9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

TURLI MAVZUDA

notiq.uz > TURLI MAVZUDA

MENING ORZUYIM

Orzuyim – qalbimdagi eng katta  boyligim. Maktab paytlarimda ham doim kelajak haqida o’ylardim.   Meni eng ko’p ilhomlantiradigan insonlardan biri – bu bobom. Ular olim, professor, yozuvchi va jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Bobomning hikoyalari, yozgan asarlari va hayotiy tajribalari menga har doim kuch bergan. Ularning mehnatsevarligi va bilimga chanqoqligi menga ham ibrat bo’lib qolgan. Men ham kelajakda o’zimning yo’nalishimda shu darajada tajribali bo’lishni xohlayman. Yaqinlarim yonimda bo’lib, ularni xursand qilish – mening eng katta maqsadim. Bilaman, bunga birdaniga erishib bo’lmaydi, lekin har kuni kichik bir qadam tashlash ham katta yutuq. Sabr, mehnat va duolar bilan orzularimga...

Continue reading

“TUYDIM EHTIROSNING SAMOVIY KUCHIN…”

Abdulla Oripov dunyodan shoirlik yalovini baland koʻtarib oʻtdi…Har jihatdan barakali bu umr kitobida uncha-muncha ijodkorga nasib etmaydigan ardogʻu eʼzozga boy yorugʻ, shodumon sahifalar moʻl boʻlgani kabi alam-anduhli, turtkilash-tirsaklashlardan iborat noxush oʻrinlar ham kam emas edi. Darvoqe, “achchiq va taxir” hayot taʼmini tuymagan, mudom baxtiyorlik doʻmbirasini tingʻirlatib yuradigan shoir – shoirmi?! Asl oʻtli misralar iztiroblar olovida toblanib, ranju alamlar farzandi boʻlib dunyoga kelmaydimi, axir?! Risolabop roʻzguzaronlikni afzal bilgan kimsa qalam ishini havas qilmay, begʻamlik yallasini aytib yuravergani maʼqul, nima dedingiz? Shu toifani nazarda tutibmikan, “Oʻgay ersak ne tong sogʻlar orasida!” deya tantilik qilingandir.Shoir umri yakun topgach, bu ulkan shaxsiyat va ijodga...

Continue reading

MAZMUNDOR UMR MANBAYI

Dovonlar osha ilgarilanma harakat inson umrining mazmun-mohiyatini bildiradi. Yashash qarash va kurashlar birligidan iborat. Shunday ekan, yashash mobaynida o‘qish, kasb tanlash va ishlash,  oila qurish, farzandlar ko‘rish, ularni ulg‘aytirish, uyli-joyli qilish, to‘ylarini o‘tkazish, kasbga tayyorlash,  hammasi muhim dovonlardir. Ulardan muvaffaqiyatli oshib o‘tish uchun insonga aql-idrok,  bilim,  saviya, kengqamrovli dunyoqarash,  tajriba kabi ijtimoiy tushunchalar, insoniy fazilatlar kerak bo‘ladi.  Inson tabiati va tiynatidagi halollik va rostgo‘ylik, adolatparvarlik va samimiyat, o‘zaro ishonch va hurmat, yor-do‘stlari va kasbiga sadoqat tuyg‘usi ana shu dovonlar osha muvaffaqiyatlarning kafolatidir. Muborak yoshni nishonlayotgan, 70 bahorini qarshilayotgan iqtidorli olim, tajribali pedagog va ma’rifatparvar oila sohibi Ashirbek...

Continue reading