Foydali o‘quv-amaliy seminar
Bilishga intilish, takrorlash, tinimsiz mashq va izlanish pedagog faoliyatining muhim mezonlaridan. Pedagogik texnologiyalar, metod va metodologiya tushunchalarning mohiyatini bilish va amalda qo‘llay olish zamonaviy pedagogning asosiy vazifalardandir. Ta’lim modellarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika imkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, amalga oshirish va natijalarni aniqlash tizimi pedagogik texnologiyalardir. O‘rgatib turib o‘rganish pedagoglarning imkoniyatlarini yanada kengaytira boradi. Xuddi shuni nazarda tutgan holda bir-biriga shogird, bir-biriga ustoz qabilida tashkil etilgan ushbu o‘quv seminarning mohiyati katta bo‘ldi.
Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining faollar zalida “Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: muammo va echimlar” mavzusidagi o‘quv–amaliy seminari tashkil etildi.
Institut rektori dotsent R. CHoriev kirish so‘zi bilan o‘quv–amaliy seminarini ochib berdi. So‘ngra “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti”kafedrasining professori SHahnoza Abdullaeva “Innovatsiyalar va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish muammolari” mavzuida ma’ruza qildi. Texnologiya ta’limni san’atkorona etkazish bilan bog‘liq jarayonni o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘qitaman, o‘rgataman deganidir. Ta’lim texnologiyasi deganda, uni ko‘chiriladigan va olinadigan narsa sifatida tushunish o‘rinlidir. An’anaviy ta’lim texnologiya deganda, 40 yildan ortiq davomida qo‘llanilib kelinayotgani tushuniladi. Zamonaviy texnologiya yangilik bilan innovatsiya bilan uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq. Motivatsiya bu ichki ehtiyoj demakdir. Innovatsiya jarayonga yangilik olib kirishdir. Novatsiya muayyan bir pedagog tomondan qo‘shilgan uslub sifatida tushunamiz. Ta’limiy, tarbiyaviy metodning o‘ziga xos turlarining o‘zlashtirish kerak. 1.Ilmiy tadqiqot. 2.Tarbiya. 3.Didaktik(ta’limiy). 4.Faollashtiruvchi o‘yinlar.
Breynstorming (miya hujumi), aqliy hujum bosqichlari quyidagicha:
1.Motivatsiya. 2.Idrok 3.Refleksiya (ortga qaytish) analiz sintezlash jarayoni.
Keyinchalik “Zamonaviy pedagogik texnologiyaning metodlarini boshlang‘ich ta’limga tatbiq etish texnologiyasi” bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini Gulzoda Boymurodova, Dildora Po‘latovalar qiziqarli tarzda o‘tkazishdi. Pedagoglar guruhlarga bo‘lingan holda topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etishdi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu o‘quv-amaliy seminar institutimiz pedagoglari uchun ancha foydali bo‘ldi.