9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Jonli ijro jonli-da!

notiq.uz > musiqa  > Jonli ijro jonli-da!

Jonli ijro jonli-da!

Tabiiylik, jonlilik, samimiylik chinakam san’atning jon tomiri va qon tomiridir. Edison o‘ylab topgan fonogramma o‘z vaqtida kerak bo‘lgandir, xizmatini o‘tagandir, balki. Lekin san’atning tabiiyligi uning jonliligidadir. Musiqa, ovoz bir diskka joylashtirilib, san’atkorning yolg‘ondakam og‘zini qimirlatib turishi, o‘zgalarni ham, o‘zini ham aldashdan boshqa narsa emas.

Har bir insonning san’atga qarashi har xil bo‘lgani kabi san’atkorning san’at olamiga kirib kelishi ham turlicha bo‘ladi. Gitara milliy sozimiz bo‘lmasa-da, dil dardlarini ifodalashga imkon beruvchi cholg‘u anjomi. Uning ham o‘ziga yarasha imkoniyat doirasi bor. Gap, aslida, qaysi musiqa asbobi bilan emas yoki qaysi qo‘shiqni ijro etish bilanmas, balki san’atkorning qaysi qo‘shiqni qanday ijro eta olishida. Ixtisoslik nuqtai nazaridan musiqashunos yoki qo‘shiqchi bo‘lmasa-da, o‘zini xis-tuyg‘ularini, o‘y-kechinmalarini izhor etishi uchun she’r ham, kuy ham vosita. Gap “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasining xodimi O‘ktam Kamol haqida. U hayotda bir inson guvoh bo‘ladigan achchiq- chuchukni ham, g‘am-u shodlikni ham tatigan yigit. Qo‘limda uning 16ta qo‘shig‘i jo bo‘lgan audiodisk turibdi. “Neksiya” rusumli avtomobilimda ishga borayotganimda, ishdan qaytayotganimda bir necha bor eshitaman. Qizig‘i, u  o‘zi ijro etgan qo‘shiq matnlarining aksariyatini o‘zi yozgan. Boshidan o‘tkazgan tabib deganlaridek, uning mashqlari she’r tuzilishiga, qofiya va vazn talablariga unchalik mos kelavermasa-da, samimiyligi qalb qo‘rini qo‘shib ijro etgani bilan xarakterlanib turadi. Demak, u bu yo‘lni qalbiga taskin, tasalli, diliga malham bo‘lishi uchun tanladi. Hayot jumboqlarga to‘la. Uning sinovlariga hamma ham bardosh bera olmaydi. Ba’zan tushkun, ba’zan nekbin kayfiyatda jumboqlarga javob izlaydi. Uning repertuaridagi qo‘shiqlarni tinglagan kishi ana shu mulohazalarni xayolidan o‘tkazadi. Uning qo‘shiqlari, go‘yoki dil rozi sifatida odamlar orasidagi mehr-oqibatni ulug‘lashga, munosabatdagi samimiylikka, ishonchga chin do‘stlikka chorlayotgandek bo‘ladi. O‘zi ko‘rgan va bilgan narsalar haqida yozish va kuylash insonga kuch va katta potensial imkoniyat beradi. U bir she’rida “mehr-oqibatni evordikmi, oqibatni yo‘qotmanglar oqibatni” desa, yana birida “ota-onam bor nima g‘amim bor” — deya murojaat qiladi. Boshqa bir qo‘shig‘ida esa el-yurt tinchligining posboni, vatanimiz chegaralarining daxlsizligiga tayanch sheryurak, mard erlar – ofitserlar haqida kuylaydi.

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan va televidenie orqali xalqimizga namoyish qilingan konsert dasturida “Ofitserlar” qo‘shig‘ini kuylab chiqishidayoq ko‘pchilikning e’tiborini qozondi. Samimiy kuy va jonli ovoz bilan qalblarga ta’sirchan etib boradi. Har qanday san’atkorning iqboli izlanish va intilishida. Undagi qunt va ixlos to‘xtasa, uning ijodiyoti ham xuddi shu onda to‘xtaydi. O‘z ijodidan qoniqish hosil qilishning xosiyati kam. CHunki unda ijod, yaratuvchanlik hissi ham so‘nadi. Bugungi kunda yangi repertuar, yangi ansambl tarkibi bo‘yicha va o‘z imidji ustida ishlayotgan O‘ktamjon Kamolovga porloq va oq yo‘l tilaymiz.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.