Yangi g‘oya — yangi qoya
[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ijodkor qoyaga talpingan alpinistga o‘xshaydi. Agar u intilmasa, talpinmasa cho‘qqini zabt eta olmasligi aniq. Ijoddan, izlanishdan to‘xtash faoliyatsizlikka yo‘l ochadi. Qilayotgan ishingning xayrli ekanligi kishini ruhlantiradi. O‘ktamjon Kamolov tezkorlik bilan “Oqibat” nomli qo‘shig‘iga klip ishlarini boshlab yubordi. San’atkorning bu klipini yosh, iste’dodli, tajribali rejissyor va tasvirchi Izzat Qalandarov suratga olib nihoyasiga etkazdi. Izzat kino, klip olamiga kechagina kirib kelgan emas. U o‘z ishini “osilsang baland dorga osil” deganlaridek katta ishlardan, aniqrog‘i, yirik polotnoli, badiiy filmlarni suratga olishdan boshlagan. Uning bosh tasvirchi, bosh maslahatchi sifatidagi kinolarini tomoshabinlar sevib tomosha qilishadi. Jumladan, “Qora ilon”, “Ota”, “Begona”, “Biz sevgi yo‘lidamiz” singari o‘nga...
Continue reading