9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Fotograf nigohida

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mangulikka muhrlashning mezonlaridan biri fotorasmlar ekanini bilamiz. Qaerda, qachon, qaysi yoshda, kimlar bilan tushgan suratlaringiz sizni “asriy” xayollarga chulg‘ashi tayin. “Bolaligimda unday, o‘spirinligimda shunday, hozir esa bunday” deb eslash, nimkulgi bilan “qanday edim, qanday bo‘ldim?” – degan mazmunda fotoalbomni varaqlashning xosiyati ko‘p. Unga nazar tashlash bir jihatdan umringizga hisobot hamdir. Erishgan yutuqlar, yo‘l qo‘ygan kamchiliklaringiz haqida o‘ylaysiz. Ular bir-bir xuddi kinotasmasidek ko‘z o‘ngingizdan o‘ta boshlaydi. Siz bilan birga tushgan ota-onalaringiz g‘animat ekanligini, el-yurt manfaati uchun xizmat qilish, sizni eslashlari uchun, mangu xotirotga aylanish uchun ibratli ishlarni qilish kerakligi o‘ylab xayolga tolasiz. Buni jamiyat miqyosida olsangiz, yangi, mustaqil davlatning ham...

Continue reading

Ustozimning ukasi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Tashqi ko‘rinishlari tomonidan o‘xshasada, xarakterlari jihatidan egizaklar ham bir-biriga o‘xshayvermaydi. Ustoz Matyoqub Qo‘shjonovning ukalari Otamurod aka tarixchi olim. To‘qson yoshdan oshayaptilar. Nihoyatda vazmin, sermulohazakor, bosiqtabiat inson. Urganchga borganimda qudabuvamiz olim, shoir Sultonmirzo Rahimovlar istiqomat qiladigan, universitet domlalari uchun ajratilgan, “Gurlanskaya” mavze’ida joylashgan uyga albatta qo‘nib o‘taman. U erda diltortar, suhbati shirin Otamurod aka, SHavkat aka singari insonlar yashashadi. Uy oldida pastakkina daraxt tagida bir “chartak” bor. Otamurod aka yoz kunlari choshgoh paytigacha u erda xayol surib, o‘tgan kunlarini eslab o‘tiradilar, dam oladilar. Kun qizigach, dam olish uchun uyiga chiqadilar. Anchadan buyon ko‘rishmaganim uchunmi ularni ko‘rganim zahoti xuddi marhum ustoz,...

Continue reading

Foydali o‘quv-amaliy seminar

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Bilishga intilish, takrorlash, tinimsiz mashq va izlanish pedagog faoliyatining muhim mezonlaridan. Pedagogik texnologiyalar, metod va metodologiya tushunchalarning mohiyatini bilish va amalda qo‘llay olish zamonaviy pedagogning asosiy vazifalardandir.  Ta’lim modellarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika imkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, amalga oshirish va natijalarni aniqlash tizimi pedagogik texnologiyalardir.  O‘rgatib turib o‘rganish pedagoglarning imkoniyatlarini yanada kengaytira boradi. Xuddi shuni nazarda tutgan holda bir-biriga shogird, bir-biriga ustoz qabilida tashkil etilgan ushbu o‘quv seminarning mohiyati katta bo‘ldi. Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining faollar zalida “Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy...

Continue reading

Uni kuchliroq sev

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aslida, ochiq dars. Boshqacha aytganda, noan’anaviy dars. Ularning samarasi va ta’sir kuchi o‘zgacha bo‘ladi. Har kuni bir xil taom eyaversangiz, me’dangizga tegadi, tab’ingizni tirriq qiladi, zada bo‘lib ketasiz. SHuning uchun ham xilma-xil taom iste’mol qilish odamzodning tabiatiga xos. SHuni his etgan holda, TVXTXQTMOIda har oyda taniqli shoir va yozuvchilar, mashhur san’atkorlar ishtirokida tadbir o‘tkazilishi odat tusiga kirgan. Muhammad Ismoil institutimizning xos shoirlaridan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Pedagoglarning xohish istagi va talabi o‘laroq bu gal ham uning ishtirogida o‘tkazilgan adabiy-musiqiy kecha ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHoirning yangi chop etilgan kitobi yuzasidan savol-javoblar bilan o‘tgan kechaning fayziga fayz qo‘shishda xushovoz...

Continue reading

Unvon

Odamzot tabiatida e’tiborga moyillik bo‘ladi. E’tiborga e’tibor nechun – e’tiborsiz qolganim uchun, - deb yuradi. Ko‘pchilikning nigohida, e’tiborida bo‘lishni orzu qiladi. Odatda, u qilgan ishlari, ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanadi, rag‘batlantiriladi yoki martabasi oshiriladi. Bu jarayon ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, fanda ham, ishlab chiqarishda ham, harbiy sohada ham, qo‘yingki, barcha jarayonlarda o‘z ro‘yobini ko‘rsatadi. Bu ham e’tiboru ehtiromning bir belgisi. Ba’zilar uchun bunday rag‘batlarning qizig‘i yo‘q. Ular o‘z kasbini sevadi, shu bilan ovunadi, tinmay ishlayveradi. Uning umr mazmuni kasbi, mehnat jamoasi, oila a’zolari, zahmatkash xalqi va vatani bilan. Do‘stlarimdan biri “YOzgan kitoblaringizni, ilmiy tadqiqotlaringizni menga bering”, - deb qoldi. “Nega”? - desam,...

Continue reading

Ҳикматли сўз – ҳимматли сўз

Аҳли қалам орасида шундай нақл юради: “энг мураккаб иш содда ёзиш, ундан ҳам қийини қисқа ёзиш”. Ҳақ гап. Ҳамма ҳам бунинг уддасидан чиқа олмайди. Қисқалик ва соддалик китобхоннинг ғоявий мақсадни  тез “ҳазм қилиши“ учун имкон яратади. Шунинг учун ҳам алломалардан бири соддалик талантнинг опаси бўлса, қисқалик синглисидир,- деган. Бу ҳикматдан шу нарса англашиладики, соддалик қисқаликка, қисқалик эса соддаликка яқин туради ва бир-бирини талаб этади. Серсўзликдан қочиш лаконистик услубда фикр ифода этиш бу - санъат ва маҳорат. Алишер Навоий “чин сўз мўтабар яхши сўз мухтасар”- деган. Шунга монанд ҳолда айтиш мумкинки, сара сўз сода сўздир. Ижоди юқори чўққига етган адибларнинг аксарияти қисқа...

Continue reading

Hikmatli so‘z – himmatli so‘z

Ahli qalam orasida shunday naql yuradi: “eng murakkab ish sodda yozish, undan ham qiyini qisqa yozish”. Haq gap. Hamma ham buning uddasidan chiqa olmaydi. Qisqalik va soddalik kitobxonning g’oyaviy maqsadni  tez “hazm qilishi“ uchun imkon yaratadi. Shuning uchun ham allomalardan biri soddalik talantning opasi bo’lsa, qisqalik singlisidir,- degan. Bu hikmatdan shu narsa anglashiladiki, soddalik qisqalikka, qisqalik esa soddalikka yaqin turadi va bir-birini talab etadi. Serso’zlikdan qochish lakonistik uslubda fikr ifoda etish bu - san’at va mahorat. Alisher Navoiy “chin so’z mo’tabar yaxshi so’z muxtasar”- degan. Shunga monand holda aytish mumkinki, sara so’z soda so’zdir. Ijodi yuqori cho’qqiga yetgan adiblarning aksariyati qisqa...

Continue reading

Хон оға, бир тортиб юборайми?

Устоз Матёқуб Қўшжонов бир ривоят айтганди. Аслида, бу босар-тусарини билмасдан, кўзини ёғ бойлаб, одамларни танимай қоладиган, менсимайдиган айрим тоифа одамларга нисбатан айтилган. Қишлоқда бир сартарош бўлган экан, катта-кичикнинг бирдек ҳожатини чиқазиб дуо олиб юрган камсуқум йигит экан. Нимадир бўлибди-ю, унча-мунча одам билан гаплашмайдиган, манманлик кайфияти вужудига кириб гаплари ҳам баландпарвоз бўлиб қолибди. Бундан хабар топганлар қозига норози бўлиб у ҳақда гапиришибди. Қози соч-соқолини олдириш учун сартарошнинг ёнига борибди. Сартарош вазифасини бажара туриб, устарани қозининг бўйнига қўйиб, “қози бува, шу ердан бир тортиб юборайми” - дебди. Қози ўқрайиб “ким билан гаплашаётганингни билаяпсанми”, - дебди. “Биламан, юрт қозиси фалонкас пистиёнкас ўғлисиз”, -...

Continue reading

Xon og‘a, bir tortib yuboraymi?

Ustoz Matyoqub Qo‘shjonov bir rivoyat aytgandi. Aslida, bu bosar-tusarini bilmasdan, ko‘zini yog‘ boylab, odamlarni tanimay qoladigan, mensimaydigan ayrim toifa odamlarga nisbatan aytilgan. Qishloqda bir sartarosh bo‘lgan ekan, katta-kichikning birdek hojatini chiqazib duo olib yurgan kamsuqum yigit ekan. Nimadir bo‘libdi-yu, uncha-muncha odam bilan gaplashmaydigan, manmanlik kayfiyati vujudiga kirib gaplari ham balandparvoz bo‘lib qolibdi. Bundan xabar topganlar qoziga norozi bo‘lib u haqda gapirishibdi. Qozi soch-soqolini oldirish uchun sartaroshning yoniga boribdi. Sartarosh vazifasini bajara turib, ustarani qozining bo‘yniga qo‘yib, “qozi buva, shu erdan bir tortib yuboraymi” - debdi. Qozi o‘qrayib “kim bilan gaplashayotganingni bilayapsanmi”, - debdi. “Bilaman, yurt qozisi falonkas pistiyonkas o‘g‘lisiz”, -...

Continue reading

Ўзи, сўзи жоиз воиз

Бор эди бир замонда, Работ деган томонда. Донишманд воиз эди Сўзлари жоиз эди. Ҳамма уни тингларди, Тинглаб туриб англарди. Унга бўлган ҳавасманд Фарзанд, шогир, аржуманд. Бири деди: эй устоз, Сизга ёрлиқдир эъзоз. Менга сўз ҳунарини Ҳунардан унарини Ўргатсангиз деб келдим, Обрў шунда деб билдим. Қанча бўлсада ҳаққи Тўлайди отам нақди Бидирларди тинмайин Устоз ҳайрон: бундайин Шогирдни кўрмагандим Унга юз бурмагандим Тўхта демагунимча Йўқса кун ботмагунча Шогирд тўхтамас эди Устоз “жим, бир пас”- деди Сени тушундим, билдим Шундай қарорга келдим Сўзни сўзга улайсан Бидиллайсан тинмайсан. Бошқаларга нисбатан Уч карра ҳақ тўлайсан. “Нега?” деди, у ҳайрон Чўчиб тушгандек қуён. Устоз мийиғида кулиб, Унинг аҳволин билиб Аста сўзин бошлади, Зимдан назар ташлади. Ўзгаларга нисбатан Сенга хизматим уч бор Куч сарфлашим ҳам даркор. Жим туриб ҳам тинглашни Сўнг оқиш ҳам англашни Кейин эса сўзлашни, Сўзни сўзга улашни Ўргатишим керак экан Йўқса гулсиз сен тикан. Тинглаш маданиятдан, Англаш маънавиятдан, Сўзлашчи  маърифатдан Хулқу одоб...

Continue reading