9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Ulug‘bekning ulug‘ligi

notiq.uz > IJODIYOT  > Ulug‘bekning ulug‘ligi

Ulug‘bekning ulug‘ligi

Uni Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutida o‘qib yurgan paytlaridanoq, yaxshi taniyman. Otasi Azimboy akaning aytishicha, uning yoshligidan O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamovga havas qilib ularning ijrosidagi qo‘shiqlarni xirgoyi qilishni, ularga o‘xshatib ashula aytishni kanda qilmas ekan. Musiqa maktabiga borib o‘qishni orzu qilgan. Ma’lum muddat u O‘zTV qoshidagi “Bulbulcha” ansamblida ham tahsil olgan. U erda, ayniqsa, unga mehr bilan qaragan ustazoda san’atkor SHermat YOrmatovning hissasi katta bo‘lganini u minnatdorlik bilan eslab yuradi. San’at yo‘lidan borish, umr mazmunini san’at bilan bog‘lash va shu yo‘lda o‘qishni astoydil istash, intilish unga hech tinchlik bermasdi. Bu niyat maktabni bitkazgandan keyin amalga oshgan. 1979 yilda birinchi sinfligidayoq, boshlangan orzu 1987 yili Urganch davlat pedagogika bilim yurtining musiqa fakultetiga o‘qishga kirgandan keyin ushaldi. 1989-1990-yillarda YUgoslaviya davlatida gastrol-konsert dasturida ishtirok etishi ham uning hayotida o‘chmas iz qoldirgani rost. Belgrad va Saraevo shaharlarida ustozlari bilan birgalikda xorijliklarga o‘zbek san’atini, xususan xorazmcha kuy va qo‘shiqlarini tarannum etishda o‘zining munosib ulushini qo‘shdi. 1991 yili pedagogika bilim yurtini tugatib, bilimini yanada oshirishni, san’atning sir sinoatlarini kengroq egallashni maqsad qildi. SHu asnoda, u Toshkentga yo‘l oldi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib Toshkent Davlat madaniyat institutining (hozirgi O‘zDSMI) xor-dirijyorlik fakultetiga o‘qishga qabul qilindi. 1996 yilda o‘qishni muaffaqiyatli tugatdi. O‘qish paytida poytaxt va respublika miqyosidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib e’tiborga tushdi, olqish oldi. Muhimi, ustozi Bobomurod Hamdamovning fotihasini oldi. Nihoyat, 1997 yili u “O‘zbeknavo” gastrol birlashmasining Xorazm davlat filarmoniyasiga ishga kirdi. O‘zbekiston xalq artisti marhuma va mashhura san’atkorimiz O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitovadan saboq oldi, unib o‘sdi. Olmaxon opa uni ko‘plab tadbirlarda yonida olib yurdi. Uni ko‘pchilik qatori “indiyskiy bolam” derdilar. CHunki u hindcha ashulalarini, turli xil hind kinofilmlarida ijro qilingan qo‘shiqlarni xuddi ustozi Bobomurod aka singari mahorat bilan ijro etib ko‘pchilikning ehtiromiga sabab bo‘ldi. 1997 yil Komiljon Otaniyozov xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritishi bu uning tinimsiz izlanishlarining mahsuli desak, to‘g‘ri bo‘ladi. San’atga bo‘lgan mehrini farzandlariga qo‘ygan ismdan ham bilish mumkin. San’atbek. Nafosat. YAxshi nom yaxshi niyat va Allohdan in’om. Turmush o‘rtog‘i Nuriya tibbiyot xodimi farzandlariga g‘amxo‘r va mehribon.

1994 yilda uning “Sirli sandiq” teleo‘yinining birinchi sonida qatnashgan birinchi san’atkor sifatidagi e’tibori va o‘rnini ta’kidlagim keladi. U mening qalamimga, aniqrog‘i qoralamimga  mansub bo‘lgan “Dilda dildorim sensan” she’rim asosidagi qo‘shiqni tayyorlab, unga kuy bastalab, ijro etib  chiqishi kutilmagan hodisa edi. Hozir kliplar ko‘payib ketgan. Uning chiqishi klipning eng sara namunasi edi, o‘sha payt uchun. Unda Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosidagi badiiy filmda Kumush va Otabek munosabatlariga doir lavhalar she’r so‘zlariga mos holda ziynatlangan edi. “Ko‘ngil xumorim sensan, har neki borim sensan” misralariga mos videolavhalar xuddi uzukka qo‘yilgan ko‘zu qoshdek yarashgan edi. Uning “Sirli sandiq” teleshousiga bag‘ishlangan she’r asosidagi qo‘shig‘i ham ancha jozibali chiqqan. Ulug‘bekning ulug‘ligi shundaki, u xokisor, katta-kichikni hurmat qiladi, xushmuomala, oilaparvar, qo‘shiqni maromiga etkazib ijro etmasa tinchimaydi, ayrimlarga o‘xshab, lavozim, unvon, daraja deb talpinmaydi. U haqda yarim hazil, yarim chin bir narsa yozgandim. Inson yoshligidan kimgadir ergashadi, taqlid qiladi, takrorlaydi. Bu undan ta’sirlanishdan kelib chiqadi. YUrish-turishigacha, so‘z-u sozigacha, ko‘rinish-u kiyinishigacha o‘xshatishga harakat  qiladi. Bu tabiiy holat. Keyinchalik, o‘z yo‘lini topib ketadi. Mana, o‘sha hazilomiz bitik.

ULUG‘ AZIM NAZMIDA

(zil zambil hazil)

San’atkor degan nomni,

Alloh bergan in’omni,

Ko‘tarib yurish qiyin,

Deyisharlar betayin.

Ne bo‘lganin aytayin,

Mashhur bo‘lgani sayin,

Qizlar atrofingda ko‘p,

To‘ydan to‘yga bo‘lib to‘p

O‘tib yurishing aniq,

Ovozing bo‘lsa tiniq

Senga ko‘pdir xushtorlar,

YAngrasa qo‘lda torlar,

Xorazmda to‘y, bazm,

Bo‘lsa Ulug‘bek Azim,

Hozir u, soling razm,

Hind, Eron, turkiy nazm,

Unga bo‘lg‘usi monand,

Ustoziga dil payvand,

Ulug‘bek ustoddan shod,

Etar doim uni yod,

Ustozga o‘xshar har dam,

Misli Bobomurod Hamdam.

Ustoz der,” bo‘lmagin kam”,

Deb fotiha bergan dam,

U rosa shod bo‘lgandi,

Undan ko‘ngli to‘lgandi.

Ixlos qo‘yib ustoziga,

O‘xshatibon ovoziga.

Mashq qilardi tinmayin,

Deb ustodga o‘xshayin,

Unga o‘xshab ko‘rinar,

Unga o‘xshab kiyinar.

Zo‘r ustodga e’tiqod,

Qo‘ydi, go‘yo Bobomurod,

Bo‘lib yurdi Ulug‘bek

Muxlislarin qilib shod.

Bir kuni konsert berdi,

Muxlisin marjon terdi.

Zal titrardi sovuqdan,

Kelishgan uzoq-yovuqdan.

Qahraton qish qo‘shig‘i,

Ko‘plar qo‘shiq oshig‘i,

Davra boshlovchi bir qiz,

Go‘zallikdadir yolg‘iz.

Konsertni qildi e’lon,

Ulug‘bek nomin bayon.

CHalindi shu on qarsak,

Unga tez navbat bersak.

Besh juft qo‘shiqni aytib,

YAna joyiga qaytib

Sekin kostyumin echdi,

Misli jonidan kechdi.

Terlab ketgan Ulug‘bek

Turar mikrofonda tik.

CHimirib qalam qoshin

So‘yladi dasturboshi.

Siz biz uchun zarursiz,

Nechun kostyum echursiz.

Ko‘ngilga malol olmang,

Tag‘in shamollab qolmang.

U qilmadi e’tibor,

Qiz so‘zin qildi inkor.

YAna o‘nta ashula,

Aytgach tushdi g‘ulg‘ula.

Konferense qiz dedi,

Kostyumni kiying endi,

Qish-ku, axir, emas yoz,

Urib qolmasin ayoz.

YAna parvo qilmadi,

Bilganidan qolmadi.

Echdi kuylagini ham,

Bunisi bo‘lganday kam.

Matros mayka ko‘rindi,

Qiz kiydirishga urindi.

“Bor, ketgil nariroqqa

Mendan sal olisroqqa.

Ustozim maykasi ham

Aslida shunday bilsang,

Men ularday bo‘lay deb,

Unga o‘xshab yuray deb.

Kiydim matros maykani,

O‘xshatmay ko‘rchi, qani.

Ba’zilar qoldi hayron,

Kulishdi bo‘lib shodon,

Muxlislar hayron bari,

SHo‘x muxlislardan biri

Dedi unga baqirib,

Hamma oldida hayqirib:

“Bir savolim bor hofiz,

Javob beringiz hargiz.

Ustozingiz maykasini,

Bildik qanday kiyishini.

Endi ko‘pchilik istar,

So‘rang deb meni qistar.

Ayting yo‘qdir hech qisi,

Qanday bo‘lgan tursisi?”

SHu payt shimga qo‘l cho‘zdi

Konferense qiz ko‘z suzdi.

“Ko‘rsatmangiz iltimos,

Bu joy hech to‘g‘ri kelmas.

Tursi bormidi o‘zi,

SHarmanda qilmang bizi.

Tushib ketdi shim shu on,

Tursi birla yonma-yon,

Kimdir yumdi ko‘zini,

Kimdir bekitdi yuzini,

Tushmangiz bunday darda,

Tushirildi tezda parda.

***

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.