9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

 

«IQTIDOR-film” studiyasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” badiiy filmi premerasidagi boshlovchi nutqi

Notiqlik san'ati - Rahimboy Jumaniyozov rasmiy sayti > Kino  > «IQTIDOR-film” studiyasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” badiiy filmi premerasidagi boshlovchi nutqi

«IQTIDOR-film” studiyasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” badiiy filmi premerasidagi boshlovchi nutqi

Assalomu alaykum, qadrdon opa-singillarim, aka-ukalarim, kino san’atining otashin shaydolari! Osmoni musaffo, yurti tinch, xalqi osoyishta bo‘lgan jamiyatda jam bo‘lib kino tomosha qilishning ham gashti, ham zavqu shavqi o‘zgacha. «IQTIDOR-film” studiyasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” nomli badiiy filmning premerasiga xush kelibsiz, azizlar! Sizning e’tiboringizga havola qilinayotgan filmga munosib bahoyingiz fikru zikringiz biz uchun mehrigiyo, ko‘zga to‘tiyo.

Har qanday xalqning, davlatning kuch-qudrati, kelajagi aqlan va jismonan sog‘lom farzandlari ya’ni, sog‘lom bolalari bilan bog‘liqligi haq. Barkamollik ta’lim-tarbiya bilan uyg‘un. Ta’lim-tarbiyaning birligi sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi ekani Milliy g‘oyamiz va ma’naviyatimizning mayog‘i bo‘lgan “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida alohida ta’kidlangani bejiz emas. Ta’lim va tarbiyaning ta’sirchanligi taraqqiyot tarzidir. Xuddi shu ma’noda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar bilan faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi TVPKQTMOIning bir pedagogi sifatida kino “tili” va tasviri bilan nimanidir aytish ilinji bor edi menda. “San’atlar ichida biz uchun eng muhimi kinodir” degan fikr ham bejiz emas. Uning ta’sirchanlik darajasi yuqoridir. Ana shu xayrli va ma’rifiy maqsad bilan yaratilgan g‘oyaviy niyatni, ma’naviyatni film orqali etkazishga intilgan ijodiy va ijroviy guruhni sahnaga taklif etamiz. Marhamat.

Bu hikmat aytishga oson, engilmas, Aytay desa shunchaki bir shingilmas, G‘oyani anglagan ojiz ko‘ngilmas, Bu haqiqatni unutmang, do‘stlarim, YUksak ma’naviyat aslo engilmas.

Navoiyning bir hikmati filmda epigraf bo‘lib qizil ip bo‘lib o‘tadi. Film Navoiy hazratlarining ana shu hikmatining badiiy talqiniga asoslangan.

Bosh prodyusser va badiiy rahbar Rahimboy Jumaniyozov. Ssenariy mualliflari Nizomiddin Mo‘minov, Sabohat Odilova, G‘oya muallifi G‘olib Abdusalomov, Postanovkachi rejissyor Olim Sulaymonov, Bosh tasvirchi Izzat Qalandarov, montaj rejissyori Akbar Insopov, rejissyor yordamchisi YOqub Meliboev, ovoz rejissyori Botir Matkarimov, ovoz rejissyori yordamchisi Ahror Botirov, musiqa muallifi SHuhrat YUsupov, pardozlovchi Madina Musaeva.

Bosh rollarda Rahim G‘ofurov, Dildora Qurbonova, Nargiza Borisova, Ubaydulla Omon, Baxtiyor Qosimov, Fathulla Mas’udov, Mashrab Kimsanov, Gulchehra Nosirova, Nargiza Abdullaeva, Mirza Azizov, Qahramon SHaripov, Doniyorbek Jasurbekov, Mushtariy Xo‘jaeva, Feruza Sobitova, Muslimbek Yo‘ldoshev, Mavluda Ahmedova, Intizor Tojiboeva, Davron Kaunboev, Sarvar Yo‘ldoshev, G‘ayrat Boymirzaev, Qahramon SHaripov, Alisher Jumaniyozov, Biloliddin Matkarimov, Laziz Qoraboev, Ahmad Qoraboev, Sodiq YUnusov, Sardor Saliqulov, SHuhrat YUsupov, SHarif Jumaev, Gavhar Hakimova, Dilrabo Ikromova, Bahodir Muzaffarov, Xurshid Rustamov, Saidolim Saidakbarov.

CHiroq ustalari: Sarvar Yo‘ldoshev, Bekzod Matkarimov, Murod Jumaniyozov, Mansur Rahimov. Fotograf Jasur Pirnazarov. Kartina direktori: Alisher Jumaniyozov.

Hamkorlarimiz: O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi va uning ikki qanoti Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklariga, “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi JIEBB, Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasiga, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, Mirzo Ulug‘bek tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti, Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish davlat unitar korxonasiga, “Poytaxt” biznes markaziga, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Parkent tumani “Sanganak” qishlog‘i aholisiga, 21-sonli o‘rta maktabiga, Ne’mat Polvonov, Navro‘z Ahmedov, Azim YUnusov, Rustam Qambarbekov, Usmon Mo‘minov, Kamol Boymoqov, Husan Eshonqulov, Furqat Boqiev, Sobit Mirahmedov, Ravshan Mirahmedov va Bahrom Jumaniyozovlar xonadoniga, “Uz Ross sport” va “Market & Food” supermarketiga, “Istiqlol tekstil dizayn”ga, “Pierra cardin” magazini jamoasiga filmni tasvirga olishda yaqindan yordam berganliklari uchun samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Reklama yo‘sinidagi bosh hamkorimiz NBK studio uz. notiq.uz, shoir.uz diktor.uz internet saytlariga, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining nashri “Sado” gazetasiga, shuningdek, “Darakchi”, “Hordiq”,  “7 mo‘‘jiza”, “7X7” gazetalariga, “Voris-Print”, “Ziynat Dizayn”jamoasiga, A. Navoiy nomli Kinosaroyi jamoasiga, xususan Obid Xoliqovga ijodiy guruhimiz o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

YOshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona yurtga mehr va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish hamda rostgo‘ylik va fidoyilikka chorlovchi axloqiy mazmundagi siz tomosha qiladigan “BEGONA” badiiy filmi  “YOshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”(06.02.2014y. 2124 sonli), muhtaram Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan joriy yilimiz “Sog‘lom bola yili” uchun ma’naviy tuhfa bo‘lsa ajab emas.

Maqsad bir bo‘lmasa jam bo‘lmagaymiz,

Jam bo‘lsak, boshimiz xam bo‘lmagaymiz,

Vatan bir, g‘oya bir do‘stmiz birodar

Dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagaymiz.

 

Marhamat,film tomoshasiga siz azizlarni taklif etamiz.

P R E S S   R E L I Z

O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazining tashabbusi bilan “Iqtidor-ma’rifat” jamoasi tomonidan suratga olingan “BEGONA” badiiy filmi axloqiy-tarbiyaviy mazmunda bo‘lib, u rostgo‘ylik va ma’rifatlilikni targ‘ib etadi, To‘g‘riso‘zligi va beg‘uborligi bois o‘zi anglab etmagan holda amakisining qamalishiga sabab bo‘lgan o‘spirinning boshidan kechirgan voqealar filmga asos qilib olingan. Filmda oila, mahalla va maktab uch birligining sog‘lom farzand tarbiyasida muhim omil ekanligi uqtiriladi. Hayotga munosabati turlicha bo‘lgan ayrim oila a’zolarining qarashlari va xatti-harakatlari g‘am-alamga duchor bo‘lishining asosiy sabablari jonli manzaralarda, film qahramonlarining ruhiy kechinmalari orqali ochib beriladi. Har kimning niyati va amali qilmishiga yarasha bo‘lishi, farzandlarga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, ularning dunyoqarashi va huquqiy savodxonligini o‘stirish zarurati, mafkuraviy immunitetlarini oshirish talabi oila, mahalla va jamiyatimizning, qolaversa davlatimiz iqboli va istiqboliga daxldorligini filmni tomosha qilish asnosida anglab olish qiyin emas. “Inson qalbiga yo‘l ta’lim va tarbiyadan boshlanadi” deyiladi “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida. SHunday ekan, yoshlarga bugun berilayotgan ta’lim va tarbiyaning sifati va uyg‘unligi ertaga ularning kim bo‘lib shakllanishiga sabab bo‘ladi. Tomoshabinlar filmni tomosha qilisharkan, “Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga”, “SHirin yolg‘ondan achchiq haqiqat afzal”, “Turmushning so‘qmog‘i ko‘p, to‘g‘ri gapning to‘qmog‘i”, “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi” kabi xalq maqol va matallarining badiiy talqinini his etishadi. To‘g‘riso‘zligi sabab qarindosh urug‘ va do‘stlariga begona bo‘lgan Farhod ismli o‘spirinning film yakunida begona emasligi ta’sirli lavhalarda o‘z ifodasini topgan.

SHuni ta’kidlash zarurki, talaba yoshlarning ijodiy imkoniyatlari va intellektual qobiliyatlarini o‘stirishga, milliy g‘oya asoslari va mustaqillik mafkurasining tamoyillarini keng targ‘ib etishga qaratilgan, o‘quv muassasalarida o‘tkazib kelinayotgan “G‘oyamiz-himoyamiz” nomli elektron ijtimoiy-ma’rifiy loyihaning tarkibiy qismlaridan biri sifatida ushbu film alohida ahamiyat kasb etishi aniq.

Ana shu haqiqatni film orqali namoyish etishda barcha ijodiy guruhning muallif, rejissyor operator va aktyorlar tarkibining alohida hissasi borligini inkor etib bo‘lmaydi. Film voqealari turli qishloq va shaharlarda xususan Toshkent viloyatining xushmanzara, go‘zal maskanlarida tasvirga olingan. Filmga taniqli jurnalist va yozuvchi G‘olib Abdusalomovning shu nomli hikoyasi asos bo‘lgan.

G‘oya muallifi, badiiy rahbar va bosh prodyuser – Rahimboy Jumaniyozov.

Ssenariy muallifi  – Nizomiddin Mo‘minov.

Postanovkachi rejissyor  – Olim Sulaymonov.

Bosh tasvirchi – Izzat Qalandarov.

Filmda asosiy rollarni Ubaydullo Omon, Rahim G‘ofurov, Nargiza Abdullaeva, Mashrab Kimsanov, Mirza Azizov, Nargiza Barisova, Fathulla Mas’udov, Baxtiyor Qosimov, Gulchehra Nosirova, Mavluda Ahmedov va Muslimbek Yo‘ldoshevlar mahorat bilan ijro etishgan.

Film yoshlarni voqelikka shunchaki his- tuyg‘u bilan emas, balki aql va qalb ko‘zi bilan qarashga, to‘g‘ri xulosa chiqarishga, to‘g‘ri fikr yuritishga undaydi. Film qahramonlarining harakatidan “saragini sarakka, puchagini puchakka” chiqazish idrokini tomoshabinning o‘ziga havola etilishi ham fikran uyg‘oq va teran tafakkurli muxlisni befarq qoldirmaydi. Unda san’atning muhim belgilaridan biri badiiy shartlilik talabiga rioya etish orqali muhim fikr va zalvorli mazmun ifoda etilgan. Tomoshabin filmni tomosha qilarkan, hayotiylik va badiiylik mezonlari haqida o‘z fikr-mulohazasiga, xulosasiga ega bo‘ladi.

SHuningdek, ushbu film mohiyat e’tibori bilan 2014 yil 6 fevral kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarori asosidagi Davlat dasturining ijrosi hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan joriy yilimiz – “Sog‘lom bola yili” uchun ma’naviy tuhfa bo‘lgan deyishimiz mumkin. Film o‘zining g‘oyaviy mazmuni va badiiy-estetik qiymati bilan tomoshabinlar e’tiborini qozonishiga ishonch bildirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2014 yil 6 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2124-sonli Qarorga imzo chekdi. Mazkur Qaror asosida maxsus Davlat dasturi tasdiqlandi.

Dastur ijrosini to‘laqonli hamda sifatli amalga oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z muddatida samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish harakat rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur harakat rejasi 7 bo‘lim, 76 banddan iborat bo‘lib, o‘zida turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni qamrab olgan.

  1. YOshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish yo‘nalishi;
    2. YUksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish yo‘nalishi;
    3. YOshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish yo‘nalishi;
    4. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish yo‘nalishi;
    5. YOshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘nalishi;
    6. Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish yo‘nalishi;
    7. Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘nalishi.

SHuningdek, Harakat rejasida “Kamolot” YOIH faoliyatini yanada yaxshilash, samarali tashkil qilish, YOIHni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ham bir qator bandlar nazarda tutilgan.

 

 

No Comments

Leave a Comment