Ovoz sehri
Shunday ovozlar bo‘ladiki, ular davrning zalvorli yuki va zamonning nafasini o‘zida ifoda etadi. Ovoz, avvalombor, Alloh ne’mati. U nafas bilan birgalikda parvarishga muhtoj. To‘g‘ri, ovoz qudrati borasida Alisher Navoiyning mulohazalarini keltirmasdan o‘tolmaymiz. Hazrat “Mahbub ul -qulub” asarlarida “Ko‘ngil quvvati dilnavozdandur Ruh quti xushovozdandur” - deb bejiz yozmaganlar. Ovozning yoqimliligi ko‘ngil tortar bo‘ladi. Uni ichki bir xohish, mayl bilan tinglagingiz kelaveradi. O‘zingiz sezmagan holda, unga ergasha borasiz, rom bo‘lasiz. U sizni asriy va samoviy tuyg‘ularga chulg‘aydi. Ovozning xosiyati va mohiyati borasida islom olamida Dovud alayhissalom, Bilol habash haqida ko‘plab eshitgansiz, ular haqda ko‘plab rivoyatlar o‘qigansiz. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushi davrida Levitanning ovozi, axborot...
Continue reading