9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Ustozimning ukasi

notiq.uz > Arxiv  > Ustozimning ukasi

Ustozimning ukasi

Tashqi ko‘rinishlari tomonidan o‘xshasada, xarakterlari jihatidan egizaklar ham bir-biriga o‘xshayvermaydi. Ustoz Matyoqub Qo‘shjonovning ukalari Otamurod aka tarixchi olim. To‘qson yoshdan oshayaptilar. Nihoyatda vazmin, sermulohazakor, bosiqtabiat inson. Urganchga borganimda qudabuvamiz olim, shoir Sultonmirzo Rahimovlar istiqomat qiladigan, universitet domlalari uchun ajratilgan, “Gurlanskaya” mavze’ida joylashgan uyga albatta qo‘nib o‘taman. U erda diltortar, suhbati shirin Otamurod aka, SHavkat aka singari insonlar yashashadi. Uy oldida pastakkina daraxt tagida bir “chartak” bor. Otamurod aka yoz kunlari choshgoh paytigacha u erda xayol surib, o‘tgan kunlarini eslab o‘tiradilar, dam oladilar. Kun qizigach, dam olish uchun uyiga chiqadilar. Anchadan buyon ko‘rishmaganim uchunmi ularni ko‘rganim zahoti xuddi marhum ustoz, akademik Matyoqub Qo‘shjonov o‘tirgandek taassurot uyg‘otdi menda. Nihoyatda o‘xshash, gapirish ohanglari ham aynan ularning o‘zidek edi. SHoshmasdan, o‘smoqchilab gapirishlari shundoqqina ustozni eslatib turardi. Tarix ilmining yirik bilimdoni Otamurod akaning kamsuqum, xokisorligi ham ustozni eslatardi. SHu onda mashhur tarixchi Mahmud Haraqoniydan so‘rashibdi: – Siz tarixni chuqur bilasiz, lekin sizni unchalik tanishmaydi. SHogirdlaringizni hamma taniydi, Nega? – deb so‘rashibdi. “Bu tarix faniga munosabatga bog‘liq – deb so‘z boshlabdi ustoz. – Men tarixni bilish uchun o‘rgandim, shogirdlarim esa uni bilinish uchun o‘rganganlar.”

Otamurod aka siymosida ham ana shu haqiqatni yana bir bor kashf etdim.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.