9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

Go‘zal gurunglar

Tarix ilmiga qalb qo‘rini baxsh etib qator kitoblari bilan e’tiborga va ehtiromga sazovor bo‘lib kelayotgan Anbara opa Otamurodova va Ollanazar akamlar menga qo‘ng‘iroq qilib uylariga taklif etdilar. Sozu so‘zu suhbatdan fikr rang oladi, insonning bilim doirasi kengayadi degan mazmunda gurunglashadigan do‘stlar taklif etilgandi. Do‘stlar diydori aziz  diltortar suhbat qalbga huzur baxsh etadi. Bu an’ana o‘tmishda muhim rol o‘ynagan. Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un nafois” tazkirasida ahli san’at, ahli ilm va ahli hunarlar haqida ma’lumot berarkan, ular ishtirokida o‘tkaziladigan nafis majlislar borasida so‘z boradi. Ollanazar akamlarning fayzli va muborak xonadonlariga kirib borganimda, mustaqil O‘zbekistonimizda o‘z o‘rniga, obro‘ va hurmatiga ega bo‘lgan shoiru fuzalo,...

Continue reading

Go‘zal gurunglar shuuri

Go‘zal gurunglar shuuri Maqbul mashvaratlar, bir piyola choy atrofidagi samimiy suhbatlar nimanidir o‘rganish, eshitish zavq-shavqini beradi kishiga. Ayniqsa, ma’naviyat sarchashmasining darg‘alari bor bo‘lgan davrada ko‘p narsalarni bilasiz, o‘rganasiz, bilganlaringizni mustahkamlaysiz. Qadrdon do‘stlarimizdan Safarboy YAngiobod choyxonasiga bir guruh do‘stlarni taklif etdilar. Iste’dodli shoirlarimizdan Erkin Samandarov, ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida ishlagan, shoir O‘tkir Jo‘raev, fotograf va san’atkor Erkaboy Jumagaldiev, travmatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Ro‘zimboy va boshqa bir qancha do‘stlar jamuljam bo‘lishgandi. Erkin aka “Hazorasp” atamasining asl kelib chiqishi “ming ot” bilan bog‘liq emas, balki qadimgi ajdodlarimiz hazar va os qabila nomlari bilan bog‘liq ekanliklarini aytib o‘tdilar. SHuning uchun ham xalq...

Continue reading

G’oyaviy omil

G‘oyaviy omil Turli davrlarda, turli makonlarda xalqi qudrati va ulug‘vorligini o‘zida mujassam etadigan buyuk siymolari bo‘ladi. Ular o‘zi mansub bo‘lgan xalqning ramziga, davlatning timsoliga aylanishi muqarrar. “Bizning kuch qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, biz qurdirgan imoratlarga nazar soling” degan mazmunidagi bitiklari, markazlashgan davlat barpo etishdek buyuk xizmatlari bilan dong qozongan sohibqiron Amir Temur ana shunday shaxslardandir. Uning o‘z xalqi orzu-maqsadlari, ulug‘ va qutlug‘ g‘oyalar yo‘lidagi sobitqadamligi va kamarbastaligiga tarix shohid. TVXTXQTMO institutida 2016 yil 4 aprel kuni Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlangan “Milliy g‘oya targ‘ibotida...

Continue reading

“Yоt g‘oya – yov g‘oya”

“Yоt g‘oya – yov g‘oya” Xuddi shu nom bilan O‘zMUning madaniyat saroyida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir yig‘ilganlarning ongli va faol ishtiroki bilan ajralib turdi. Unda O‘zMU qoshidagi 2 – sonli akademik litseyning o‘quvchi yoshlari qatnashishdi. Tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzo Azizov va iqtidorli aktrisa. O‘zDSMI “Sahna nutqi” kafedrasining o‘qituvchisi Rayhona Ulasenovalar ishtirok etishdi. Millat tanlamas illatlardan hisoblangan har xil g‘ayri oqimlarning ta’siri va tahdidi insoniyat hayotiga qutqu solayotgani, shulardan biri ISHID ekani borasida H. Yo‘ldoshxo‘jaev o‘z mulohazalarini bildirdi. “Iroq SHom islom davlati” nomi bilan ish tutishning zararli oqibatlari, unga qarshi turish va...

Continue reading

Jim o‘tirgan bilimsizmi?

Jim o‘tirgan bilimsizmi? Biron narsani bilgan bilan bilimdon, bilmagan bilan bilimsiz bo‘lib qolmaydi kishi. Bilim boshqa ishonch boshqa, sevgi boshqa unga sadoqat boshqa. Insonning bilganidan bilmagani ko‘p. Suqrot huda-behuda “Ko‘p narsalarning bilmasligimning bilimdoniman”, - demagan. SHunday insonlar bo‘ladiki, ular ko‘p narsani biladiyu, aytishga jur’at qilmaydi andisha qiladi yoxud istihola qilib indamaslikni odobning ulug‘i sanaydi. Ko‘pchilik o‘z fikrini bemalol aytishga iymanadi. Go‘yoki, noto‘g‘ri aytsa xijolat chekib qoladigandek. Bu esa insonni fikrsizlikka etaklaydi. Nemis klassigi Lessingning bir fikriga e’tiboringizni qaratmoqchiman: “Mayli adashing, mayli fikringiz noto‘g‘ri, asossiz bo‘lsin, mayli xato qiling, eng muhimi o‘z fikringiz bo‘lsin.”  Fikrni emas, fikrlashni o‘rganish va o‘rgatish muhim muammo....

Continue reading

Узоқ йиллик орзуларнинг яқиндаги ижобати

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Давлат тилининг рутбаси борасида ёзилган мақолалар кўп. лекин уларнинг орасида мулоҳазакорлиги, ҳаётга яқинлиги, далилланганлиги, илмий асоси билан ажралиб турадигани Зуҳриддин ака Исомиддиновнинг қарашлари десак, ўринли бўлади. Қандай қилинса, давлат тили борасидаги ҳаракатларимиз ижобий аҳамият касб этади? Ушбу саволга, аниқроғи муаммога аниқлик кириртиш учун Олий аттестация комиссияси раисининг маслаҳатчиси Зуҳриддин Исомиддиновнинг қуйидаги мақоласини ўқиб чиқиш фойдадан холи эмас.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]ЎТТИЗ ЙИЛЛАБ КУТИЛГАН БАЙРАМ   Ўн йилча бўлиб қолди, бир гуруҳ олимлар, санъаткорлар билан Молдавияга бориб, МДҲ давлатлари ижодий ва илмий интеллегентларининг Кишинёв шаҳрида ўтказилган тўртинчи форумида қатнашган эдик. Меҳмонхонамиз шаҳарнинг қоқ марказида, “31- август” кўчасида жойлашган экан. Мен ажабланиб,: “Нима, 31-августда мамлакат тарихида шунга...

Continue reading

Uzoq yillik orzularning yaqindagi ijobati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Davlat tilining rutbasi borasida yozilgan maqolalar ko‘p. lekin ularning orasida mulohazakorligi, hayotga yaqinligi, dalillanganligi, ilmiy asosi bilan ajralib turadigani Zuhriddin aka Isomiddinovning qarashlari desak, o‘rinli bo‘ladi. Qanday qilinsa, davlat tili borasidagi harakatlarimiz ijobiy ahamiyat kasb etadi? Ushbu savolga, aniqrog‘i muammoga aniqlik kirirtish uchun Oliy attestatsiya komissiyasi raisining maslahatchisi Zuhriddin Isomiddinovning quyidagi maqolasini o‘qib chiqish foydadan xoli emas.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]O‘TTIZ YILLAB KUTILGAN BAYRAM   O‘n yilcha bo‘lib qoldi, bir guruh olimlar, san’atkorlar bilan Moldaviyaga borib, MDH davlatlari ijodiy va ilmiy intellegentlarining Kishinyov shahrida o‘tkazilgan to‘rtinchi forumida qatnashgan edik. Mehmonxonamiz shaharning qoq markazida, “31- avgust” ko‘chasida joylashgan ekan. Men ajablanib,: “Nima, 31-avgustda mamlakat tarixida shunga...

Continue reading

Миллий ғуруримиз рамзи

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Жонкуяр, фидойи тилшунос сифатида доцент Ғофиржон Ҳамроевни яхши биламан. Унинг фаоллиги ва тилимиз равнақи йўлидаги ўткир фикрлари диққатингизни тортмасдан қолмайди. Навбатдаги чиқишларидан бири ҳам ана шундай эътиборга молик. Марҳамат, мутолаа қилишга киришинг-чи.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]ТИЛ - МИЛЛИЙ ҒУРУР ДЕМАКДИР Ўзини ҳурмат қилган киши тилини ҳам ҳурмат қилади. Онасини бошига кўтарадиган инсон шу зотга алоқадор барча нарсани қадрлайди. Онамизни ўйлаймиз, лекин у бизга битта-битта ўргатган сўзларнинг, шу табаррук тилнинг тақдирига бефарқмиз, бошқаларнинг оёқ ости қилишига индамай қараб турамиз. Ривожланган миллатларга ҳавасимиз келади, бироқ уларнинг миллий қадриятларига қанчалик содиқ эканликлари ҳақида ўйлаб ҳам кўрмаймиз. Ўрганишлардан маълум бўлдики, қайси ҳудудда она тилига, давлат тилига бепсанд муносабатда бўлинган...

Continue reading

Milliy g‘ururimiz ramzi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Jonkuyar, fidoyi tilshunos sifatida dotsent G‘ofirjon Hamroyevni yaxshi bilaman. Uning faolligi va tilimiz ravnaqi yo’lidagi o‘tkir fikrlari diqqatingizni tortmasdan qolmaydi. Navbatdagi chiqishlaridan biri ham ana shunday e’tiborga molik. Marhamat, mutolaa qilishga kirishing-chi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]TIL - MILLIY G'URUR DEMAKDIR O'zini hurmat qilgan kishi tilini ham hurmat qiladi. Onasini boshiga ko'taradigan inson shu zotga aloqador barcha narsani qadrlaydi. Onamizni o'ylaymiz, lekin u bizga bitta-bitta o'rgatgan so'zlarning, shu tabarruk tilning taqdiriga befarqmiz, boshqalarning oyoq osti qilishiga indamay qarab turamiz. Rivojlangan millatlarga havasimiz keladi, biroq ularning milliy qadriyatlariga qanchalik sodiq ekanliklari haqida o'ylab ham ko'rmaymiz. O'rganishlardan ma'lum bo'ldiki, qaysi hududda ona tiliga, davlat tiliga bepsand munosabatda bo'lingan...

Continue reading

Бош вазир: Уларда давлат тилига ҳурмат деган туйғу борми ўзи?!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги қадрини ҳурмат қилиш, унга бепарволик билан қарамаслик, айниқса, оммавий жойлардаги ёзувлар, реклама ва эълонларда тил ва имло қоидаларига риоя қилиш, шу орқали она тилимизга бўлган ҳурмат-еҳтиромни сақлаш энг оғриқли нуқталардан бири бўлиб келяпти. Шу вақтгача «Оила даврасида» газетасида худди шу мавзу юзасидан ўнлаб танқидий-таҳлилий мақолалар эълон қилинган эди. Соҳа мутахассислари, олимлар ва кенг жамоатчиликнинг фикр-мулоҳазалари газета саҳифаларида пешма-пеш бериб борилди...

Continue reading