9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Fotograf nigohida

notiq.uz > Arxiv  > Fotograf nigohida

Fotograf nigohida

Mangulikka muhrlashning mezonlaridan biri fotorasmlar ekanini bilamiz. Qaerda, qachon, qaysi yoshda, kimlar bilan tushgan suratlaringiz sizni “asriy” xayollarga chulg‘ashi tayin. “Bolaligimda unday, o‘spirinligimda shunday, hozir esa bunday” deb eslash, nimkulgi bilan “qanday edim, qanday bo‘ldim?” – degan mazmunda fotoalbomni varaqlashning xosiyati ko‘p. Unga nazar tashlash bir jihatdan umringizga hisobot hamdir. Erishgan yutuqlar, yo‘l qo‘ygan kamchiliklaringiz haqida o‘ylaysiz. Ular bir-bir xuddi kinotasmasidek ko‘z o‘ngingizdan o‘ta boshlaydi. Siz bilan birga tushgan ota-onalaringiz g‘animat ekanligini, el-yurt manfaati uchun xizmat qilish, sizni eslashlari uchun, mangu xotirotga aylanish uchun ibratli ishlarni qilish kerakligi o‘ylab xayolga tolasiz. Buni jamiyat miqyosida olsangiz, yangi, mustaqil davlatning ham o‘z tarixi bor. Uning turli manzaralari, qaysidir davrlarda qurilgan imoratlar, turli xil balandlikdagi inshootlar, ko‘priklar, tekis va ravon yo‘llar, shak-shubhasizki o‘sha davrning mazmuni va ruhini ifoda etadi. Xalqning bunyodkorligini anglatadi, uning tabiatidagi yaratuvchanlik, tinchliksevarlik, mehr-oqibatlilik tuyg‘ularini his etasiz.

Ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy matbuot nashrlarini ko‘zdan kechirganimda, rasmlar ostidagi “A.Jumaev fotosi” — degan yozuvlarga ko‘zim tushardi. Bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilib, “Rahimjon salom, kelayotgan bayram muborak, istiqlolimizning 24 yilligi bilan” — deb qoldi. Men minnatdorchilik bildirdim. “Telefoningizni shoir Muhammad Ismoildan olgandim, bayram oldidan fotoko‘rgazmamni qilayotuvdik, o‘sha tadbirga bir boshlovchilik qilib bersangiz, 30 avgust kuni” — deb qoldi. Men bajonidil qabul qilib ko‘rgazmada ishtirok etdim. O‘zbekistonning kechagi va bugungi holati turlicha rakurslarda olingan edi. Go‘yoki, 24 yilning shukuhi va tarovati rasmlarga ko‘chgandek edi. Tasvirlar turlicha hajmdaga polotnolardan iborat bo‘lib, shahar markazi va tashqarisida qurilgan ko‘priklar va baland-baland, serhasham imoratlar tasviri taraqqiyot mohiyatini anglatib turgandek edi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar fotografning nigohi o‘tkir, dunyoqarashi keng, falsafasi teran ekanligini qayd etib o‘tishdi. Abdug‘ani Jumaev ko‘z qarashi, ob’ektni qaysi tomondan, qanday yo‘sinda va qaysi paytda olishni bilishi uning mahorati belgisi ekanini e’tirof etishdi. Ahmadjon Meliboev, SHuhrat Rizaev va boshqa so‘zga chiqqanlar foto tasviriy san’at bilan uyg‘un bo‘lib ketgan holatlarini ham aytib, fotografga ushbu xayrli ishlarida omad yor bo‘lishini tilashdi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.