Sahna nutqi muammolariga doir qaydlar
Notiq, nutq, mantiq. Bular bir o‘zakdan yasalgan arabcha so‘zlardir. Har qanday notiq nutqi mantiqdan chetda bo‘lsa, u vaysaqilik, safsatabozlikdir. Notiq nutqining aniqligi talaffuz va tafakkurning tiniqligi bilan vobasta. SHunday ekan, ijtimoiy-badiiy nutqning uzviy bir bo‘lagi sahna nutqi muammolari ham doimo dolzarbligicha qoladi. Notiqlik ulkan daraxt bo‘lsa, notiqlar uning shoxu novdalari, nutq mevalari, mantiq esa uning teran tomiridir. Sahna nutqi va notiq (minbar) nutqi. Birinchisida ijroviylik birlamchi o‘rinda bo‘lib, unda aktyorning adabiy tilning qonun-qoidalariga muvofiq aniq va tiniq talaffuz qoidalariga amal qilishi tushuniladi. Ikkinchisida ijodiylik ustun bo‘lib, vaziyatga, mavzuga mos xos so‘zni topib ayta olish orqali jamoaga o‘zini roslash, xoslash va moslash...
Continue reading