O’zi, so’zi joiz voiz
Bor edi bir zamonda, Rabot degan tomonda. Donishmand voiz edi So’zlari joiz edi. Hamma uni tinglardi, Tinglab turib anglardi. Unga bo’lgan havasmand Farzand, shogir, arjumand. Biri dedi: ey ustoz, Sizga yorliqdir e’zoz. Menga so’z hunarini Hunardan unarini O’rgatsangiz deb keldim, Obro’ shunda deb bildim. Qancha bo’lsada haqqi To’laydi otam naqdi Bidirlardi tinmayin Ustoz hayron: bundayin Shogirdni ko’rmagandim Unga yuz burmagandim To’xta demagunimcha Yo’qsa kun botmaguncha Shogird to’xtamas edi Ustoz “jim, bir pas”- dedi Seni tushundim, bildim Shunday qarorga keldim So’zni so’zga ulaysan Bidillaysan tinmaysan. Boshqalarga nisbatan Uch karra haq to’laysan. “Nega?” dedi, u hayron Cho’chib tushgandek quyon. Ustoz miyig’ida kulib, Uning ahvolin bilib Asta so’zin boshladi, Zimdan nazar tashladi. O’zgalarga nisbatan Senga xizmatim uch bor Kuch sarflashim ham darkor. Jim turib ham tinglashni So’ng oqish ham anglashni Keyin esa so’zlashni, So’zni so’zga ulashni O’rgatishim kerak ekan Yo’qsa gulsiz sen tikan. Tinglash madaniyatdan, Anglash ma’naviyatdan, So’zlashchi ma’rifatdan Xulqu odob...
Continue reading