9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Buvijonim o‘gitlari

notiq.uz > IJODIYOT  > Buvijonim o‘gitlari

Buvijonim o‘gitlari

Kishining haqidan qo‘rqadigan, qanoat va shukronalik bilan umrguzaronlik etgan ko‘zi ojiz, nobino Roziya ismlik bir kampir bo‘lib uning yolg‘iz bir farzandi bor edi. Ko‘pdan beri uni uylantirib, nevara ko‘rishni xayol qilib yurardi. “Mehribon, onajonim, siz tan ko‘zi bilan emas, aql ko‘zi bilan ko‘p narsani idrok etasiz, tushimda va hushimda ayon bo‘ldi, xonadonimizga sizga kelin, menga qayliq bo‘lib bir mehmon kelishi, so‘ng mezbonga aylanishi haqida bashorat bo‘ldi, deb aytmoqchi bo‘lar, lekin istihola qilardi farzand. Subhidam payti “Nikoh samoda yoziladi, erda o‘qiladi,” degan ilohiydan bir sado keldi, “senga oshiqlikni beraymi, yo ma’shuqlikni?” CHo‘chib tushgan farzand “onamdan so‘rab kelaman, shu paytgacha ularning izmidan chiqib, ularning iznisiz biron ish qilmaganman.” Onaizorga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Karami keng poko parvardigorodan muruvvat va muhabbat asari farzandi qalbiga jo bo‘lganini fahmlabdi va debdi: Bolajonim, bir qo‘ldan qarsak chiqadimi, yo‘q. Qarsak sadosi ikki qo‘ldan. SHunday ekan ikkalasiniyam so‘ra, oshiqlik va ma’shuqlik bu sevish va sevilish baxtidir, dedi. Sevsangu u sevmasa, sevmasangu u sevsa, turmush imoratining poydevori mustahkam bo‘lmas. Rizqu ro‘z eshigining ochilishi oshiq-moshig‘i bilan, umr intihosidagi yopilishi ham shu bilan, bolam. Farzand ona aytgan o‘gitlar bilan ish tutibdi. Ikki dilning payvandligi oshiqlik va ma’shuqlik birligi bilan ekanini izhori dil qilgandan so‘ng Allohning unga o‘z muruvvatini ko‘rsatibdi. Insonning insonga sevgisi barqaror bo‘lsa, yaratgan egamga shukronasi va muhabbati ham shu darajada bo‘ladi. Saxiy ibni Ahmad Xevaqiyning bir hikmatomiz misralari yodga keldi shu tobda.

Quchoq ochib, mehring berib kelmasang,

Jufti halol ishonchli yor bo‘lmasang

YOrim bor deb sen shodlanib yurmasang,

Er yuzinda o‘ynamasang, kulmasang,

Nega kelding sevilmasang, sevmasang?

Oqayotgan daryodasan to‘xtamas,

Oshiq ko‘ngil yomonliqni o‘ylamas,

Hayot daryo chuqur joyi bo‘ylamas,

Ishq yo‘linda yig‘lamasang, kulmasang,

Nega kelding sevilmasang sevmasang?

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.