9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Tabiat bilan sirlashib

notiq.uz > IJODIYOT  > Tabiat bilan sirlashib

Tabiat bilan sirlashib

So‘z bilan manzaralar yaratiladi, tasavvur va taassurotlar jonlanadi, qalbingiz entikish, hissiyot va cheksiz tuyg‘ular bilan boyiydi. Muhabbatni ham, nafratni ham his etasiz. Bular aslida, so‘zning cheksiz qudratidan, san’atkorning so‘zdan foydalana olish iqtidoridandir. Musavvirning nigohi, “aytar so‘zi” rangorang bo‘yoqlar bilan.

Tabiat bilan suhbatlasha oladigan, jamiyat qiyofatini insonlar yuzu ko‘zi orqali tasvirlay oladigan, bo‘yoqlarni o‘z qalb izmiga bo‘ysundirish iste’dodiga ega bo‘lgan rassomlardan biri Ortiqali Qozoqovdir.  Ular ijodida muhim va muqim o‘rin tutgan rasmlari ko‘rgazmasi Milliy san’at markazining ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tdi. Turli soha vakillari, aniqrog‘i, Ortiqali do‘stimizning muxlislari bilan zal gavjum bo‘ldi. Teleradiokompaniyaning turli kanallaridan kelgan muxbir va sharhlovchilar intervyular olish bilan ovvora edi. Fotograflarning esa tinimi yo‘q, qo‘li qo‘liga tegmaydi. 55 ta rasm polotno ularning 55 yoshiga ishora emas, balki davrimizning, zahmatkash xalqimizning qalbu qiyofati, o‘lkamizning go‘zal manzaralari va maftunkor tabiatiga mehr bilan yo‘g‘rilgan. Taniqli san’atkor, olim va shoirlarning tabriklari Ortiqali akaning shodligiga shodlik qo‘shdi. Normuhammad Hasanning bag‘ishlov she’ri ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Mahmud Namozov ijrosidagi “oldimdan bir ko‘za chiqdi do‘mpayib” degan she’rning muallifi ham o‘zlari ekani aniq bo‘ldi. So‘ngra Mahmud Namozov o‘sha qo‘shig‘ini aytib, Ortiqali akaning kenja o‘g‘li shu qo‘shiqning ashaddiy muxlisi ekanini e’tirof etdi. SHoir esa “men Ortiqali akaning rasmlariga qarab she’r yozsam, ular mening she’rlarimga monand suratlar chizar edi” deya o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Iqtidorli shoir G‘ayrat Majidning she’rida ham san’atkor iste’dodiga bildirilgan hurmatni anglash qiyin emas edi. Jumladan, ushbu ko‘rgazma, tadbir borasida taqvim.uz da ham shunday ma’lumotlar keltiriladi. Taniqli o‘zbek rassomi, Ortiqali Qozoqov 1960 yilning 27 oktyabrida Namangan viloyatida dunyoga kelgan. Atoqli ijodkor yuksak mukofot – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining “Oltin medali” (1997 yil) hamda Vatan ravnaqi yo‘lida qo‘shgan xissasi uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi” faxriy unvoni sohibidir. Taniqli tasviriy san’at ustasi, bir qator yosh, iqtidorli rassomlar avlodini tarbiyalagan ustoz-pedagog O. Qozoqov sermahsul va unumdor o‘tgan umri faxr va yuksak e’tirofga loyiq. 27 oktyabr kuni poytaxtimizdagi Milliy san’at markazida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Fond Forum Vasiylik Kengashi a’zosi, taniqli rassom Ortiqali Qozoqovning shaxsiy ko‘rgazmasi ish boshladi. Rassom tavalludining 50 yilligi munosabati bilan Fond Forum, «IJOD» O‘zbekiston rassomlar, san’atshunoslar va xalq ustalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilish marosimida uning do‘st va hamkasblari, san’atshunoslar, diplomatik korpus vakillari, jurnalistlar va san’at muxlislari ishtirok etishdi.

himov, shoir Raim Farhodiy, Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili janob Axmad Hamid, Misr madaniyat markazi mutaxassisi, Misr va xorij davlatlari birlashmasi boshqaruvi a’zosi Said al-Mag‘ribiy va rassomning yaqinlari tantanali taqdirlash marosimida so‘zga chiqib, ijodkorni qutlashdi. Bo‘yoq, his-tuyg‘u va firklar xamohangligi Bo‘yoq, his-tuyg‘u va firklar xamohangligiRassom badiiy san’at va madaniyatni ommalashtirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning shaxsiy ko‘rgazmlari nafaqat yurtimiz, balki Vashington (AQSH, 1991), Moskva (Rossiya, 1994), Izmir (Turkiya, 1995), Nagano (YAponiya, 1999), Lyubek (Germaniya, 1997) kabi qator shaharlarda namoyish qilingan. O.Qozoqovning asarlari Kipr, AQSH, Fransiya, Italiya, YAponiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Turkiya, YUgoslaviya, Marokash, Kanada, Isroil, Niderlaniya, Janubiy Koreya va ko‘plab boshqa xorijiy davlatlar muzeylari, badiiy galereyalar va xususiy to‘plamlardan o‘rin olgan. Ko‘rgazma rassom ijodining o‘ziga xos tahlili, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ekspozitsiyadagi asarlar ijodkorning tafakkur olami, tajribalari ko‘lami va g‘oyalarini yorqin aks ettiradi.

Siz tasvirda ko‘rayotgan shoir G‘ayrat Majid bilan ikkalamizning o‘rtamizda turgan kichik jussali inson Ortiqali Qozoqovning otasi. Farzandi sabab ko‘ksi g‘ururga, ko‘zi nurga to‘la otaning ismi Turg‘un bobo. G‘ayrat Majid mendan so‘radilar: Jussalari kichik ekan a?

— Jussasi kichik bo‘lsa ham hissasi katta, deb Ortiqaliga ishora qildim. SHoir kulimsib qo‘ydi.

Turg‘un akani samiiy tabriklayotganimni ko‘rganlarning ayrimlari menga ajabsinib qarashardi. Tabriklayotganim rasmlar ko‘rgazmasi namoyish etilayotgan taniqli rassomning otasi ekanligini bilishmasdi. Ayrimlarga tushuntirgan bo‘ldim. SHu tobda qaerdadir o‘qiganim yodimga tushdi. Premeradan so‘ng kitobxonlar, tomoshabinlar, muxlislar “Kameliyalik ayol” degan pesaning muallifi Aleksandr Dyumaning yutug‘i bois uni qizg‘in tabriklashardi. Undan sal nariroqda turgan bir odam ham “rahmat, rahmat” – deb qo‘yardi. Qiziquvchan kishilardan biri uning yoniga borib “Bu pesaning yaratilishida sizning ham xizmatingiz singanmi?” deb so‘rashadi. U “yo‘q, bu asarni Aleksandr Dyuma yaratgan. Men esa uni yaratganman,” – deb javob bergan ekan.

Farzandlar otaning shon-shuhrati, obro‘si  bilan g‘ururlanishidan ko‘ra, ota-ona farzandi bilan g‘ururlangani maqbul. Bu esa ta’lim-tarbiyaga e’tibor yuqori bo‘lganligini bildiradi. Bu ayni paytda ta’lim va tarbiya oldidagi hisobot hamdir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.