9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

NAZARIYADAN KO‘RA AMALIYOT MUHIM

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Biz hammani tilshunos qilmoqchi emasmiz. Ona tilida emin-erkin gapira olishni, mustaqil fikrlashni shakllantira olsak, shuning o’zi kifoya. Grammatik qoidalarni yodlatish, chuqurlashtirish o‘quvchini fandan bezdiradi, uzoqlashtiradi. Ona tilga mehr uyg‘otishda bu yo‘ldan borish o‘zini oqlamaydi, nazarimizda. Iqtidorli jurnalist Yigitali Mahmudov aynan shu xususda filologiya fanlari doktori Baxtiyor Mengliyev bilan suhbatlashgan. Diqqat bilan mutolaa etarsiz degan ilinjdamiz. Bunday ona til ta’limi o‘zimizni aldashdan boshqa narsa emas![/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="4399" img_size="full" alignment="center"][vc_empty_space][vc_column_text]Tilshunos olim Baxtiyor Mengliyev bilan suhbat Ijtimoiy hayotdagi muammolarning yechimi oldimizga yangi-yangi muammolarni qo‘yadi. Aslida taraqqiyotning mohiyati ham, mantig‘i ham mana shunda. Bu – jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ta’lim sohasiga ham birday tegishli. Ayniqsa,...

Continue reading

DENOVLIK DILKASH DO‘STIM DAVRASIDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]           [/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Hayot mezonlarini har kim har xil tushunadi va o‘z tushunchalari bo‘yicha turmush tarzini quradi. Ular ulug‘ bir haqiqatni yaxshi idrok etishadi. Hayot - dovonlar osha ilgarilanma harakat. Demak, inson dunyoga kelib olam va odamni anglay boshlagach, uning oldida katta-kichik muammolar - dovonlar turadi. Aytish mumkinki, bular tug‘ilish oila, bog‘cha, maktab davri, oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim bosqichi davri, ma’lum kasb egasi bo‘lish va muayyan sohada ishlash, turmush qurish, farzand ko‘rish, ularni ulg‘aytirish, ta’lim-tarbiya berish, o‘qitish, o‘g‘ilni uylantirib, qizni turmushga chiqarish, nevara ko‘rish va hokazolardir. Xo‘sh, bu dovonlardan muvaffaqiyatli oshishning - baxt kalitini qo‘lga kiritishning siri nimada yoxud kimda? Avvalo,...

Continue reading

Tilaklar ham til tufayli

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Qonun so‘zi qudratli so‘z. U barchani sergaklantiradi, itoat ettiradi, kishi e’tiborini tortuvchi kuch bor unda. Ayni paytda unga so‘zsiz bo‘ysunish, uni hurmat qilish talabi ham bor. Har bir davlatning taraqqiyotini ta’minlaydigan tarixiy hujjatlari – qonun, qaror, farmon va farmoyishlari bo‘ladi. Qaror, farmonlar tez-tez almashinib tursa ham davomiyligi, "umri uzunligi" bilan xarakterlanadigani bu Qonundir. Shunday ekan, muayyan soha yoxud jabhaga oid qonunlar o‘sha tizimning rivojini ta’minlasa, shunday hujjatlar borki, ular butun bir xalqning ruhiyatini, millatning qiyofasini o‘zida mujassam etadi. Shubhasizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolangani va shunga ko‘ra, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni...

Continue reading

Avloniyning avlodlari

  O‘z uquvini, malakasini oshirish sohaga daxldor yangi bilimlarni egallash va yangi yo‘l-yo‘riqlar bilan oshno bo‘lish demakdir. Malaka oshirish institutlarida bu masalalarga alohida e’tibor bilan qarashadi. CHunki o‘qiganlarni o‘qitish katta mas’uliyat talab etadi. Malaka oshirish institutining mohiyati fanga daxldor bo‘lgan yangi ma’lumotlarni berish bilan cheklansa, maqsad to‘laligicha namoyon bo‘lmaydi. Uni boshqa ta’lim “ustaxonalari”dan ham olish mumkin. Nima, qachon, qaerda, qanaqa savollariga javob olish bu bilim. Nega, nima sababdan, nima uchun, nima maqsadda kabi savollariga javob izlash orqali faoliyat ko‘rsatish esa bu ilmdir. Ilm bilimdan oziq oladi. Kitob bilim manbai bo‘lsa, bilim esa ilm manbaidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bilim bu mashinaning o‘zi...

Continue reading

TALABA YOSHLARIMIZ MUROJAATI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Tog‘ qori bilan, inson viqori bilan ulug‘. Toqqa qarab nido qilsang ham undan aks sado qaytadi. Demak, har bir narsa-hodisaga, ijtimoiy voqelikka javoban ish tutish, amaliy harakat bo‘lishi tabiiy. "Prezidentimizning yoshlarga murojaatini sinchiklab o‘qish asnosida bizning talabalar ham davlat rahbarining chorlov va da’vatlariga munosib tarzda o‘z tengqurlariga murojaat bilan chiqishibdi", - dedi g‘urur bilan TIQXMMI yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor Ro‘zimurot CHoriev. Mana,  O‘zbekiston YOshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti Talabalar Kengashining talabalarga murojaati. Assalomu alaykum qadrli do‘stlar, aziz tengdoshlar! Hurmatli talabalar va tashabbuskor yoshlar barchamizga ma’lumki, bugungi kunda dunyo xalqlari boshiga katta sinovli kunlarni olib...

Continue reading

BIRDAMLIK — BARDAMLIK BELGISI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mulohaza fikri bor insonga, mushohada ilmi bor insonga, murojaat esa fikri, ilmi, eng muhimi, ishonchi bor insonga xos. Murojaat tasodifiy emas, u zaruriy ehtiyojdan kelib chiqadi. Unda ezgulikka chorlov, biron maqsad va vazifalarni astoydil bajarishga da’vat chaqirig‘i bo‘ladi. Mamlakat ravnaqi va xalq farovonligi uchun qilingan va amalga oshiriladigan sa’yi harakatlar Davlat rahbarining murojaati orqali mohiyat kasb etadi. Tahlikali paytda qilingan murojaat fuqarolik burchini his etgan, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan insonni befarq qoldirmaydi. Buning birdan bir talab-u taqozosi Prezident g‘oyalariga sadoqat va ularning atrofida jipslashishdir. Har qanday sharoitda, og‘ir, sinovli damlarda ahillik va hamjihatlikkina g‘alabaga etaklagan, insoniyatning zafar quchishiga...

Continue reading

MUNOSABAT: EL-YURTGA E’TIBOR TILDAN BOSHLANADI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida ta’kidlaganidek, o‘zbek tili xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.   Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida ma’qullangan va davlatimiz rahbari tomonidan kecha imzolangan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ona tilimizning mavqeini yanada oshirishda mustahkam poydevor bo‘ladi. Qolaversa, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni, nufuzi tobora ortishi hamda xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor, uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchayishiga xizmat...

Continue reading

XALQIMIZNING YANGI BAYRAMI MUBORAK BOʻLSIN!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Kuni kecha butun mamlakat boʻylab Prezidentimiz “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani haqida xabar tarqaldi. Bu xabarni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan oshiq oʻzbeklar va ona tilimiz ixlosmandlari quvonib qarshi oldilar. Oʻtgan yilning 21-oktyabr kuni poytaxtdagi muhtasham majlislar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzbek tili haqida yoniq soʻzlarini aytganida barcha tik oyoqqa turib, davomli qarsaklar bilan olqishlagan edi. Chunki yangilanayotgan Oʻzbekistonning rivojlanish tamoyillari belgilab qoʻyilgan har bir sohasi oʻz taraqqiyotida shiddat bilan davom etar ekan, ayni til sohasi eʼtiborga muhtoj boʻlib turgan, vaqt-soati kelib bu borada ham tub islohotlar amalga oshiriladi degan umid boʻlsa ham,...

Continue reading

BUGUN TARIXIY KUN, 21 OKTABR — O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI ETIB BELGILANADI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Keyingi yillarda jiddiy islohotlar ro‘yobga chiqarilmoqda. Bu islohotlar jarayonida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish bo‘yicha ham ko‘lami va miqyosiga ko‘ra juda katta ishlar qilinayapti.   Masalan, o‘tgan yili oktyabr oyida “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining o‘ttiz yilligi keng nishonlandi, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi, davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa tashkilotlarda rahbarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy qilindi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="4217" img_size="full" alignment="center"][vc_empty_space][vc_column_text]Eng muhim jihati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy...

Continue reading

MUDROQ TAFAKKURLAR UYG’ONMOG’I KERAK

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]El boshiga ish tushgan, butun bashariyat ko‘rinmas vabo bilan kurashayotgan, odamlar tinchlik va xotirjamlik nechog‘liq ulug‘ ne’mat ekanini har qachongidan ham chuqurroq his etib turgan tahlikali vaziyatda muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tarixiy ahamiyatga molik Qonunni imzoladi.“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi bu qonun millatimiz uchun hayot-mamot masalasi hisoblangan ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtiromning yana bir namunasidir. Zero, milliy til millatning ruhidir, uning tiriklik shartidir. Har qanday vabo ma’lum bir kishilar hayotiga xavf solsa, “Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdir” (Abdulla Avloniy ta’biri – N.J.). SHu jihatdan qaralsa, ushbu Qonunning ahamiyati Vatanimiz, millatimiz uchun nechog‘liq qadrli ekani ayon bo‘ladi.   Tangri...

Continue reading