TIL TA’LIM-TARBIYANI TA’MINLASHDAGI TA’SIRCHAN MEXANIZM
Globallashuv davrida, keskin islohotlar olib borilayotgan ayni paytda ta’lim-tarbiyaning sifati va samarasi masalasiga e’tibor katta ahamiyat kasb etayotgani sir emas. Tabiiyki, sifat va samara mezoni esa bilim va tushunchalarni o‘quvchi ongu shuuriga aniq, to‘g‘ri, to‘la, tezkor va eng muhimi, ta’sirli yetkazish omili bilan bog‘liqdir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro uyg‘un tushunchalar. Ular aslida, ajralmas. Bamisoli insonning vena va arterial qon aylanish tizimiga o‘xshaydi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ularni bir tanganing orqa va oldi yoki et va tirnoqqa qiyos qilish mumkin. Shunday ekan, ana shu uzviy birlik barkamollikning belgisi hamdir. Inson qalbiga yo‘l ta’lim va tarbiyadan boshlanarkan, uning muhim mezonlar haqida o‘ylash...
Continue reading