9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYANING YAKUNIY NATIJALARI

notiq.uz > Yangiliklar  > NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYANING YAKUNIY NATIJALARI

NUFUZLI XALQARO KONFERENSIYANING YAKUNIY NATIJALARI

Ilmtalab va ma’rifatparvar jamiyat ikkita narsaga qizg‘onadi. Biri mas’ullik talab etiladigan vaqt, ikkinchisi bilim manbai bo‘lgan kitob. Har ikkalasining qadriga etadigan jamiyatning iqboli yuksak, istiqboli porloq baland bo‘ladi. CHunki ta’limning talabi har ikkalasidan unumli va o‘rinli foydalanishdir. Taraqqiyotni ta’minlaydigan ong-u shuur va ijtimoiy tafakkur ana shulardan kuch oladi.

Prezidentimiz e’tirof etganidek, yangi fikr, yangi g‘oya bo‘lmasa taraqqiyot va har tomonlama rivojlanish ham bo‘lmaydi. Bu esa kitobga, ta’limga yuqori darajadagi e’tibor bilan bog‘liq. SHunday ekan, har xil sharoit va har xil vaziyatda ham unga e’tiborni aslo, susaytirmaslik zarur. Bu davr talabi, zamon taqozosidir. Koronavirus pandemiyasi sabab ta’lim tizimiga e’tibor bir soniyada bo‘lsa-da, to‘xtagani yo‘q. Balki, bu vaziyat ilm va ma’rifatning etkazishning turli uslub va texnologiyalarni kashf etgani sir emas. “Olma pish, og‘zimga tush” deydigan paytlar o‘tib ketgan. Ongli, mushohadakor, kengqamrovli bilimga ega bo‘lgan jamoa har qanday sharoitda yo‘l topadi, zafar quchadi va yuqori natijalarga erishishda davom etadi.

Onlayn tarzdagi masofaviy ta’lim, audiovizuval darslar, telesaboqlar buning yorqin misolidir. O‘z faoliyatini o‘quv pedagogik jarayonni tizimli asosida qurgan, iqtidorli pedagoglarning salohiyatidan foydalangan holda hamjihatlikda ishni tashkil eta oladigan jamoaviy kuch zarur. Bu esa ish ko‘zini biladigan, tajribali rahbar qobiliyatiga bog‘liq. Ana shundagina ishda unum va harakatda samara bo‘ladi. Onlayn tizimida xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy konferensiyalarning tashkil etilishi o‘ziga yarasha mashaqqatli va mas’uliyatlidir. Lekin shunisi aniqki, izlangan imkon topadi, intilganga tole yor bo‘ladi.

Joriy yilning 23-25 aprel kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tashkil etilgan “CONMECHYDRO-2020” nomli Xalqaro ilmiy konferensiya ham ana shunday qizg‘in faoliyatning samarasi sifatida e’tiborga molik bo‘ldi. Onlayn tizimida uch kun davom etgan ushbu konferensiyada dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti, Qozoq-Nemis Universiteti, “Gidroproekt” Aksionerlik jamiyati hamkorligining natijalarini ko‘rish mumkin. «Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2020) “Qurilish, gidrotexnika, suv resurslari” nomli Xalqaro ilmiy konferensiyaning Tashkiliy qo‘mitasi Covid-19 infeksiyasi dunyo bo‘ylab tarqalishi natijasida yuzaga kelgan noxush holatni inobatga olib, Xalqaro ilmiy konferensiya faoliyatida masofada turib ishtirok etish, saytga (http://conmechydro.spbstu.ru/) qo‘yilgan maqolalar ro‘yxati (https://drive.google.com/open?id=1PTUBZuu-5Adi4SdWNOAuRyfzjDk2nCaf), to‘liq matni (https://drive.google.com/open?id=18sSBVjXCQcyBNaSJ9t0G5NIGgE3CMpH) va prezentatsiyalari (https://drive.google.com/open?id=1awUjJKrnMNPALO-i-ohY0IsQM7ihiUKo) bilan tanishish, qiziqtirgan savollarga mualliflardan javob olish uchun barcha (conmechydro_2020@mail.ru) imkoniyatlarni yaratdi.

Konferensiya saytiga ta’sischilar, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan Xalqaro ilmiy konferensiyaning Tashkiliy Qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim bo‘yicha Respublika Kengashi raisi, rektor, iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Pardaevich Umurzoqov, “Gidroproekt” AJ direktori Alibek Ilhomovich Axmedov, Qozoq-Nemis Universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, yuridik fanlari doktori Barbara YAnush-Pavlettaning, konferensiyaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tabrik so‘zlari qo‘yildi.

Konferensiyaning uch kunlik faoliyati davomida jami 329 ta maqola masofadan turib, onlayn tarzda to‘rtta sho‘‘bada muhokamadan o‘tkazildi, jumladan: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi bo‘yicha 105 ta, Suv resurslarini o‘rnatilgan tartibda boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ekologiya va gidroenergetika yuzasidan 51 ta, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, elektrifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari  bo‘yicha 130 ta, Yo‘l qurilishi, qurilish konstruksiyalari va materiallar yuzasidan 43 ta maqolaning sinchkovlik bilan, xolisona tarzda ko‘rib chiqilib ular yuzasidan tahliliy va tanqidiy mulohazalarning bildirilishi e’tiborlidir.

Muhokama jarayonida Tashkiliy Qo‘mitaning elektron manziliga 6748 ta savollar kelgani unga bo‘lgan e’tibor va jarayonning jonli bo‘lganini bildiradi.

Xalqaro ekspertlarning atroflicha chuqur tahlillari va muhokamalarining natijasi o‘laroq, jami 256 ta maqola chop etishga tavsiya qilindi. Bu keng muhokama va bahslardan keyingi natija, albatta.

Ilmiy natijalarni O‘rta Osiyo, Kavkaz, Suriya va O‘zbekistonda ishlab chiqarishda qo‘llash yoki tadqiqotlarni davom ettirish bo‘yicha tashkilotlardan berilgan takliflar soni to‘qqizta bo‘lgani ham ahamiyatlidir.

Ushbu ilmiy konferensiya nufuzini belgilaydigan omillardan biri shuki unda ilmiy qo‘mita vakillari va maqolalar mualliflari 24 ta mamlakatning vakillari ekanidir. Jumladan, O‘zbekiston. Rossiya, Armaniston, Avstraliya, Belorusiya, Bolgariya, Xitoy, CHexoslovakiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Eron, Qozog‘iston, Litva, Mongoliya, Polsha, Portugaliya, Suriya, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSH, YAponiya, Vetnam mamlakatlari olimlarining o‘zaro tajriba almashishi, fikr-mulohazalari, muhokama va takliflari barcha uchun o‘zro manfaatli bo‘lgani sir emas.

Muhokamadan o‘tgan ilmiy maqolalarning SCOPUS, WEB OF SCIENCE xalqaro bazalar ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy-texnik jurnallarda chop etilishi ham alohida qiymatga ega.

Xullas, onlayn tizimidagi bunday ilmiy aloqalar, o‘zaro hamkorlikdagi anjumanlarni koronavirus pandemiyasi, karantin tugagandan keyin ham tashkil etib borilishi katta effekt berishi muqarrar. Bu iqtisodiy va moliyaviy jihatdan ham keng imkoniyatlar eshigini ochishi aniq. CHunki bunday tizimli tarzdagi, onlayn yo‘sindagi konferensiyalarning muntazam ravishda tashkil etib turilishining har tomonlama qulayligi amalda isbotlandi deyish mumkin. Masofadan turib ta’lim olish va ta’lim berish imkoniyatlari yanada kengaysa, internet tarmoqlari orqali faoliyatimizning hamda elektron hukumatning, ayni paytda, raqamli iqtisodiyotning rivojiga katta hissa qo‘shilgan bo‘ladi.

Rahimboy Jumaniyozov

TIQXMMI matbuot xizmati rahbari

Bahriddin Muqimov

«Gumanitar fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.