9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

MENING ORZUYIM

Orzuyim – qalbimdagi eng katta  boyligim. Maktab paytlarimda ham doim kelajak haqida o’ylardim.   Meni eng ko’p ilhomlantiradigan insonlardan biri – bu bobom. Ular olim, professor, yozuvchi va jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Bobomning hikoyalari, yozgan asarlari va hayotiy tajribalari menga har doim kuch bergan. Ularning mehnatsevarligi va bilimga chanqoqligi menga ham ibrat bo’lib qolgan. Men ham kelajakda o’zimning yo’nalishimda shu darajada tajribali bo’lishni xohlayman. Yaqinlarim yonimda bo’lib, ularni xursand qilish – mening eng katta maqsadim. Bilaman, bunga birdaniga erishib bo’lmaydi, lekin har kuni kichik bir qadam tashlash ham katta yutuq. Sabr, mehnat va duolar bilan orzularimga...

Continue reading

“TUYDIM EHTIROSNING SAMOVIY KUCHIN…”

Abdulla Oripov dunyodan shoirlik yalovini baland koʻtarib oʻtdi…Har jihatdan barakali bu umr kitobida uncha-muncha ijodkorga nasib etmaydigan ardogʻu eʼzozga boy yorugʻ, shodumon sahifalar moʻl boʻlgani kabi alam-anduhli, turtkilash-tirsaklashlardan iborat noxush oʻrinlar ham kam emas edi. Darvoqe, “achchiq va taxir” hayot taʼmini tuymagan, mudom baxtiyorlik doʻmbirasini tingʻirlatib yuradigan shoir – shoirmi?! Asl oʻtli misralar iztiroblar olovida toblanib, ranju alamlar farzandi boʻlib dunyoga kelmaydimi, axir?! Risolabop roʻzguzaronlikni afzal bilgan kimsa qalam ishini havas qilmay, begʻamlik yallasini aytib yuravergani maʼqul, nima dedingiz? Shu toifani nazarda tutibmikan, “Oʻgay ersak ne tong sogʻlar orasida!” deya tantilik qilingandir.Shoir umri yakun topgach, bu ulkan shaxsiyat va ijodga...

Continue reading

O‘ZBEKISTON VA OZARBAYJON YETAKCHILARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDILAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari qardosh Ozarbayjon yetakchisi va xalqini tarixiy voqea – kuni kecha Vashington shahrida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan samimiy qutladi. Tez fursatda tinchlik bitimi rasman imzolanishi Janubiy Kavkazda tinchlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining joriy yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Barcha darajalarda samarali muloqot va almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash...

Continue reading

O‘ZBEKISTON QURUVCHILARIGA BAYRAM TABRRIGI

Hurmatli quruvchilar, muhandis va mutaxassislar, soha faxriylari! Avvalo, siz, azizlarni bugungi qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Sizlar kabi ming-minglab mohir quruvchi va muhandislar, usta va me’morlar, loyihachi va mutaxassislarning mashaqqatli mehnati bilan Yangi O‘zbekistonning yangi, obod va ko‘rkam qiyofasi shakllanmoqda, xalqimizning hayoti tobora farovon bo‘lib bormoqda. Buning uchun barchangizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Keyingi yillarda qurilish industriyasi rivoji yangi bosqichga ko‘tarilib, ushbu soha milliy iqtisodiyotimizning drayverlaridan biriga aylandi. So‘nggi sakkiz yil davomida qurilish ishlari hajmi bir necha barobar ortib, 2016-yildagi 30 trillion so‘mdan 2024-yilda qariyb 234 trillion so‘mga yetgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. O‘tgan yili...

Continue reading

O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI IKKI TOMONLAMA VA XALQARO AHAMIYATGA MOLIK DOLZARB MASALALARNI MUHOKAMA QILDILAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Rossiya Prezidenti 6-avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi. O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va...

Continue reading

BIR ROVIY RIVOYATI (MANZUMA)

Bu asli bir rivoyat, Misli muborak oyat. Tinglangiz, aylay bayon, Bo‘lsin  sizlarga  ayon. Uzoq o‘tgan zamonda Xosiyon degan tomonda. Bu hodisa bo‘lgandir, Jumla yoron bilgandir.             *** Qalb qalqdi, buzdi dilni, Bir mujda ezdi dilni. Xabar tarqaldi asta, «Shoh emish og‘ir xasta». U edi oqil, odil, Boshqarishga xo‘b, qobil. Endi kim bo‘larkin shoh? O‘zing panoh ber, olloh! Kimdan yog‘ar sharofat, Yoxud kimdan falokat, Debon xalq ko‘p yig‘ladi, O‘z qalbini tig‘ladi. Maslahatga bo‘lib jam’, Keldilar yosh, qari ham. «Kim endi shoh bo‘ladi? Kimning ko‘ngli to‘ladi?» Birov «ul»- der, birov «bul» Yurakka tushdi g‘ulg‘ul. Birov der: mayli bog‘bon, Bo‘lsin bizga mehribon. Oqsoqol der: «shoh tirik, Undan so‘rab ko‘raylik. Qolaversa, o‘g‘li bor, Balki, bo‘lar hukmdor.» Kirib bordi oqsoqol, Shoh yotardi bemajol. O‘rinlatgach duoni, Anglatdi muddaoni. Oqsoqol ko‘ngil berdi, Shoh esa shunday derdi: «El bo‘lsa bas, tinch ham to‘q, O‘zga manfaatim yo‘q. Kim bo‘lsa, mayli...

Continue reading

MAʼRIFATNING KAMOLI — MAʼNAVIYATNING JAMOLI

Xalqda “Bekobodning shamoli” degan ibora yuradi. Geografik maʼnoda haqiqatan ham Bekobod tumanidagi shamolning shiddati va tezligiga ishora bor bunda. Olamning moddiy asosi boʻlgan toʻrt unsurning biri bu – shamol. U harakatlantiruvchi kuchdir. Ijodiy va ijobiy maʼnodagi harakat – barakatning kaliti. Maʼrifatning kamol topishi maʼnaviyatning jilosi bilan uygʻun.Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Bekobodda ham oʻzgacha havo, oʻzgacha ruh va shukuh hukmron. Ayniqsa, keyingi toʻrt oy mobaynida barcha jabhalardagi jonlanishni koʻrib beixtiyor ruhlanasan kishi.Ancha yillardan beri nashr etilmay turgan hayot koʻzgusi hisoblangan gazetaga eʼtibor boʻlakcha, uning endilikda “Yangi Bekobod” nomi bilan chop etila boshlangani buning yaqqol misolidir.Chin maʼnoda, matbuot, maʼnaviyat, adabiyot va...

Continue reading

    “AVAZA” NING OVOZASI

“Oʻzingga ravo koʻrganni oʻzgaga ham ravo koʻr“  - degan hadisnamo oʻgit bor. Faqat oʻz xalqiga, oʻz mamlakatigagina emas, balki dunyo xalqlarga, oʻzga davlatlarga ham ezgulik va manfaatni koʻzlash olijanoblikdir.  Xuddi shu maʼnoda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari orasida lider prezident sifatida faoliyat olib borayotgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ana shunday nisbatga ega desak,  xato boʻlmaydi. Ilk Prezidentlik faoliyatini boshlagan damlaridayoq BMT ning Oliy minbaridan turib dunyo xalqlariga tinchlik, doʻstlik va hamkorlik gʻoyalarini ilgari surdi va turli davlatlarning eʼtiboriga tushdi. Buning isbotini kuni kecha Turkmanistonda oʻtkazilgan  xalqaro anjuman doirasidagi eʼtiboru eʼtirofdan ham koʻrish mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar boʻyicha uchinchi...

Continue reading

NOTIQ QUDRATI NUTQ KUCHIDAMI?

Нотиқлик академиясига йўлланган саволлардан бири шундай:Notiqning qudrati nutqning kuchi bilanmi? Жавоб: Йўқ, нотиқнинг қудрати фақат нутқнинг кучи билангина белгиланмайди. Албатта, нутқнинг мазмуни, равонлиги, тили ва услуби нотиқнинг таъсирчанлигига катта таъсир кўрсатади. Лекин, нотиқнинг қудратига таъсир этувчи бошқа омиллар ҳам мавжуд: 1.  Ишонч: Нотиқнинг ўз фикрига, билимига ва мавзусига бўлган ишончи унинг нутқига ҳам таъсир қилади. Ишончли нотиқ аудиторияни ишонтира олади.2.  Аудитория билан алоқа: Нотиқ аудитория билан қанчалик яхши алоқа ўрната олса, унинг нутқи шунчалик таъсирли бўлади. Аудиториянинг қизиқишларини, эҳтиёжларини ва саволларини тушуниш муҳим.3.  Танлов: Нотиқнинг ташқи кўриниши, кийими, ўзини тутиши ҳам муҳим аҳамиятга эга. Танлов аудиторияда ижобий таассурот қолдириши керак.4.  Ҳис-туйғулар: Нотиқнинг...

Continue reading

HUDUDDAGI ENG KATTA MUZLIK

Joriy yilning 27-iyuldan 1-avgustiga qadar Germaniya va O’zbekiston tadqiqot institutlari yosh olimlari tomonidan O’zbekistondagi eng katta muzlik Paxtakor muzligiga ilmiy expeditsion tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqotda Germaniyaning Potsdam Yer va Suv Tadqiqotlari Markazi (GFZ) O‘rta Osiyo Ishchi guruhi rahbari hamda Green Central Asia (Yashil Marakaziy Osiyo) dasturi rahbari Dr. Gafurov Abror, Gidrometrologiya ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Maxmudov Jaxongir, Universitetimizning “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo’yicha tahsil olayotgan 1-bosqich doktaranti Ochildiyev Feruzjon, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti magistr va talabalari hususan, Abrayev Husan, Atayev Saidjon , Berdiqulov Abduxakim, Ravshanov...

Continue reading