaplarga uchib, ickilikka ruju qo’ygan giyohvand Jamshid isimli bolaga ko’ngil beradi. Qiz dugonasi bilan tug’ilgan kuni kechasi adajonisi sovg’a qilgan mashinada sayrga chiqadi. Onasining ogohlantirishlariga qaramasdan, mashinani yeldek uchirib ketadi. Ehtiyot chorasini ko’rmasdan avtohalokatga uchraydi, oqibatda ikki ko’zidan ajraladi. Jonlantirish bo’limida yotgan qizga hammayoq zulmat bo’lib ko’rinadi. Keyin u ko’r bo’lib qolganiligini sezadi. O’z vaqtida ota-onaning  tanbeh va ogohlantirishlariga quloq solmaganligiga pushaymon qiladi. So’nggi pushaymon o’ziga dushman ekanligini kech anglab yetadi, sevishib yurgan yigiti Jamshid “men ko’r ayol bilan yashamayman, unashtirish buzildi”- deb qo’l siltab ketadi. Bundan ezilgan qiz hayotiga Doniyor ismli rassom yigit kelib qo’shiladi. Qishloqdagi bobosining uyida orom olayotgan nobino qiz suratini chizayotgan Doniyor uni ko’rib hang-mang bo’lib qoladi. Uning idealidagi qiz xuddi o’sha edi. Filmning g’oyasi chin sevgi insonni kar, ko’r, soqov qilishi, kerak paytda qulog’ini ding qilib, ko’zini ochib, qalbini yorishi mumkinligi haqidagi haqiqat ruhi bilan sug’orilgan. Shu ma’noda sevgi malham, sevgi azob, sevgi rohat. Film yakunida chin sevgining qudrati o’zgacha ifodasini topadi. Xayolidagi seviklisini, hayotiy muhabbat timsolida ko’ra olgan rassom yigit vrachlardan bor yo’g’i ikki oy umri qolganligini eshitgach, unga xat qoldiradi. Xatda esa o’z ko’zini unga berayotgani, mening ko’zim sening tanangda yashashini istadim, hayotga ikkalamiz birga boqaylik degan fikrlar yozligan edi. Ko’zlari jiqqa yoshga to’lgan qiz rassomning ustaxonasiga so’ng qabri ustiga boradi va yum-yum yig’laydi.

Xulosa shuki, filmda ko’r ko’zning ochilishi haqidagi haqiqat yashiringan. Filmning tarbiyaviy mohiyati ham aslida shunda.

Qizim, jiyan, kelinim va nevaralarim bilan ushbu filmdan ta’sirlangan holda uyga qaytdik.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.